Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.52K subscribers
20.7K photos
4.71K videos
31 files
13.4K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#OAV_nigohida

Tashabbusli budjet - xalqona budjet

Xabaringiz bor, Toshkent tumani mahallalari faollari sa'y-harakati bilan tumanimizda "Tashabbusli budjet" loyihasida qariyb 16 mlrd. 400 mln. soʻmlik 14 ta loyihani qoʻlga kiritishga erishildi.

Shulardan bittasi 5 ming 91ta ovoz bilan g'oliblikni qoʻlga kiritgan Koʻksaroy mahallasi uchun zamonaviy mahalla guzarini barpo qilish loyihasi boʻldi.

Bu g'oliblikni mahalla faollari keng nishonladilar.

Koʻksaroy mahallasi aholisining xursandchiligi "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida.

19:45 16.04.2023

"TASHABBUSLI BUDJET" — XALQONA BUDJET

muxbir: Elyor Goʻroʻgʻliyev

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💫Toshkent tumanida "Yoshlar festivali" boʻlib oʻtdi

Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi hamda Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan "Yurtim munavvar oqshomlari" gala-konsertida qariyb mingga yaqin yoshlarni qamrab olishga erishildi.

🌟Bayram tadbirida el suygan sanʼatkorlar Oybek va Nigora, Afruza, Farrux Komilov, VIA "Marokand" guruhlarining joʻshqin qoʻshiqlari yangradi.

⚡️Festival davomida viktorinalar oʻtkazilib, gʻoliblarga sovgʻalar va pul yutuqlari tarqatildi, yoshlarning referendumga befarq emasliklari haqidagi shiorlar yangradi.

Xususan, yoshlarga oid davlat siyosati bugungi kunda har bir yoshga boʻlgan eʼtiborda aks etayotganligi, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga oid koʻplab masalalar oʻrin olganligi haqida soʻz bordi.

Tadbir juda koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi va albatta tuman yoshlari birlashishiga va bir maqsad sari olgʻa yurishlariga turtki boʻldi.

🤝Shu oʻrinda yoshlar xavfsizligini taʼminlagan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📹Barafsil videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan 408-son qarori asosida Toshkent tumani Rahbarobod mahallasi Tantana ko'chasini asfaltlashtirish ishlari ketmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️Ertaga Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Guliston hududida joylashgan Kensoy podstansiyasining 110/35/10 Kvli Parvoz 10-Kvli liniyasida daraxt shoxlarini tozalash hamda nuqsonlilarni bartaraf etish ishlari olib borilishi munosabati bilan Avliyoota , Rahbarobod, Parvoz, Darxon va Yunusobod mahallalarida joriy yil 18-aprel kuni soat ❗️09:00dan 18:00 gacha❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Ijtimoiy adolat” va “Inson qadri” tamoyillariga tayangan holda mahkumlarni ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevral kuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-817-son Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonunga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga tegishli qoʻshimcha kiritilib, 15.02.2023 yildan boshlab jazoni ijro etish muassasasida mahkumning jazoni oʻtash davrida bajargan har qanday ishi uchun ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, ushbu davrlar pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olish tartibi joriy etildi.

👉Batafsil

Dilshod Muhiddinov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi:

▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.
▫️Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar.
▫️1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi boʻlgan shaxslar.
▫️1941 — 1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
▫️Baynalmilalchi jangchilar.
▫️Gʻirt yetimlar.
▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolgʻiz pensionerlar.
▫️18 yoshgacha boʻlgan bolalar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari.
▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga koʻra mudofaa ishlari boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan chaqiriq yoshidagilar.
▫️“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
▫️ 1 yoshgacha bolasi boʻlgan emizikli onalar.
▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#DXX_kubogi

⚡️"Zargar" va "Bogʻizilol" mahalla yoshlari futbolda kuch sinashdilar

💫Toshkent tumani mahallalari boʻylab davom etayotgan futbol musobaqasi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun o'tkazilgan baxslarda Zargar mahallasi yoshlari Bog'izilol yoshlari bilan bellashdilar.

⚽️Oʻyin davomida, Zargar mahalla fuqarolar yigʻini yosh futbolchilari raqiblariga imkoniyat qoldirishmadi. 4:3 hisob bilan Zargar mahalla yoshlari gʻalaba qozondilar.

👍Eslatib oʻtamiz, bu yoshlar professional futbolchilar emas shunchaki Zargar mahallasining havaskor yoshlari.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muddatidan oldin ovoz berish tartibi

✔️ Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

🗓 Referendumda muddatidan oldin ovoz berish 19-26-aprel kunlari amalga oshiriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Mansur Omonov, Janubiy Koreyaning Hanyang universiteti doktoranti, Janubiy Koreya

Konstitutsiyaviy islohot - bu inson sha’ni, uning qadr-qimmati, inson huquqlarini himoya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvini tubdan isloh qilish, yoshlar siyosati, moliya, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va barcha sohalarni qarab olganligi bilan ham ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlarda barchamizni faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.

@menbefarqemasman
#Toshkent_tumani
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi Odilxon Rustamov Gulobod mahallasi fuqarolari muammolarini tingladi

Qabulda tegishli sektor mas’ullari, korxona, tashkilot va tijorat banklari mutasaddilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov ham qatnashdi.

Mas’ullar ishtirokida 40dan ortiq fuqaroning murojaati batafsil eshitilib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.

Murojaatlar asosan uy-joy kadastri yoki subsidiya bo‘yicha bo‘lib, fuqarolarning o‘z huquqlarini yaxshi bilmasligi, dala maydonlari, hujjati bo‘lmagan yerlarga uy qurishi oqibatida ko‘plab muammolar kelib chiqayotganligi mas'ullar e'tiborini tortdi. Barcha murojaatlar tuman hokimi nazoratiga olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM