Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Xotira

🇺🇿 Xotira aziz-qadr muqaddas

💫Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 23-umumtaʼlim maktabidagi Madaniyat saroyida 9-may -"Xotira va qadrlash kuni" bayrami keng nishonlandi.

Tadbirga Davlat xavfsizlik xizmati 9231-harbiy qism xodimlari va isteʼfodagi faxriylari, Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi maʼnaviy maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻba rahbari M.Toirova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent tumani boʻlimi bosh mutaxassisi F.Bekboltayeva va  faxriy ustozlar taklif etildilar.

👉Batafsil

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

📊Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 798,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

2023- yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 798,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 70,5 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvardekabr oylariga nisbatan 106,2 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (411,9 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (392,0mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (350,5 mlrd. so‘m), Qibray tumani (337,8 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (315,2 mlrd. so‘m), Angren shahri (294,8 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq (258,7 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

💫"Mening yo'lim loyihasi"da g'olib bo'lgan mahallada bayram

🌟Ayni damda, Toshkent tumani Chuvalachi hududi Istiqbol mahallasi fuqarolari "Mening yo'lim loyihasi"da 6 mingdan ziyod ovoz bilan 962 million 500 ming so'm miqdorida pul mablag'larini yutib olib g'oliblikni bayramga ulashmoqda.

👍Ikkinchi o'rinda esa Qizg'aldoq mahallasi.

📹Bayram tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya: davlat oʻz zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat

1️⃣ Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

2️⃣ Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

3️⃣ Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

4️⃣ Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

5️⃣ Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

6️⃣ Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

7️⃣ Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

8️⃣ Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi.

9️⃣ Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🔟 Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида
Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар, суд ва ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ҳамда жамоатчилик фаоллари билан референдум якунларига бағишланган учрашув бошланади.

Скоро с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется встреча с главами палат Олий Мажлиса, политических партий, органов судебной и исполнительной власти, а также представителей общественности, посвященная итогам референдума.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида парламент аъзолари, сиёсий партиялар ва жамоатчилик вакиллари билан референдум якунларига бағишланган учрашув бошланди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Буларнинг барчаси – миллати, тили ва динидан қатъи назар ҳар бир юртдошимиз “қилса бўлар экан-ку”, деб ўз рўзғори, оиласи мисолида юртимизда юз бераётган катта ўзгаришларни яққол сезаётганидан далолат эмасми?

Конституциямиз лойиҳасини муҳокама қилишдан бошлаб то уни қабул қилгунча бўлган даврда ўтказилган умумхалқ муҳокамаларида миллионлаб юртдошларимиз фаол ва муносиб иштирок этдилар.

Шу нуқтаи назардан қараганда, янгиланган Конституциямизнинг чинакам муаллифи халқимиз бўлди, деб айтишга барча асосларимиз бор.

Энг муҳими, энди ислоҳотларимиз йўлидан ҳеч қачон ортга қайтмаймиз, “инсон – жамият – давлат”, деган янги тизим асосида фақат ва фақат олдинга қараб борамиз!”, - деди давлатимиз раҳбари.

Албатта, халқимизнинг референдумдаги овози, билдирган юксак ишончи барчамизга катта масъулият юклаши, эл-юртимизни рози қилиш учун бизни янги марраларга ундаши, ислоҳотларни жадал давом эттиришда янада катта куч-ғайрат ва илҳом бағишлаши таъкидланди.

"Ўзининг юксак фуқаролик бурчини чин дилдан адо этиб, Асосий қонунимизни қабул қилишда амалий таклиф ва ташаббуслари, ғоя ва фикрлари билан фаол иштирок этган кўп миллатли, мард ва олижаноб халқимизга таъзим қиламан”, - деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

Birlashgan — oʼzar, birlashmagan — toʼzar

💫Toshkent tumani Sohibkor mahallasida istiqomat qiluvchi aholi, bugun shukronalik hisi bilan yashamoqda.

🌟Koʻchalari obod, yoʻllar ravon boʻlgan mahallaning yoshi ulugʻ otaxonlari va mahalla raisi boshchiligida fuqarolar bir necha marotaba "Tashabbusli budjet" loyihasi gʻolibi boʻlishga erishdilar. Undan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-son qarori asosida mahallaning ichki koʻchalari asfalt qilindi.

♻️Bu albatta, mahalla ahlining o'zi istiqomat qiluvchi go'shani obod qilish yo'lidagi birlashishi natijasidir.

📹Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Янгиланган Конституциямизнинг биринчи моддасида Ўзбекистон – суверен демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий давлат, деб қатъий белгилаб қўйилгани тарихий аҳамиятга эга экани таъкидланди.

Халқимизнинг хоҳиш-иродаси билан Асосий қонунимизда муҳрланган бу принциплар – мамлакатимизнинг тараққиёт йўли ва тақдирини, унинг келажагини белгилаб берган ушбу “бешта устун” ҳеч қачон ўзгартирилмаслиги қайд этилди.

"Дунёда кундан-кунга янги-янги синовлар, хавф-хатар ва таҳдидлар пайдо бўлаётганини барчангиз кўриб турибсиз.

Энг нуфузли сиёсатшунос ва экспертлар ҳам, “ақл марказлари” ҳам, жаҳонда содир бўлаётган ҳозирги зиддият ва тўқнашувлар қачон ва нима билан тугашини айта олмаяпти.

Шундай мураккаб вазиятда, ҳар бир ишимизда, қабул қилаётган барча қонун ва қарорларимизда фақат ва фақат халқимиз, Ватанимиз манфаатлари энг устувор ўринда туриши шарт!" - деди Президент.

Бунинг учун, биринчидан, ота-боболаримизнинг асрий армони бўлган, тенгсиз ва буюк неъмат – мустақиллигимизни асраб-авайлаш, уни янада мустаҳкамлаш ва келгуси авлодларга мерос қилиб қолдириш барчамиз учун ҳаёт-мамот масаласи эканини унутмаслигимиз зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

"Биз уч минг йиллик давлатчилик тарихига, бой ва бетакрор маданиятга эга бунёдкор халқмиз. Қирқ миллионга яқинлашиб бораётган аҳолимизнинг тақдири ва истиқболи, фаровон ҳаёти учун масъул ва жавобгармиз.

Шу сабабдан юртимизда тинчлик ва барқарорликни асраш ва мустаҳкамлаш бундан буён ҳам энг муҳим вазифамиз бўлиб қолади", - деди давлат раҳбари.

Ушбу мақсадда миллий хавфсизликни таъминлаш, Қуролли Кучларимиз жанговар салоҳиятини оширишга қаратилган ишлари янги босқичга олиб чиқилиши, “Хавфсиз шаҳар”, “хавфсиз маҳалла”, “хавфсиз кўча” концепциялари жадал амалга оширилиши айтилди.

Дунёдаги ҳозирги мураккаб вазиятда тинчликсевар ташқи сиёсат давом эттирилиши, узоқ ва яқин давлатлар билан дўстлик алоқалари, барча соҳаларда ўзаро ҳамкорлик ривожлантирилиши таъкидланди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Xotira

E'zozdagi nuroniylar

Toshkent tumani Sabzavot mahallasida 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan mahalladagi faxriy, keksa-nuroniylarni bayram bilan tabriklab, o'tganlarni yodga olish maqsadida keksalar holidan xabar olindi.

👍Otaxon va onaxonlar yoshliklarini eslab, kayfiyatlari chog' bo'lishi uchun esa nuroniylar xonadonida maktab o'quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Fakt

IKKINCHI JAHON URUSHIDA TOSHKENT VILOYATIDAN QARIYB 122 MING KISHI QATNASHGAN

1941-1945-yillarda Toshkent viloyatidan jami 121 969 nafar kishi frontga ketgan. Ularning 22 617 nafari janglarda halok boʻlgan. 19 367 nafari bedarak yoʻqolgan.

1942-yilning kuzida Toshkent viloyati aholisi frontga 52 vagon oziq-ovqat mahsulotlarini joʻnatgan.

Birgina Oqqoʻrgʻon va Yangiyoʻl tumanidan aholining oʻz shaxsiy jamgʻarmalari hisobidan 220 milllion soʻmdan oshiq pul mablagʻi frontdagi gʻalabani taʼminlash uchun tashkil etilgan maxsus jamgʻarma hisobiga oʻtkazib berilgan.

Urush oʻchoqlaridan mazkur hududga yuborilgan 3500 nafar boshpanasiz kishi va 1700 nafar yosh goʻdak viloyatimizdagi oʻzbek xonadonlarida qoʻnim topgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram
📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

Abduhalil otaning shukronasi

Toshkent tumanidagi Hasanboy mahallasida bugun, 4 ming 573 ta fuqaro istiqomat qiladi, ular orasida keksalik gashtini surayotgan Abduhalil ota ham bor.

👍Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun boʻlgan mahalla aholisi, oʻz shukronalarini yetkazishni 30 yil tibbiyot sohasida ishlab, xalqqa xizmat koʻrsatgan, hozirgi vaqtda esa nabiralarining sevimli buvasi boʻlib umrguzaronlik qilayotgan va yoshlar tarbiyasiga befarq boʻlmagan Abduhalil otaga ishonib topshirdilar.

Avval xabar berganimizdek, Hasanboy mahallasining deyarli barcha koʻchalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 408-son qarori asosida asfaltlashtirilmoqda. Eski elektr ustunlari, yangi-beton ustunlarga almashtirilib, yaroqli muddati tugagan simlar oʻrniga yangi-zamonaviy simlar tortilmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Москва шаҳрига амалий ташрифи доирасида Кремлда Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин билан учрашув бўлиб ўтди.

В рамках рабочего визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в город Москву в Кремле состоялась встреча с Президентом Российской Федерации Владимиром Путиным.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_bor_ekan_millat_barhayot

🟢9-may-Xotira va qadrlash kuni

Jafokash oʻzbek xalqi boshidan ne-ne qora kunlarni oʻtkazmadi, qanchadan-qancha ota-bobolarimiz el-yurt tinchligi uchun jonlarini fido qilishmadi. Bugun sizu biz yashab turgan dorilamon kunlarga yetib kelishimiz oson boʻlmaganini shonli tariximiz isbotlab turibdi. Ularning koʻrsatgan qahramonliklari qalbimizda abadiy yashaydi.

Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ayniqsa, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirlanadi, tiriklar holidan xabar olinadi, hurmat bajo keltiriladi. Xotirlash va qadrlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.  

Ushbu sana munosabati bilan Toshkent viloyati, Toshkent tumani 12-umumtaʼlim maktab oʻquvchilari hamda Respublika maʼnaviyat markazi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda tumanimiz joylarida sharaf lentalari loyihasi oʻtkazildi. Maqsad qahramonlarimiz xotirasini abadiylashtirishdir.

📹Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

💫9-May – «Xotira va qadrlash kuni»

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʻurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent tumani hokimligi, Tuman prokuraturasi, soliq inspeksiyasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Yoshlar ishlari Agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va mahallabay ishlash boʻlimi rahbariyati va xodimlari, shuningdek tumandagi barcha korxona-tashkilot rahbarlari va tuman faollari tomonidan tumandagi Xotira maydonidagi "Motamsaro ona haykali" poyiga gulchambarlar qoʻyib oʻtganlarga ehtirom koʻrsatdilar.

Marosimda shuningdek, Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, "Zumrad" raqs-ansamblining goʻzal raqslari hamda "Burgut" jamoasining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

👉 Batafsil

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM