Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik
♻️ Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida
✅ Toshkent tumani Qoraboʻrik mahallasi hokim yordamchisi Umidjon Poʻlatov hududda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
✅ Xususan u, Qoraboʻrik mahallasi markazida bir nechta xizmat koʻrsatish subʼektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga erishdi. Ulardan bittasi ayollar kiyim-kechagini tikish atelesi.
📹 Batafsil yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi_doirasida
♻️ Yangi Oʻzbekiston Yoshlari birlashaylik
✅ Bugun, Toshkent tumani Madaniyat markazi binosida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman Axborot kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Kitob karvoni" loyihasi asosida kitobxonlik aksiyalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Yosh zukko kitobxon" tanlovi tashkil qilindi.
💢 Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlar oyligi doirasida yoshlarimizni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk insonlar qilib tarbiyalash,ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishdir.
📚 Tadbir "Yosh zukko kitobxon" tanloviga ulanib ketdi. Tanlov 2 ta bosqichda boʻlib oʻtdi. Bular, test savollariga toʻliq javob berish va krossvord yechish.
🤩 Tanlov gʻoliblari RMMM tuman boʻlinmasi,MMTB boshligʻi N.Ubaydullayeva tomonidan esdalik va diplomlar bilan taqdirlandilar.
📷 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_eʼlon
#Tezkor
⁉️ Toshkent tumani Markaziy shifoxonasi rejali yuvishga yopiladi
❗️ Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasining EMERGENCY DEPARTMENT, rejali xirurgiya, bolalar, terapiya va nevrologiya, kardiologiya hamda reanimatsiya, anesteziologiya boʻlimlarida navbatdagi profilaktik tozalov, kosmetik taʼmirlash, dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya ishlarini oʻtkazish maqsadida, 2023-yilning 15-iyundan 29-iyunga qadar 14 kunlik rejali yuvishga yopiladi.
‼️ 2023-yilning 14-iyun kunidan boshlab shifoxonada bemorlarni qabul qilish toʻxtatilgan.
🟢 Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonaning rejali yuvishga yopilishi munosabati bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning Qibray, Zangiota tuman tibbiyot birlashmalariga hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yuborilishi taʼminlanadi.
✅ Yuqorida nomlari aytib o'tilgan shifixonalarda Toshkent tumanidan yuborilgan bemorlarga joriy yil 15-iyundan statsionar tibbiy yordam koʻrsatiladi.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#Tezkor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻmak
♻️ Talabalarga kontrakt puli toʻlab berildi
✅ Toshkent tumani Gultepa, Nurhayot, Oydin hayot mahallalari yoshlar yetakchilarining 33 mln soʻmga yaqin kontrakt pullari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan toʻlab berildi.
✅ Kontrakt pullari "Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi" mablagʻlari hisobidan yoʻnaltirilgan.
⭐️ Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning 30-iyun kuni Prezident rahbarligida yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda har yili oliy taʼlim muassasalarining sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan 500 nafargacha eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt toʻlovlarini toʻlab berish belgilangan edi.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2023
💫 Oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
✨ Kecha, markaziy Madaniyat saroyida Toshkent tumani hokimligi hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida, bu yil hududdagi 31 ta umumiy o'rta ta'lim maktablarini oltin va kumush medal bilan tamomlagan bitiruvchilarni tantanali taqdirlashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
👉 Batafsil
📹 Jarayon yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor
#Yoshlar_oyligi_doirasida
✅ Mahallalarda kitob karvoni
📚 Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi. Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan.
📖 Kuni kecha 2-sektor mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Yoshlar oyligi doirasida "Kitob karvoni" loyihasi asosida kitobxonlik aksiyalari va yoshlar oʻrtasida "Yosh kitobxon" tanlovi oʻtkazildi.
♻️ Yetakchilar tomonidan tashkil etilgan karvon esa har bir kitobsevar yoshga kitoblar tarqatishda davom etmoqda.
📷 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#Yoshlar_oyligi_doirasida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik
✅ "Ishonch" kompaniyasi ishga taklif qiladi!
✅ Maishiy texnikalarni muddatli to'lov asosida sotish bilan shug'ullanadigan "Ishonch" kompaniyasi Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarni bo'sh ish o'rinlariga ishga taklif qiladi.
📍 Buning uchun Siz @ishonchanketabot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
📢 Yangi ochilayotgan Toshkent viloyati - Toshkent tumanidagi filialda bo’sh ish o’rinlari mavjud.
📢Bo'sh ish o'rinlarining ro'yxati
🟢 Kompaniya haqida qo'shimcha ma'lumotlarni ISHONCH do'konlar tarmog'ining rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin
👉 https://ishonchsavdo.uz 👈
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
📢Bo'sh ish o'rinlarining ro'yxati
👉 https://ishonchsavdo.uz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
Ayni damda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Kasblar tanlovining Respublika bosqichi hunarmandchilik yo'nalishiga start berildi.
Tanlov Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida bo'lib o'tmoqda.
Tanlovda Toshkent tumani Gultepa mahallasidan Abdujabbor Rahmatov ishtirok etmoqda.
Abdujabborga omad tilaymiz!
📷 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Ayni damda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Kasblar tanlovining Respublika bosqichi hunarmandchilik yo'nalishiga start berildi.
Tanlov Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida bo'lib o'tmoqda.
Tanlovda Toshkent tumani Gultepa mahallasidan Abdujabbor Rahmatov ishtirok etmoqda.
Abdujabborga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
#Ogohlantirish ⁉️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi 💦 "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Toshkent tuman filiali, Sizga shuni maʼlum qiladiki, Qibray tumani Qodiriya suv tozalash inshootida nasos agregatlari uskunalarini…
#Ogohlantirish
💦 Toza ichimlik suvi taʼminoti bugundan tiklanadi
♻️ "Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Toshkent tuman filiali, Sizga shuni maʼlum qiladiki, Qodiriya suv koʻtarish inshootida nosozliklar yuzaga kelganligi sababli 2 kun mobaynida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari toʻxtab qolgan edi.
✅ Hozirda muammo bartaraf etildi va suvning tuman hududiga kirish bosimi koʻtarildi. Bugundan toza ichimlik suvi taʼminoti tiklanadi.
🟢 "Toshkent suv taʼminoti" korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr soʻraydi.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb
Deputatlar chiqindi muammosiga befarq emas
Tumanimizda bugungi kunda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha "Zangi ota obodon" MCHJ tashkiloti shugʻullanadi. Ming afsus, "Zangi ota obodon" korxonasi oʻz vazifasini vaqtida, fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga koʻra bajarmaganligi oqibatida, tuman aholisidan ijro hokimiyatiga koʻplab eʼtirozlar kelib tushmoqda.
Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov topshirigʻiga asosan Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari maishiy chiqindini oʻz vaqtida olib chiqib ketish masalasi yuzasidan favqulodda yigʻilish oʻtkazdilar.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Vorisova, tuman kengashi deputatlari, qurilish boʻlimi mutaxassislari, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Vazirligi va tashkilotning viloyat boshqarmasi boshliqlari, "Zangi ota obodon" MCHJ mutasaddilari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda tumandagi mahallalarda yashovchi aholi tomonidan kelib tushayotgan koʻplab eʼtirozlarni inobatga olgan holda hududni maishiy chiqindilardan tozalash masalasi keskin muhokama qilindi, shuningdek deputatlar tomonidan holatni qisqa muddat ichida yaxshilash boʻyicha talab va takliflar bildirildi.
Oʻz oʻrnida mutasaddi tashkilot rahbarlari bildirilgan talab va takliflardan kelib chiqib, hamkorlikda ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlishini maʼlum qildilar va holatni ijobiy tomonga oʻzgartirish boʻyicha fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mirislom Usmonov.