Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.91K subscribers
20.2K photos
4.63K videos
31 files
13.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sport

SPORT MUSOBAQALARIDA VILOYAT YOSHLARI FAOLLIK KO'RSATMOQDA

Mamlakatimizda yosh avlodning sport musobaqalaridagi ishtirokini faollashtirish borasida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan. Mazkur musobaqa boʻyicha joriy yilda viloyat yoshlari respublika miqyosida 12 ta, Paraolimpiada musobaqalarida esa 2 ta faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, "DXX kubogi"ning futbol va mini futbol musobaqalari boʻyicha 2 ta kumush medal natija qayd etildi.

Viloyatda "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash" sport sinovlari oʻtkazilgan boʻlib, unda musobaqalarning ixtiyoriy talablari boʻyicha 3 125 nafar ishtirokchi topshirgan.

Xuddi shu kabi musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish viloyat yoshlarining sportga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

“Muqaddasdir Vatan bayrog’i”

🇺🇿 18-noyabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilingan kun


📌 Davlatimiz bayrog’i O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

🎞 Toshkent tumani 12-umumta’lim maktab sardorlaridan muhim sanaga bag’ishlov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Badan_tarbiya

Yoshlar sog‘lom hayot uchun!


Toshkent tumani Sport maktabi, Suv sport turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo‘limi xodimlari, sport murabbiylari va sportchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

Ayni damda Toshkent tumanida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!" shiori ostida davlat bayrog'iga e'tirof tadbiri o'tkazilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Shukuh

Toshkent viloyati Toshkent tumanida sportning Karate-WKF turi boʻyicha shugʻullanuvchilari tomonidan "Bayrogʻim gʻururim" shiori ostida chelange uyushtirildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

🇺🇿"Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!"

Bundan roppa-rosa 32 yil muqaddam Oʻzbekiston deb atalmish osoyishta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib ishlangan davlat bayrogʻi qabul qilingan edi. Shundan buyon bu muqaddas bayroq eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qoʻllarda baland koʻtarilmoqda.

💫Bugun Davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent tumani markazida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, deputatlar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, Madaniyat boʻlimi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlari, sport maktablari sportsmenlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari faollik bilan ishtirok etdilar.

👉Batafsil

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent tumanidagi A.Navoiy mahalla yoshlari va 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Muqaddasdir vatan bayrog‘i!" shiori ostida tayyorlangan videorolik.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi

Madaniyat markazida bayram shukuhi


Toshkent tumani 3-sektor hududidagi Qorasaroy mahallasida joylashgan Madaniyat markazida, 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ustozlari tomonidan tayyorlangan Vatan bayrogʻi haqidagi sheʼrlar oʻqildi, kuy va qoʻshiqlar yangradi.

"Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!" shiori ostida oʻtkazilgan bayram tadbiri barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sport #Marafon

VILOYATDA OMMAVIY SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI

Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi tadbirlar xususida taʼkidlab oʻtdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 6 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchi qatnashdi.

Yugurish marafoni g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Nurafshon shahri markazida qad rostlagan bayroq yonidagi maydonda oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi tomonidan "Erkaklar oʻrtasida", "Ayollar oʻrtasida", "G'alabaga bo'lgan ishonch uchun", "Eng yosh qiz bola", "Eng yosh o'g'il bola", "Tashabbuskor tashkilot", "Eng tashabbuskor tashkilot", "Motivator rahbar", "Motivator hokim", "Para sport turi", "Eng yoshi ulug' ayol" hamda "Eng yoshi ulug' erkak" nominatsiyalari boʻyicha 1-, 2- 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter