Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.19K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Президент_фармони

❗️Кичик ва ўрта бизнесни молиявий қўллаб-қувватлаш тизими такомиллаштирилади


“Кичик ва ўрта бизнесни молиявий қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-193-сон, 10.11.2023 й) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, “Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси” акциядорлик жамияти шаклида қайта ташкил қилинади.

🗓 Компания томонидан 2024 йил 1 мартдан тадбиркорларга қуйидаги қўллаб-қувватлаш чоралари тақдим этилади:

🔘 ўрта тадбиркорлик субъектларининг ишлаб чиқариш ва хизматлар кўрсатиш лойиҳаларига:

🔹лойиҳа қийматининг 15 фоизи, бироқ устав капиталининг 20 фоизи ёки 3 миллиард сўмдан ортиқ бўлмаган миқдорда ташаббускорнинг устав капиталига кўчмас мулк объектлари, асбоб-ускуналар ва бошқа кўринишдаги активлар шаклида улуш киритиш.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉 https://lex.uz/pdfs/6658633

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Besh_tashabbus #Reyting

"BESH TASHABBUS" OLIMPIADASIDA 106 NAFAR ISHTIROKCHI FAXRLI NATIJALARNI QO'LGA KIRITDI

Toshkent viloyatida mahalla yoshlari o'rtasida “Besh tashabbus" olimpiadasi II-mavsumi doirasidagi tanlov va sport musobaqalari o'tkazildi.

Unda viloyatning tuman va shaharlaridan jami 106 nafar ishtirokchilar faxrli natijalarni qayd etib, 1-, 2-, va 3-o'rinlarni egalladilar.

Ayni kunlarda voleybol, milliy kurash, gimnastrada sport musobaqalari hamda milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi tanlovi, shuningdek, "Zakovat" intellektual o'yinlari ham yakuniga yetdi. Musobaqa yakunlari bo'yicha reyting hisoblanib borilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Seminar

Bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishlari nazoratda


♻️Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilarga iste’mol uchun berilayotgan taomlar sifati bo‘yicha qat’iy nazoratni ta’minlash” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

♻️ Tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari ishtirok etgan seminarda Toshkent tumani MMTB sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish metodisti M.Tairova ma’ruza qilib, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar"ga qat’iy rioya qilish va nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini o'tkazdi.

♻️ Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tajriba_almashish

Qishloq ayollar uyushmasi tashabbusi turk hamkorlari tomonida qo'llab-quvvatlandi


💠Joriy yilning may va sentyabr oylarida Qishloq ayollar uyushmasi tashabbusi va turk hamkorlari homiyligida 12 nafar xotin-qizlardan iborat delegatsiya (shu jumladan Toshkent tumani ayollari) Turkiya davlatida malaka oshirib qaytgan edilar.

🔰Malaka oshirish jarayonida, Turkiyaning issiqxona, gulchilik, limonchilik, bogʻdorchilik, banan yetishtirish, koʻchatlarni payvandlash, poliz ekinlari, qisqichbaqa yetishtirish kabi sohalari hamda gidroponika usuli boʻyicha tajribalar oʻrganildi.

🌐 Kuni kecha esa, Turkiya davlatidan  delegatsiya Oʻzbekistonga kelishdi. Hamkor mehmonlar bilan fikr tajribalar almashildi hamda ularga viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy #Tayinlov

Norboyev Ozodjon Sharofiddinovich "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O.Norboyev 1992-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Shaxsiy_qabul

Har bir murojaat eʼtiborda


Bugun, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov tuman hokimligida 10 nafar fuqaro murojaatini tingladi. Hokimning qabulda tegishli korxona, tashkilot rahbarlari ham qatnashdilar.

Fuqarolar bilan samimiy suhbat davomida muammoning kelib chiqishi sabablari o‘rganilib, uni bartaraf etish yo‘llari izlandi.

Masʼullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda tinglangan murojaatlarning har birini qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent viloyatida sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholi, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyatda turli xildagi ommaviy sport oʻyinlari, "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalar oʻtkazilib, sovrindorlarning mahallasiga davlat tomonidan 3 turdagi sport maydonchalari qurib berilmoqda. 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan.

Hozirda Toshkent viloyatida 65 ta zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari foydalanishga topshirilgan boʻlsa, yana 17 tasi qurilish jarayonida.

"Sevimli" telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Tadbirkorlik

TOSHKENT VILOYATIDA YANGI KORXONALAR SONI ORTMOQDA

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 6 121 tani tashkil qilib, ularda aholi bandligi taʼminlanmoqda.

Shu jumladan, hududlar kesimida:

Oqqo‘rg‘on tumani – 170 ta;
Ohangaron tumani – 221 ta;
Bekobod tumani – 300 ta;
Bo‘stonliq tumani – 258 ta;
Bo‘ka tumani – 235 ta;
Quyi Chirchiq tumani – 121 ta;
Zangiota tumani – 670 ta;
Yuqori Chirchiq tumani – 258 ta;
Qibray tumani – 459 ta;
Parkent tumani – 403 ta;
Piskent tumani – 142 ta;
O‘rta Chirchiq tumani – 286 ta;
Chinoz tumani – 135 ta;
Yangiyo‘l tumani – 226 ta;
Toshkent tumani – 418 ta;
Nurafshon shahri – 203 ta;
Olmaliq shahri – 252 ta;
Angren shahri – 297 ta;
Bekobod shahri – 215 ta;
Ohangaron shahri – 217 ta;
Chirchiq shahri – 411 ta;
Yangiyo‘l shahrida – 224 ta
korxona faoliyat yuritmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. SHaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

27-modda

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratlgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 15 967,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,1 foizga o‘sdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tibbiyot

TOSHKENT VILOYATIDAGI O‘RTA TIBBIYOT XODIMLARI SONI 31,2 MINGNI TASHKIL ETMOQDA

Joriy yilning 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari soni 31,2 ming nafarni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2018-yilda 31,5 ming, 2020-yilda 31,4 ming, 2020-yilda 32,9 ming, 2021-yilda 32,6 ming va 2022-yilda 31,2 ming nafarni tashkil qilgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hunarmandchilik

Milliy hunarmandchilik rivojlanmoqda


Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi Jahongir Yoqubov mana bir necha yildirki milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, nafaqat oilasiga daromad keltirishga, balki mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillarini ish bilan taʼminlashga erishib kelmoqda.

Aytish joizki, milliy o‘zlikni anglash, ota-bobolar merosini asrab-avaylashga eʼtiborning kuchayishi samarasida milliy hunarmandchilik jadal rivojlanmoqda.

Bu soha yanada sayqal topib, mazmunan boyib, iqtisodiyotimizning muhim tarmog‘iga aylandi. Bularning barchasi asrlar davomida saqlanib kelayotgan o‘zbek milliy hunarmandchiligi ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun sarmoya manbai bo‘libgina qolmay, sohada mavjud bo‘lgan ilg‘or jarayonlarni kelajakda saqlab qolish ham demakdir.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_nazorati

Yana bir muammo ijobiy hal etildi


Joriy yil 14-noyabr sanasida jamoatchilik vakillari va deputatlar Toshkent tumanidagi Bog‘bon mahallasida joylashgan bir xonadon bo‘lib, u yerda yuzaga kelgan muammoni ijobiy hal qildilar.

Ushbu xonadondan OTB loyihasi doirasida uch metrlik chuqurlikdan 900 mm.lik plastmassa quvuri o‘tkazilishi kerak edi. Bir necha oy mobaynida xonadon egalarining noo‘rin takliflari va qarshiliklari sabab quvur tortish ishlari chala yarim xolda tugallanmay qolib ketgan.

Kuni kecha deputatlarning, jamoatchilik vakillari, tegishli mutasaddilar va "Mesmir" qurilish tashkilot rahbarlari ishtirokida muammo ijobiy hal etilib, quvur tortish ishlari boshlab yuborildi.

Bu esa, toza ichimlik suvi tez fursatlarda yangi quvurlar orqali oqishi uchun oldinga yana bir qadam tashlanganligidan dalolat beradi.

Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashi deputati, jamoatchilik nazorati guruhi rahbari Mirislom Usmonov.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website