Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#shukuh

Bugun  xalqimiz qutlugʻ ayyom — muborak Ramazon hayitini keng nishonlamoqda.

Ayyom munosabati bilan muqaddas diniy taomilimizga koʻra, erta tongdan viloyatimizdagi masjidlarda hamyurtlarimiz hayit namozlarini emin-erkin ado etdilar.

Ibodatlar ado etilgach yurtimizga tinchlik-omonlik, elimizga taraqqiyot va  ravnaq,  xonadonlarimizga tinchlik va osoyishtalik soʻrab, duoga qoʻl ochildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#talim
#tanlov

💫Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab aniqlandi

💫Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼlim muassasalarining 7-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

🌟Ushbu tanlov natijasiga koʻra 1-oʻrinni 18-maktab jamoasi 100 000 000 soʻm pul mukofoti, 2-oʻrinni 9-maktab jamoasi 75 000 000 soʻm pul mukofoti, 3-oʻrinni 26-maktab jamoasi 50 000 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қутлов

Азиз Ватандошлар!
Барчангизни бугунги улуғ айём – Рамазон ҳайити билан чин қалбимдан табриклайман. Сизларга мустаҳкам сиҳат-саломатлик, тинчлик-тотувлик, фаровонлик ва файзу барака тилайман.

Ҳурмат билан,
Зойир Мирзаев

📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn
#sayohat

Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan “Ayollar daftari”dagi 300 nafar xotin-qizlar va ularning farzandlari uchun “Oqtosh” bolalar oromgohiga eko-turistik, psixologik va ko’ngilochar sayyohat tashkil qilindi.

E’zoz” loyihasi doirasida o’tkazilayotgan ushbu tadbirda 2 kun davomida onalar va bolalar dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

📹Tafsilotlar yuqorida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Gulnora Sultonqulova, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi shifokori:

— Oxirgi 5-6 yillik davr ichida tibbiyotga juda katta eʼtibor berildi. Xususan, bizning tumanimiz shifoxonasi kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam yanada mukammallashdi. Shuni taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 48-moddasida har bir fuqaro tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun doirasida belgilangan tartibda olishga haqli deya belgilanmoqda. Bu aholiga juda katta imkoyatlar yaratadi. Yaʼni bepul tibbiy xizmat koʻlami oshadi. Shuning uchun 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumga befarq emasman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

🌟Ayollari eʼzozlangan yurt

Bugun Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari" ning 4-toifasiga kiritilgan xotin-qizlar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Oqtosh” qishlogʻida joylashgan IIV tasarrufidagi “Oqtosh” bolalar oromgohiga,ochiq togʻ havosida madaniy,maʼrifiy tadbirlar va psixologik treninglarga, koʻngilochar oʻyinlar, sport musobaqalariga boy boʻlgan ekoturistik dam olish va shou sayohatiga taklif qilingan.

Mutlaqo yangi boʻlgan “EʼZOZ” loyihasining maqsadi – onalarning va nogironligi boʻlgan bolalarning imkoniyatlari toʻliq boʻlgan boshqa bolalar qatori yashashga, hayotdan zavq olishga, viloyatimizning goʻzal goʻshalarini koʻrib yangi rejalardan ilhomlanishlariga, jamoa kuchini his qilishlariga, pozitiv kayfiyat uygʻonishiga turtki berish, shukronalik, minnatdorlik tuygʻularini aks ettirish orqali hayotda oʻz oʻrnilarini topishlariga imkon yaratishdan iboratdir.

"Eʼzoz" loyihasi tadbirlarini keng yoritish maqsadida media- tur tashkil qilingan boʻlib, jarayon "Sevimli", "Mahalla", "Nurafshon" kanallari va "Kun.uz" sayti muxbirlari tomonidan yoritilmoqda.

📹Yuqoridagi lavhada media-turga taklif etilgan jurnalistlarning loyiha haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

🌟Ayollari eʼzozlangan yurt tadbiri davomi...

Avval xabar berganimizdek, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari" ning 4-toifasiga kiritilgan xotin-qizlar Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Oqtosh” qishlogʻida joylashgan IIV tasarrufidagi “Oqtosh” bolalar oromgohiga,ochiq togʻ havosida madaniy,maʼrifiy tadbirlar va psixologik treninglarga, koʻngilochar oʻyinlar, sport musobaqalariga boy boʻlgan ekoturistik dam olish va shou sayohatiga taklif qilingan.

📹Ayni damda"Eʼzoz" loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼzoz

Ayollari eʼzozlangan yurt: 2-kun

🌟Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan har bir hududda oʻtkazilayotgan “Ayoli eʼzozlangan yurt” tadbirlari doirasida “EʼZOZ” loyihasini amalga oshirish maqsadida mana ikki kundirki, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi 150 nafar ayol va ularning 150 nafar sogʻligʻida nuqsoni bor farzandlari “Oqtosh” bolalar oromgohida dam olishmoqda.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya

📗 Konstitutsiya loyihasidagi eng muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha tayyorlangan “Yangilanayotgan Konstitutsiya. 100 savolga 100 javob" qo‘llanmasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: adolatmarkazi.uz/uploads/referendum.pdf

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#1_sektor

💫Farovonning obod koʻchasi

♻️Bugun, Toshkent tumani Farovon mahallasida istiqomat qiluvchi aholining davlat siyosatidan rozilik kayfiyati yuqorilab bormoqda.

Sababi, kuni kecha "Tashabbusli byudjet" jarayonida mahalladagi elektr simlari va transformatorlarni yangisiga almashtirish tashabbusini yutib olgan mahalla aholisining ichki koʻchalari ham ravon boʻlmoqda.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan 408-son Qaroriga koʻra asfaltlashtirilayotgan Farovon mahallasining Obod koʻchasi nomiga monand koʻchaga aylanmoqda.

Bundan albatta aholi rozi, bolajonlar xursand, yoshi ulugʻ keksalar esa shukronalik hisi bilan qoʻllarini duoga ochmoqdalar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

⭐️Bemor yoshlarga koʻmak

Toshkent tumani Sanoat mahallasi yoshlar yetakchisi U. Xamidullayeva tashabbusi  bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-qaroriga asosan 20 turdagi yordamlar roʻyxatining  2-bandidagi talablardan kelib chiqqan holda Sanoat mahallasi Olmazor 1-berk koʻchasida yashovchi Moʻminov Nurmuhammad Abdujalil oʻgʻliga davolanish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratilib,"Yoshlar jamgʻarmasi" hisobidan toʻlab berildi.

📍Yoshlar yetakchisining Nurmuhammad tezroq sogʻayib mahallaning faol yoshlari safiga qoʻshilishidan umidi katta.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM