Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.15K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

🌐Media-tur tafsilotlari

Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan o'tkazilgan media-tur tafsilotlari @renessanstv telekanalining @ovoza_news informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайернинг таклифига биноан ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Федерального Президента Германии Франка-Вальтера Штайнмайера отбыл в эту страну с визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Ogohlantirish

🆘 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

‼️ "Toshkenttumangaz" gaz ta'minoti bo'limi
Sizga shuni ma'lum qiladiki, Keles hududi Qir-ariq mahallasi Farovonlik ko'chasida joulashgan yer usti o'rta bosimli D-89 mm, yer usti past bosimli D-57mm gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent tumani Qir-ariq mahallasi Farovonlik, O'zbekiston va Xushnud ko'chalaridagi 297 ta aholi xonadonlari, 3 ta ulgurji tashkilotga 2023-yil 3-may sanasida soat ❗️09:00dan-17:00gacha❗️ tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to'xtatiladi.

🔴 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

“Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tanlov

✍️Insholar tanlovi g'olibi aniqlandi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan o'tkazilgan "Konstitutsiya-mening taqdirim mening kelajagim" insho yozish tanlovida Toshkent tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 10-A sinf o‘quvchisi Naima Toshkenboyeva go'lib deb topildi.

⚜️Tanlov yakuni bo'yicha Naima tashkilotchilar tomonidan I-darajali diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi
Sizga shuni maʼlum qiladiki, Darhon podstantsiyasidan chiquvchi 35/6-kV quvvatli Shifohona fiderida ta'mirlash va simlarni daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Hasanboy, Bahor, Hasanboy guzari, Rahbarobod, Darhon hamda Avliyo ota mahallalarida joriy yil 3-may kuni soat❗️ 09:00dan 18:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

📍Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 535 000 soʻm.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#online

Ayni damda Boʻka tumani “Boʻston” MFY Yoshlar istirohat bogʻida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli boʻlib oʻtmoqda.

Sayyor qabulda Prezident Xalq qabulxonasi masʼullari, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri va Toshkent viloyati hokimi ishtirok etmoqda.

Jarayonlarni toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

🌐 Facebook

🌐 YouTube

🌐 Instagram

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_uchrashuv

⚜️Oʻqimishli qiz- kelajak bunyodkori

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tassarufidagi 4-umumtaʼlim maktabida
qizlarni oʻqishga boʻlgan ishtiyoqlarini oshirish, hayotda oʻz oʻrnilarini topishlari, oldilariga aniq maqsad qoʻyib, yuqori marralarni egallashlari, oʻziga ishongan, jamoat orasida faoliyat yurita oladigan mustahkam irodali shaxs sifatida shakllanish koʻnikmalariga ega qilish maqsadida "Oʻqimishli qiz- kelajak bunyodkori" mavzusida taniqli ijodkor ayollar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

📌Tadbirda OʻzMTRK oliy toifali suxandoni Mavluda Ahmedova hamda Oʻzbekiston telekanali katta muharriri Komila Sultonovalar ishtirok etib, bugungi kungacha erishgan yutuqlari, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning asosiy manbasi, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan birga ularni oʻqitishga ham eʼtiborni kuchaytirish kerakligi haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tashabbusli budjet” doirasida hududlar reytingi e'lon qilindi

🟣Iqtisodiyot va moliya vazirligi har chorak yakuniga ko‘ra, “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar faoliyatini baholab boradi.

💠“Tashabbusli budjet” loyihasining shu yil 1-mavsumi ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hududlar kesimida baholanib, tuman va shaharlar reytingi shakllantirildi.

⚡️ Baholash natijalariga ko‘ra:

🟢60 ta tuman va shaharlar 71 dan 100 gacha ball to‘plab — “yashil hudud”;

🟠94 ta tuman va shaharlar 55 dan 71 gacha ball to‘plab — “sariq hudud”;

🔴54 ta tuman va shaharlar 55 dan past ball to‘plagan holda — “qizil hudud” deb topildi.

Reyting natijalari bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Batafsil
___________________________

Объявлен рейтинг регионов в рамках "Инициативного бюджета"

⚡️По результатам оценки:

🟢60 районов и городов набрали от 71 до 100 баллов - «зеленая зона»;

🟠94 района и города набрали от 55 до 71 балла – «желтая зона»;

🔴54 района и города с баллом менее 55 считаются «красными зонами»;

Подробнее

С результатами рейтинга можно подробно ознакомиться здесь

#инициативный_бюджет #ochiq_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

📊Toshkent tumanining investitsiya va eksport salohiyati "O'zbekiston 24" telekanalining "Reportaj 24" ko'rsatuvida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🟢Aholi murojaatlari e'tiborda

📍Toshkent tumani hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov navbatdagi sayyor qabulni Bunyodkor mahallasida o'tkazdi.

♻️Mahalla idorasida bo'lib o'tgan qabulda har doimgidek aholi muammolariga yechim izlandi.

Unda 50dan ortiq fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish choralari belgilandi hamda bu borada har bir murojaatchiga atroflicha huquqiy maslahat va tushuntirish berildi.

📹Tafsilotlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🟢Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi amalda

Bugun, Toshkent tumani hokimligida "Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi" doirasida seminar trening oʻtkazildi.

♻️Seminarning asosiy maqsadi fermer va dehqon xoʻjaliklarida suv tejash texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirish hamda oʻgʻitlardan toʻgʻri foydalanish salohiyatini oshirishga qaratildi.

🟢Qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari uchun tashkil qilingan seminar-treningda Toshkent Davlat Agrar universiteti professorlar va dotsentlari, sabzavot ekinlarini tomchilatib sugʻorish orqali parvarishlash va eksportni yoʻlga qoʻyishga erishgan "Nihol Agro eksport" fermer xoʻjaligi, 12 gektar yer maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga erishgan "Ixlos mebel" MCHJ mutaxassislari hamda Toshkent tumanida joylashgan "Silver Drip" masʼuliyati cheklangan jamiyatining yetakchi mutaxassislari suv tejash texnologiyalarining afzalliklari haqida gapirib oʻtdilar.

🌱Seminar ishida Toshkent tumani hokimning oʻrinbosari Sherzod Salixov, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Baxtiyor Sobitov, Tuman suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Suxrob Avezov hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

💦Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilda tumanda 500 gektar tomchilatib, 100 gektar yomgʻirlatib sugʻorish jami 600 gektar yer maydoniga suv tejash texnologiyalarini joriy qilish koʻzda tutilgan boʻlib, hozirgi kunda quruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar toʻliq yakunlangan va tumanda 216 gektar yer maydoniga tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM