Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.28K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yoshlar yetakchisi nimalar bilan band?

Toshkent tumani Hiyobon mahallasi yoshlar yetakchisi Davron Nabiyev mahallada
istiqomat qiluvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida koʻplab ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, yoshlarga kredit ajratilishida koʻmaklashish, kontrakt toʻlovlari toʻlab berilishida tashabbus koʻrsatish, ishga joylashtirish va oʻqitish xarajatlarini qoplab berish singari ishlar shular jumlasidandir.

📹 Hiyobon mahallasi yoshlar yetakchisi Davron Nabiyev faoliyatining bir qismi yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Eʼlon

🏛Toshkent tumani Axborot kutubxona markazi oliy va o'rta maxsus xodimlarni ishga taklif qiladi❗️

Mavjud shtat birliklari boʻyicha:

❇️ Qorasaroy mahallasida joylashgan Madaniyat markaziga- axborot kutubxona markazi mutaxassisi

💫Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz boʻlgan va ish izlayotgan  kutubxonashunoslik sohasini tamomlagan oliy hamda o'rta maxsus mutaxassislar ☎️+998 97 754 21 07 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Eslab

“Jasorat” medali sohibi Yoqubjon Azamov haqida

Toshkent tumanida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan vafotidan soʻng jasorat medali bilan mukofotlangan, 9 yil davomida Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan mayor Yoqubjon Azamovni eslab.

📹“Nurafshon TV” telekanalining “Kasb mashaqqati” koʻrsatuvida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoʻl_harakati_xavfsizligi_tadbirlari

Toshkent viloyati avtomobil qatnov yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash borasida viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari tomonidan qator tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, qoidalarni chetlab oʻtgan piyodalarga yoʻldan toʻgʻri oʻtish tartibini tushuntirish, shuningdek, ota-onalarni bu borada farzandlariga yanada ehtiyotkor boʻlishi xususidagi bilimlarini oshirish maqsadida, ayni kunlarda "Diqqat, piyoda!" profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Oʻrganish

Tuman hokimi mahalla beshligi faoliyatini oʻrganishni davom ettirdi

Bugun, tasdiqlangan reja-grafikga asosan Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov mahalla beshligi faoliyatini oʻrganish uchun Farovon mahallasida boʻldi.

Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari I. Saidikarimov ishtirokida boʻlib oʻtgan oʻrganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning maʼnaviy va moddiy ahvoli, ularni qiynayotgan masalalar ham oʻrganildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida ijtimoiy-soha obʼektlarining kuz-qishga tayyorgarlik holati, mahalla raisi va hokimi yordamchisi faoliyati, xotin-qizlarga oid masalalarning hal etilishi jarayoni hokim eʼtiboridan chetda qolmadi.

Barcha oʻrganilgan ishlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda yechimini kutayotgan muammolar tuman hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Audio
Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

*Bo'stonliq tumani. Tumanda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

*Chinoz tumani. 14-sonli bolalar musiqa maktabida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo'yicha tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

*Bo'ka tumani. Yoshlarning muammolarini bosqichma-bosqich tizimli hal etish choralarini ko'rish, ular bilan individual tarzda ishlash masalalariga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

*Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi boshchiligida bo’lib o’tgan xalq qabulida 50 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijrosi tegishli mas'ullar tomonidan nazoratga olindi.

*Bekobod tumani. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini taʼminlash va bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik xususida yigʻilish oʻtkazildi.

*Piskent tumani. Hokimlik binosida mehnat va ijro intizomini yaxshilash, tashkilotlarga yoʻllangan murojaatlarga yechim topish samaradorligini oshirish, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash kabi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

*Yuqori Chirchiq tumani. "Sultonravot" madaniyat markazida navbatdagi faollar yigʻilishi oʻtkazilib, unda ijro intizomi masalalariga toʻxtalindi.

*Oqqo'rg'on tumani. Tuman hokimligida tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirokida ijtimoiy soha obyektlari va aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shuningdek, ijro intizomi masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

*Toshkent tumani. Tumandagi yoshlar yetakchilari mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yoʻlida koʻplab samarador ishlarni amalga oshirmoqdalar.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Диққат

📢 Тошкент вилоятида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчилари диққатига!

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Ишчи гуруҳи жорий йилнинг 3 ноябрь куни, Тошкент вилоятида давлат фуқаролик хизматчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, улар учун шарт-шароит яратиш ҳамда давлат фуқаролик хизматига ишга кириш масалаларида сайёр қабул ўтказади.

Ҳудуддаги давлат фуқаролик хизматчилари, давлат фуқаролик хизматига ишга кириш истагидаги номзодлар мурожаатларини @murojaat_argos_bot, @vacancy_argos_bot манзилларига ёзиб юборишлари ҳамда (70) 762-58-71 телефон рақамига боғланишлари мумкин.

Сайёр қабул билан боғлиқ жараёнлар масаласида масъуллар сиз билан боғланишади.

◽️Хоҳишингизга қараб, шахсингиз сир сақланади.

Каналга уланиш — @argos_uz
#Rasmiy_munosabat

Facebook ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan post yuzasidan:

Kuni kecha foydalanuvchi Dilorom Mirkasimova tomonidan Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali Toshkent tumani Iqbol mahallasida gaz, elektr va suv yoʻqligi borasida xabar qoldirilgan edi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent tumani Iqbol mahallasi
Toshkent shahri bilan chegaradosh hudud boʻlib, ushbu mahallada toza ichimlik suvi elektr va gaz muammosi deyarli mavjud emas.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

💫Aholi murojaatlari eʼtiborsiz qolmaydi

Bugun rejaga muvofiq Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov rahbarligida Sohibkor mahallasida fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️Qabul davomida 20 nafardan ziyod fuqaro o‘z murojaatlari bilan hokimga yuzlandi.

❇️Har bir murojaat tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tinglanib, muammolarga 3-5 kun muddatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

❗️Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yechimini sektor rahbari –tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirib, muammoni bartaraf qilishda shaxsan ishtirok etishini bildirdi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Adliya polkovnigi Zayitov Ulugʻbek Abduraxmanovich murojaati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.

Кун тартибига ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари ҳозирги кунда бутун дунёда катта ташвиш ва хавотир уйғотаётган масалага тўхталиб ўтди:

"Маълумки, Исроил армияси ва Хамас ҳаракати ўртасида давом этаётган қуролли тўқнашувлар гуманитар инқирозни чуқурлаштирмоқда, тинч, бегуноҳ аҳоли орасида кўп сонли қурбонларга олиб келмоқда.

Болалар ва аёллар ҳалок бўлмоқда, одамлар бошпанасидан айрилмоқда, ўз уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлмоқда.

Биз Фаластин ва Исроил томонидан қурбон бўлган барча инсонларнинг оилаларига чин дилдан таъзия ва ҳамдардлик изҳор этамиз.

Мен Ғазо сектори аҳолисига баҳоли қудрат ёрдам кўрсатиш учун Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Яқин Шарқ агентлигига 1 миллион 500 минг доллар ажратиш ҳақида қарор қабул қилдим.

Биз Фаластин халқи билан бирдам эканимизни қатъий билдирамиз ва унинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгашининг илгари қабул қилинган резолюцияларига мувофиқ ўз мустақил давлатини барпо этишга бўлган ҳуқуқини қўллаб-қувватлаймиз", - деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|Twitter