Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sport #Marafon

VILOYATDA OMMAVIY SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI

Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi tadbirlar xususida taʼkidlab oʻtdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 6 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchi qatnashdi.

Yugurish marafoni g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Nurafshon shahri markazida qad rostlagan bayroq yonidagi maydonda oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi tomonidan "Erkaklar oʻrtasida", "Ayollar oʻrtasida", "G'alabaga bo'lgan ishonch uchun", "Eng yosh qiz bola", "Eng yosh o'g'il bola", "Tashabbuskor tashkilot", "Eng tashabbuskor tashkilot", "Motivator rahbar", "Motivator hokim", "Para sport turi", "Eng yoshi ulug' ayol" hamda "Eng yoshi ulug' erkak" nominatsiyalari boʻyicha 1-, 2- 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Президент_фармони

❗️Айрим товарларни реализация қилишга доир айланма ҚҚСдан озод қилинади

“Халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотлари билан амалга оширилаётган лойиҳаларни янада жадаллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-195, 16.11.2023 й.) қабул қилинди

🔰 Фармонга кўра, бюджет ташкилотлари, давлат корхоналари ҳамда ўз устав фондида давлат улуши 50 фоиз ва ундан ортиқ бўлган юридик шахслар томонидан ижтимоий соҳа ҳамда инфратузилмани ривожлантириш учун халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотларидан жалб қилинган ва жалб қилинадиган давлат ташқи қарзи ҳисобидан (бундан тижорат банклари орқали қайта молиялаштириладиган ёки қайта кредитланадиган маблағлар мустасно) тўлиқ ёки қисман амалга ошириладиган лойиҳалар доирасида сотиб олинадиган товарларни (хизматларни) реализация қилишга доир айланма, шунингдек уларнинг импорти 2028 йил 1 январгача ҚҚСдан озод қилинади.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#jarayon #bunyodkorlik
#suv_taʼminoti

💠 OTB loyihasi: Toshkent tumanida aholini suv bilan ta'minlash choralari davom etmoqda

📸 Suratlarda: Toshkent tumani Sanoat mahallasidagi xonadonlarga asfaltga zarar yetkazmagan holda "prokol" qilish orqali suv quvuri o'tkazish jarayoni.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Президент_фармони

❗️Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдори оширилади


“Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–196-сон, 17.11.2023 й.) қабул қилинди

🔰 Фармонга кўра, 2023 йил йил 1 декабрдан:

бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдори 7 фоизга;

базавий ҳисоблаш миқдори 3 фоизга оширилади.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉https://lex.uz/uz/pdfs/6665682

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Бугун маълумот кўп, бироқ жамоатчиликка ишончли ахборот тарқатадиган манбалар кам.

"Hudud inform" канали барча давлат ташкилотларининг расмий маълумотлари эълон қилинадиган ахборот платформасидир.

Хабарларни биринчи манбадан олишни истасангиз, https://t.iss.one/hudud_inform каналини кузатиб боришни тавсия қиламиз.

https://t.iss.one/AOKBToshvil/3083
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Endilikda Siz quyidagi raqamlar orqali mavjud murojaatlaringizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda +998 55 901 41 17;

📌Issiqlik manbai +998 55 901 41 27;

📌Elektr energiyasi +998 55 901 41 18;

📌Gaz taʼminoti +998 55 901 41 07;

📌Suv taʼminoti +998 70 202 51 24


yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Unutmangki, shtabga yoʻllangan har bir murojaat eʼtiborga olingan holda, masʼullar tomonidan yechimi topiladi!

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbusli_byudjet

Tuman markazida Yoshlar markazi qad koʻtaradi


Toshkent tumani Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan tashabbusli byudjetning 2023- yil 1-mavsumida "Yoshlar markazi"ni barpo qilish maqsadida taklif kiritilgan edi. Yoshlarning takliflari qoʻllab-quvvatlanib, ularning tashabbuslari "open byudjet" ning ovoz yigʻish jarayonida kerakli ovozlarni toʻplaganligi munosabati bilan gʻolib deb topilgan.

Bugun esa tuman markazidagi Amfiteatr oldida "Yoshlar markazi" qad koʻtarmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#2023_yil_1_dekabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasida raqamli shaklda taqdim etilishi orqali aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 47 turdagi ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Infografika

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash boʻyicha maʼlumot.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Onlayn
#Sport

Ayni damda Toshkent tumanidagi Universal sport-majmuasida sportning Yunon-rum ayollar kurashi va Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.

Unda U - 20 yoshgacha boʻlgan 450 nafar sportchilar ishtirok etadilar.

Joriy yil 24-noyabr kuniga qadar boʻlib oʻtadigan musobaqalarda Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan sportchi yoshlarning ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website