Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.24K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

11-oktabr–Xalqaro qizlar kuni

Har yili 11-oktabrda butun dunyo boʻylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish tavsiya etiladi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumanidagi 12-umumtaʼlim maktab sardorlari tomonidan barcha qizlar bayram bilan qutlandi.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

Pazandalik daromadga aylandi

Toshkent tumani G‘isht-ko‘prik mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan ishsiz ayollarni bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Ulardan biri Gulnoza Abduqodirovaga ko‘rsatilgan yordam hisoblanadi. Ayolning pazanda, lekin vaqtincha ishsiz ekanligi maʼlum bo‘lgach, unga uyida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarib, do‘konlarga topshirish orqali daromad olish imkoniyati yaratildi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_ayollari_kuni

Toshkent tumanida 15-oktabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolutsiyasiga asosan 15-oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.

BMT mazkur kunda qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga eʼtibor qaratishga, xususan, ularning taʼlim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlashga chaqiradi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Lola Qoraboyeva hamda 70ta mahalladagi xotin-qizlar faollari boshchiligida har bir sektorda “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятларини тўлиқ ишга солиш ҳамда "Яшил макон" кузги мавсумини самарали ташкил этиш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам полного задействования возможностей объектов туризма и культуры, а также эффективной организации осеннего сезона "Яшил макон".

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятини тўлиқ ишга солиш ва “Яшил макон” кузги мавсумини ташкил этиш бўйича йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари дунёдаги ҳозирги мураккаб вазиятда ҳар бир давлат турист жалб қилиш учун барча имкониятларини ишга солаётганини кўрсатиб ўтди. Биз ҳам бундай кескин рақобат шароитига мос бўлиб ишлашимиз шартлиги қайд этилди.

Ўтган 8 ойда:

- юртимизга хориждан 4,3 миллион турист келди, улардан 1,4 миллиард доллар тушум бўлди;

- 15 мингта янги меҳмон ўринлари яратилиб, уларнинг сони 137 мингтага етди;

- 540 та дам олиш ва кўнгилочар маскан барпо этилди, 70 та туризм маршрути очилди.

Шунингдек, 6 та хусусий авиакомпания иш бошлади, янги 23 та самолёт олиб келинди, 20 та халқаро ва 6 та ички қатнов йўлга қўйилди, Самарқанд аэропортида ҳафталик халқаро рейслар 46 тадан 85 тага кўпайди, 1 минг 300 та замонавий автобус харид қилиниб, 38 та маршрут очилди.

Қўшимча дам олиш кунлари ва чегирма берилгани ҳисобига ички сайёҳлар сони 15 миллион нафарни ташкил қилиб, ўтган йилга қараганда 2 баробарга ўсди.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент туристларни жалб қилиш бўйича янги имкониятларга тўхталиб ўтди.

Бунда, энг аввало, қўшни давлатлардан, Россия ва Хитойдан сайёҳларни жалб қилиш учун катта салоҳият мавжудлиги таъкидланди.

Масалан, Хитойнинг ҳамма провинцияларига бориб, ҳудудларимиз туристик салоҳиятини кенг тарғибот қилиш, Хитойдан Самарқанд, Бухоро, Хоразмга, Сурхондарё ва Фарғона водийсига авиақатновларни йўлга қўйиш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.

Мамлакатимизга узоқ давлатлардан келаётган туристлар оқими 3-4 баробар ошди.

Мисол учун, бу йил Ҳиндистондан, Япониядан, АҚШдан, Италиядан сайёҳ кўпайди. Лекин, Малайзия, Индонезия, Саудия Арабистони, Бирлашган Араб Амирликлари, Миср, Қатардан ҳамда Европадан туристларни жалб қилиш ишлари суст экани таъкидланди.

Ушбу мамлакатлардаги элчиларга ва вилоят ҳокимларининг туризм бўйича ўринбосарларига туристларни жалб қилиш бўйича ишларни кучайтириш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Келгуси ҳафта Самарқанд шаҳри илк бор Бутунжаҳон туризм ташкилотининг Бош ассамблеяси йиғилишига мезбонлик қилади.

Ҳозирни ўзида 128 та мамлакатдан 1 мингдан зиёд иштирокчи рўйхатдан ўтди, шундан 79 нафари туризм вазирлари, 24 нафари вазир ўринбосарлари.

Президент ушбу тадбир ҳокимларга мамлакатимиз туризм салоҳиятини кўрсатиш учун катта имконият эканини таъкидлади.

Ҳар бир вилоят ҳокими ўз делегациялари билан вилоятининг табиати, тарихи, маданияти, овқатлари, зиёратгоҳлари, сайёҳлик масканлари ва маршрутларини намойиш қилиши, туризм лойиҳалари бўйича келишувга эришиши шартлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Мутасаддиларга барча туман ва маҳаллаларда бир ой давомида кўчат ярмаркаларини ташкил қилиш ва куз мавсумида 30 миллион туп кўчат етказиб бериш топширилди.

Тайёргарлик ишлари, кўчат тарқатиш, экиш жараёнларини туманма-туман телевидение ва радио орқали ёритиб бориш муҳимлиги қайд этилди.

Давлатимиз раҳбари кузги мавсумида ўтган йиллардаги хатоларни такрорламаслик шарт эканига эътибор қаратди.

Жумладан, кўчат экишда манфаатдорликни ошириш лозим.

Бу борадаги вазиятни ўзгартириш учун эндиликда автомобиль, темир йўл, дарё, каналлар ёқалари аҳоли ва тадбиркорларга шартнома билан ер тоифаси ўзгартирмасдан бўлиб берилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда аҳолининг дарахт экишга бўлган қизиқишини ошириш ва рағбатлантириш ишларини янада кучайтириш зарурлиги қайд этилди

Бандлик вазирлигининг Жамоат ишлари жамғармаси маблағлари бундан буён маҳаллаларни ўзига йўналтирилиши, улар эса бу маблағларни дарахт экиш, парваришлаш ва тозалик тадбирларига йўналтириши таъкидланди.

Ўрмон хўжалиги агентлигига жорий мавсумда ҳар бир маҳаллага 200 тадан кўчатни бепул етказиб бериш топширилди. Бундан ташқари ҳар бир вилоят ҳокими ҳам 300 минг дона кўчатни маҳаллаларга текинга тарқатади.

Ҳар бир маҳалла ва туманда қайси дарахт яхши кўкаришини одамларнинг ўзи яхши билиши, шу боис кўчат турини аҳоли билан бамаслаҳат танлаш кераклиги айтилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, quyidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan (16 mln 500 ming so'm) oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan.

🔹"Temir daftar"ga kiritilgan oila farzandi;

🔹"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar farzandi;

🔹"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ATga kiritilgan oila farzandi;

🔹Salomatligida nuqsoni mavjud va oilasi kam ta'minlangan yosh fuqaro.

📝 Bunda ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

💦Toshkent tumanida
suvdan qarzdorlik bo‘yicha reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

📹Bu haqida "Nurafshon TV" kanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik_dasturi_amalda

Istiqbol mahallasida yashovchi bir nechta yosh ishga joylashtirildi

Joriy yilda Toshkent tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olingan. Bu borada Istiqbol mahallasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yoshlar bandligi dasturi doirasida bir qancha ishsiz yoshlar hamda maktab bitiruvchilari yoshlar yetakchisining sa'y-harakatlari bilan ishga joylashtirildi.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#hokim_qarori

YANGIYO‘L VA TOSHKENT TUMANLARIDA IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZLARI ISHGA TUSHIRILADI

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Toshkent tumanlarida eksperiment tariqasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda viloyat hokimi tegishli qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, har bir mahallaning mahalla fuqarolar yig‘inlari binosida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.

➡️ Batafsil

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#statistika

Toshkent viloyatida savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar nechta?

2023-yilning 1-sentyabr holatiga ko‘ra, viloyatda savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 331 tani tashkil etdi. Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilar:

➡️Zangiota tumani – 2036 ta
➡️Qibray tumani – 1141 ta
➡️Toshkent tumani – 1052 ta
➡️Chirchiq shahri – 895 ta

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Eʼlon

🏛Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi mavjud vakansiyalarga oliy maʼlumotli xodimlarni ishga taklif qiladi❗️

Mavjud shtat birliklari boʻyicha:

❇️Tuman markazidagi Madaniyat saroyiga - badiiy rahbar.

❇️ Qorasaroy mahallasida joylashgan Madaniyat markaziga - toʻgarak rahbari hamda oliy maʼlumotli filial mudiri.

❇️Oqtom mahallasida joylashgan Madaniyat markaziga - 2 nafar toʻgarak rahbari.

💫Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz boʻlgan va ish izlayotgan madaniyat va sanʼat sohasini tamomlagan, oliy maʼlumotli mutaxassislar ☎️+998 99 300-33-10 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

🚨 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

«Toshkenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi
shuni ma’lum qiladiki, A.Navoiy MFY Keles yo‘li ko‘chasidagi yer usti D-100mm o‘rta bosimli gaz quvurini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Fayziobod mahallasi Keles yo‘li ko‘chasidagi 12-ta aholi xonadonlari, Musiqa maktabi, Madaniyat saroyi, Toshkent tuman sudi, Qishloq va suv xo'jaligi bo'limi binosiga joriy yil 13-oktabr sanasi soat ❗️13:00 dan 17:00❗️gacha gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🔥"Toshkenttumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste'molchilaridan uzr so'raydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 12-13 oktabr kunlari ob-havoning pasayishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
“Янги Тошкент” концепцияси: Биноларга ижтимоий талаблар белгиланади

🎥https://youtu.be/JaeF-DPNxak

Батафсил: https://uza.uz/posts/528135

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Jarayon

🚓Juma-profilaktika kuni

Toshkent tumani YHXB boshlig‘i B.Ahmedov
bo‘lim xodimlari bilan birgalikda, juma, haftaning profilaktika kuni munosabati bilan, maktab o‘quvchilari hamda yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Erta tongdan boshlangan suhbat davomida yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchilari bilan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘l transport hodisalarini oldini olishi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, taʼlim muassasalarida bo‘lgan YPX xodimlari maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan piyodalar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari baxtsiz hodisalarni oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risida suhbatlashdilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website