Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.91K subscribers
20.1K photos
4.62K videos
31 files
13.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
⭕️Live

TOSHKENT VILOYATI MUTASADDILARINING MIGRANTLAR BILAN MULOQOTI BOSHLANDI

➡️Muloqot avvalida Toshkent viloyati hokimi migrantlarga murojaat qilib, hududda mavjud ish oʻrinlari, ular Vatanga qaytsa qanday imkoniyatlar yaratilishi haqida axborot berdi.

✔️Ayni paytda viloyatdagi shahar va tumanlarning hokimlari migrantlarga joriy ish oʻrinlari, mehnat bozoridagi talab va imkoniyatlar haqida axborot bermoqda, Vatanga qaytishga chorlamoqda.

Jarayonni onlayn efirda tomosha qilish:

🌐Facebook 🌐YouTube

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor

💫Moziyga sayohat

🔰 Bugun Toshkent tumani 2-sektor yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan mahalla yoshlari uchun G‘ofur G‘ulom uy muzeyiga sayohat tashkil etildi.

❇️
Ushbu ma'naviy tadbirda ijodkorning qizi Ahmedova Olmos aya G‘afurovna muzey hamda ijodkor haqida yoshlarga juda ko‘plab tarixiy va qiziqarli  ma'lumotlarni so'zlab berdilar.

✴️Xulosa o‘rnida aytish joizki, bu singari tadbirlarning o'tkazilishi yoshlar ongida ijodkor asarlarining mazmunan teranligi, hajv va falsafaga boyligi, o‘zbek xalqining mentaliteti, urf-odat va an'analari nechog'lik boy tarixga ega ekanligini his qilishlariga imkon beradi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠

"E-AUKSION" platformasida mulk sotish tartibi (yangi videoqo'llanma)

🔘platforma orqali mulk sotish tartibi
🔘buyurtmachi sifatida ro'yxatdan o'tish
🔘mulk sotish bo'yicha shartnoma imzolash
🔘buyurtma yaratish
🔘mulkni savdoga chiqarish

🫥: 72 mb
: 2 daqiqa 19 sekund

📨Telegram | 👨Facebook | 🖼Instagram | 👍Youtube
#Bandlik

Nazoratdagi shaxslar ishga joylashtirildi

Joriy yilning 8-avgust kuni, Toshkent tumani Ayri ota mahallasida joylashgan "Fazo Lyuks" MCHJda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib, ishsiz bo‘lgan 8 nafar nazoratdagi shaxslar ishtirokida "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarka davomida, 6 nafar nazoratdagi shaxslar ishga joylashtirildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Yoshlarga_koʻmak

💫Oʻrganishlar davom etmoqda

Yoshlar muammolarini oʻrganish va ijobiy hal etish yoʻlida Toshkent tumani Qir-ariq   mahallasi yoshlar yetakchisi, Burgutlar harbiy sport klubi rahbari Shuhrat Saidmurodov bilan birgalikda alohida eʼtibor berilishi lozim boʻlgan yoshlarning oilaviy ahvoli va muammolari bilan tanishdilar. Aynan shu toifadagi yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun birlamchi shart- sharoitlar bilan taʼminlashga harakat qildilar.

Buning natijasida, Qir-ariq mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan yana bir bor, rahbarlarga biriktirilgan yoshlar holidan xabar olinib, ularning xohish-istaklari, takliflari oʻrganildi.

Maqsad bitta – u ham boʻlsa,  yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, salomatliklarini tiklashda koʻmaklashish, hayotda oʻz munosib oʻrinlarni topishlarida motivatsiya berishdan iborat.

📷Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#hokim_kubogi

Viloyatda start olgan “hokim kubogi” qizgʻin bahslarga boy oʻtmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

💦Obi-hayotdan bahramand fuqarolar

Toshkent viloyati hududlarini toza ichimlik suvi taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenting 2017-yil 3-martdagi «Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish (Faza-1) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2818-sonli Qaror asosida 2021-2023 yillarda Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) imtiyozli kreditlari asosida ishlar davom etmoqda.

👉 Batafsil

📹Toshkent tumani Sirgʻali mahallasi aholisi shukronasi yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasman

"Inson" Ijtimoiy xizmatlar markaziga direktor tayinlandi

💼Muhiddinov Dilshod Maʼmurxon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy Agentligi Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

📌D.Muhiddinov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyat Toshkent tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#rasmiy

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov
—  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A. Inagamov  1980-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti   boʻyicha mutaxassisligi soliq va soliqqa tortish amaliyoti.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Ayni damda Oʻrta Chirchiq tumani  Xalqobod mahallasidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi sayyor qabul boshlangan.

Unda aholining bir qator muammolari tinglanmoqda. Viloyat sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va boshqarma rahbarlari ishtirokida bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

VATANGA QAYTING – SIZNI MUNOSIB ISH HAQI VA OILANGIZ KUTMOQDA

OʻZ: Xorijda mehnat migranti sifatida ishlayotgan Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!
Toshkent viloyatida mehnat migrantlarini Vatanga qaytarish, ularni munosib ish bilan taʼminlash, yer ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida qatʼiy tartib asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Sizlarni muloqotga chorlaymiz va Vatanga qaytishga, shu yerda, oilangiz bagʻrida va albatta qoniqarli ish haqi evaziga mehnat qilish imkoniyatidan foydalanishga chaqiramiz.

Maxsus shtab telefon raqamlari: +998702025116; +998702025117; +998702025118; +998702025119; +998702025120

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

ВАТАНГА ҚАЙТИНГ – СИЗНИ МУНОСИБ ИШ ҲАҚИ ВА ОИЛАНГИЗ КУТМОҚДА

ЎЗ: Хорижда меҳнат мигранти сифатида ишлаётган Тошкент вилояти аҳолиси диққатига! Тошкент
вилоятида меҳнат мигрантларини Ватанга қайтариш, уларни муносиб иш билан таъминлаш, ер ажратиш, тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш борасида қатъий тартиб асосида амалий ишлар олиб борилмоқда. Сизларни мулоқотга чорлаймиз ва Ватанга қайтишга, шу ерда, оилангиз бағрида ва албатта қониқарли иш ҳақи эвазига меҳнат қилиш имкониятидан фойдаланишга чақирамиз.

Махсус штаб телефон рақамлари: +998702025116; +998702025117; +998702025118; +998702025119; +998702025120

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sayyor_qabul

Oqtom mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Toshkent tumani fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga yo‘llagan murojaatiga asosan Toshkent tumani Oqtom mahallasida tuman hokimi Odilxon Rustamov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda mahalla raislari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida 50dan ziyod fuqarolar o‘zlarining yo‘l infratuzilmasi, elektr va toza ichimlik suvi, chiqindi tashish muammosi hamda boshqa shaxsiy masalalari bilan mutasaddilarga murojaat qildilar.

Murojaatlarda aks etgan masalalarning bir qanchasi tegishli tashkilot rahbarlariga 3 kun muddatda bartaraf etish topshirig‘i bilan yuklatildi, ba'zi muammolar joyda hal qilindi, qolganlari tuman hokimi nazoratiga olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website