Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

🟢Aholi murojaatlari e'tiborda

📍Toshkent tumani hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov navbatdagi sayyor qabulni Bunyodkor mahallasida o'tkazdi.

♻️Mahalla idorasida bo'lib o'tgan qabulda har doimgidek aholi muammolariga yechim izlandi.

Unda 50dan ortiq fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish choralari belgilandi hamda bu borada har bir murojaatchiga atroflicha huquqiy maslahat va tushuntirish berildi.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🟢Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi amalda

Bugun, Toshkent tumani hokimligida "Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi" doirasida seminar trening oʻtkazildi.

♻️Seminarning asosiy maqsadi fermer va dehqon xoʻjaliklarida suv tejash texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish hamda oʻgʻitlardan toʻgʻri foydalanish salohiyatini oshirishga qaratildi.

🟢Qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari uchun tashkil qilingan seminar-treningda Toshkent Davlat Agrar universiteti professorlar va dotsentlari, sabzavot ekinlarini tomchilatib sugʻorish orqali parvarishlash va eksportni yoʻlga qoʻyishga erishgan "Nihol Agro eksport" fermer xoʻjaligi, 12 gektar yer maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga erishgan "Ixlos mebel" MCHJ mutaxassislari hamda Toshkent tumanida joylashgan "Silver Drip" masʼuliyati cheklangan jamiyatining yetakchi mutaxassislari suv tejash texnologiyalarining afzalliklari haqida gapirib oʻtdilar.

🌱Seminar ishida Toshkent tumani hokimning oʻrinbosari Sherzod Salixov, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Baxtiyor Sobitov, Tuman suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Suxrob Avezov hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

💦Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilda tumanda 500 gektar tomchilatib, 100 gektar yomgʻirlatib sugʻorish jami 600 gektar yer maydoniga suv tejash texnologiyalarini joriy qilish koʻzda tutilgan boʻlib, hozirgi kunda quruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar toʻliq yakunlangan va tumanda 216 gektar yer maydoniga tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Bog'zor podstantsiyasidan chiquvchi 35-kV quvvatli L-Bog'zor-1 hamda L-Bog'zor-2 fiderlarida ta'mirlash va simlarni daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan E'zoz, Zahariq, Qorabo'rik, Beruniy, Ko'ksaroy, Diydor, Chig'atoy, Ko'hinur, Oltintepa, Beshterak, Oqtosh hamda Qizg'aldoq mahallalarida joriy yil 4-may kuni soat❗️ 08:00dan 14:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Darhon podstantsiyasidan chiquvchi 6-kV quvvatli Hasanboy fiderda ta'mirlash va daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Yqori Xasanboy, Bahor, Kensoy, Hasanboy guzari (qisman), Avliyo-ota hamda Rahbarobod (qisman) mahallalarida joriy yil 4-may kuni soat❗️ 08:00dan 18:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

♻️Jamoatchilik nazorati - tartib-intizom kafolati

Xabaringiz bor, hozirgi kunda Toshkent tumani boʻylab Osiyo taraqqiyot bankining mablagʻlari evaziga Toshkent tumani hududlarini toza ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan deyarli har bir mahallada ichimlik suvi quvurlarini yotqizish, suv inshootlarini barpo qilish boʻyicha ishlar jadal surʼatlarda ketmoqda.

👍Ushbu loyiha oʻz yakuniga yetganidan soʻng Toshkent tumani aholisining talab va istaklari toʻliq qondirilib har bir xonadon doimiy toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

⚡️Aytish joizki, bu kabi yirik loyiha doirasidagi ishlarni bajarish vaqtida oʻz-oʻzidan texnik yoki boshqa qiyinchiliklar tugʻiladi va jamoatchilik nazoratisiz loyiha koʻngildagidek yakun topishiga hech kim kafolat bermaydi.

💦Shu sababli ham Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari, "OʻzSuvtaʼminot" AK, viloyat, tuman suv oqova tashkilotlarining mas'ullari, jamoatchilik nazorat guruhi aʼzolari bilan birgalikda "Amu Buxoro" va "Mesmir" qurilish tashkilotlari tomonidan tumanda qurilish ishlari olib borilayotgan URVlar (suv havzalari), tortilayotgan magistral quvurlari va mahallalarning ichki koʻchalaridagi fuqarolarning xonadonlari (abonent )tarmoqlari, yaʼni hisoblagich bunker va hisoblagichlar oʻrnatilishi boʻyicha holatni oʻrgandilar.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari, deputat Mirislom Usmonov

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🟢Tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligi davlat eʼtiborida

🟢Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni muvofiq "Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish" boʻlimi tashkil etilgan edi.

🟢Shu munosabat bilan kuni kecha, Toshkent tumanidagi 26- umumiy oʻrta taʼlim maktabida Toshkent viloyatidagi MTT psixologlari uchun Respublika Tashxis Markazi tomonidan oʻquv- seminari tashkil etildi.

Seminarda, MTTga xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlari G. Saʼdullayeva va N. Muhamedovalar tomonidan "Maktabgacha taʼlim tizimida tarbiyalanuvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish" mavzusida trening oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun ijobiy va samarali bilim olish imkonini yaratgan seminarda Toshkent viloyati Boshqarmasi tashxis shoʻbasi boshligʻi SH. Xakimova hamda Toshkent tumani psixolog- metodisti B. Rahimovalar xam ishtirok etdilar.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#obodlik

🟢Vatan ostonadan boshlanadi

Har bir mahalla, har bir koʻcha yurt koʻrki. Uning obodligi va saranjom-sarishtaligi esa oʻsha yerda yashovchi xalqning obroʻsidir.

Toshkent tumanidagi Hasanboy mahallasini ana shunday obroʻ-eʼtiborga ega mahallalardan, desak xato qilmagan boʻlamiz.

Bugun, koʻrkam va shinam Hasanboy obodlik sari odimlab bormoqda. Kuni kecha mahallaning Davr koʻchasiga 360 metr, Bogʻizilol koʻchasiga 1 kilometr 500 metr asfalt qoplamasi yotqizildi. Toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari yakuniga yetganidan soʻng esa mahallaning Bogʻdorchilik, Shifoxona, Binafsha, Otchopar, Jiydazor -jami 5 kilometrdan ziyod koʻchalar asfaltlashtiriladi.

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yoʻllar, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida qabul qilingan 408-son qarorlari asosida Hasanboy mahallasining qariyb 6 kilometr 977 metr koʻchalarini asfaltlashtirish koʻzda tutilgan, -deydi mahalla raisi Bahrom Muqimov. - Bu hujjat aholining koʻp yillik muammolarini hal qilishga imkon yaratdi. Bundan albatta xalq rozi, bolajonlar esa xursand.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#investitsiya_eksport

Toshkent tumanida bugungi kunda 859 ta sanoat korxonalari mavjud boʻlib, joriy yilda yana 45 milliard soʻmlik 29 ta loyiha amalga oshiriladi.

Shulardan biri kuni kecha ishga tushgan, umumiy qiymati 121 milliard soʻmlik ip-kalava ishlab chiqarish korxonasidir. Hozirda korxonaning 1 milliard so'mlik mahsulotlar xorijga eksport qilinmoqda.

Eng asosiysi, 200 dan ortiq ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, yil oxiriga qadar yana 100 nafar ishchi korxonaga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

📹 Batafsil “Oʻzbekiston 24” lavhasida

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi

♻️Alohida eʼtibor talab qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

Toshkent tumani hokimi, 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 2023-yil 11-aprel sanasida oʻtkazilgan yoshlar masalalariga oid videoselektor yigʻilishida alohida toifaga ega boʻlgan har bir yoshni sektor rahbarlari va hokim oʻrinbosarlariga biriktirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan yigʻilishda bir guruh yoshlar ishtirok etdilar.

🌟1-sektor rahbari yoshlar bilan suhbatlashar ekan ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan imkon qadar yaqindan tanishib, ularga yechim izladi. Vaqt va hujjat talab qiladigan masalalar yechimini tezlashtirish maqsadida esa muammo tegishli rahbar xodimga yoʻnaltirildi.

📸Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM