Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sport

VILOYATDA 3 471 TA SPORT MAYDONCHALARI FAOLIYAT YURITMOQDA

Toshkent viloyatida yosh avlodni jismonan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida, sportni rivojlantirish va targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

To‘qsonbosti ekinlari daromad manbai


Toshkent tumanidagi fermer xo‘jaliklari, qishloq va mahallalarda yashovchi aholining ko‘pchiligi o‘z tomorqalariga to‘qsonbosti usulida ekin ekib, daromad oladi. Tuman mirishkorlari tomonidan kuzning har bir kunidan unumli foydalanib, to‘qsonbosti usulida ekin ekishga alohida eʼtibor berilmoqda.

📹Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent tumanida "Tibbiyot xodimlari kuni" keng nishonlandi


Toshkent tumanidagi "Shodlik" koshonasida noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi kuni etib belgilangan "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamovning tibbiyot xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi tuman hokimining o‘rinbosari Ibrohim Saidikarimov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Bayram tadbiriga Toshkent tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tibbiyot xodimlari taklif qilinib, mashaqqatli mehnatlari eʼtirof etildi, tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritilib ko‘p yillik mehnat stajiga ega shifokor va hamshiralarga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar sadosi esa yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bilasizmi

🔰 Mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

🔹 xonadonlar soni 500 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (3 mln 430 ming so'm) miqdorida;

🔹xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 920 ming so'm) miqdorida;

🔹xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (4 mln 410 ming so'm) miqdorida.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat
#Eʼlon

Ishga marhamat!

Toshkent tumani Koʻkterak hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi quyidagi lavozimlarga ishga taklif qiladi:

🔹 Yigʻuv sehi operatori (erkak kishilar); - sinov muddati davrida-2.200.000 soʻm.

🔹 Metall sehiga-press stanok operatori (erkak kishi); sinov muddati davrida- 2.200.000 soʻm.

🔹 Emal va kukunli boʻyoq sehi operatori (erkak kishi); sinov muddati davrida -2.500.000 soʻm.

🔹Boʻyoq sepuvchi (erkak kishi) - 3.000.000 soʻm.

Korxona tomonidan issiq (tushlik) ovqat, oyida ikki marotaba maosh (avans va oylik) hamda yotib ishlovchi (erkak kishilar) ishchilarga yotoqxona 3 mahal ovqati bilan beriladi.

Bu hali hammasi emas. Qolgan barcha masalalar joyida suhbat chogʻida kelishib olinadi.

Sizdan faqat ishga masʼuliyat bilan yondashilish va vijdonan halol mehnat qilish soʻraladi. Oʻzini ishda yaxshi koʻrsatgan ishchilarga lavozimida oʻsish, oylik maoshlarini koʻtarib borilishi hamda qoʻshimcha bonus olishlari kafolatlangan.

Manzil: Keles shahar, Oybek koʻchasi 42/4 uy. (Moʻljal Koʻkterak dehqon bozori orqa mahallasi). Murojaat uchun telefon:+998 99 430-62-70.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining joriy yilning 11-noyabr kunidagi tegishli bayoniga asosan Respublikamiz hududida 15-noyabrdan 15- dekabrgacha "YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI"ni o‘tkazish belgilandi.

Bu haqida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Maxamadjonov axborot berdi.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 15-sentabrdagi "Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumanidagi fermer xoʻjaliklari, qishloq va mahallalarda yashovchi aholining koʻpchilik qismi oʻz tomorqalariga sabzi, sarimsoqpiyoz, ismaloq, turp, karam, piyoz va koʻkat kabi toʻqsonbosti mahsulotlarini ekib, daromad olishmoqda.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali maxsus reportajida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

O‘zbekistonning tashqi siyosatda so‘nggi vaqtlarda erishilayotgan yutuqlari haqida Toshkent tumani Chig‘atoy mahallasi raisi Doniyor G‘aniyevning munosabati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sport #Infografika

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4 590 ta sport obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
@ijtimoiyaxborot

☝️ Mahalla “yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladigan yordam va subsidiyalar ROʻYXATI:

👨‍💼 Aholi bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kambagʻallikdan chiqarishda hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan imkoniyatlar.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

“Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda:

🔘 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:

▫️kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig'i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;

▫️kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;

▫️300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;

▫️150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

🔘 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

🔸kichik va o'rta tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so'mdan 14 trillion so'mga yetkaziladi;

🔸150 ta o'rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;

🔸o'rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;

🔸300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

🗓 2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo'nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlanadi.

2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

➡️ 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperasiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so'mgacha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Yangi tartibga asosan Bolalar nafaqasi va Moddiy yordam tayinlash quyidagi hollarda rad qilinadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FVB

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabr sanasigacha "YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI"gi o‘tkaziladi


Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining joriy yil 11-noyabr kunidagi tegishli bayoniga asosan tuman markazida o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv-mashg‘ulot davomida tuman hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, tabiiy va is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda uning oqibatlarini oldini olish maqsadida tumandagi hamkor tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi ko‘rikdan o‘tkazilib, ishchi xodimlarga yong‘inlarni oldini olish va is gazidan zaharlanish oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat_va_yechim

Tuman hokimi vaʼdasi bajarildi


Joriy yil oktabr oyida Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov A.Navoiy mahallasida bo‘lib, mahalladagi beshlik faoliyatini o‘rgangan edi.

O‘rganishdan so‘ng mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning talab va istaklarini tinglagan tuman hokimi yoshlarning murojaatlarini ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli tashkilotga topshiriq bergan edi.

Kuni kecha esa Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi A. Ismoilov va N. Abduvoxobovaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, yoshlar muammolari ijobiy hal qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🖥Toshkent tumani Kasb-hunar maktabi faoliyatiga nazar.

📹Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanali lavhasida

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website