Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.29K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
⚡️“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakuni boʻyicha Toshkent tumanida eng koʻp ovoz toʻplagan 6ta loyiha.

🟢"Qir-ariq MFY" Tafakkur, Xotira, Xushnud, Mehnat va Obod koʻchalari uchun 6 ming 763ta ovoz bilan jami 1 mlrd. 200 million soʻm evaziga asfalt qoplamasi yotqizish.

📍Joylashgan manzili

🟢"Shirin" MFY Chamanzor, Gulyashnar va Marhamat kottedj koʻchalari, Mangulik, Mustahkam, A.Navoiy va Taraqqiyot koʻchalariga 6 ming 337ta ovoz bilan 1 mlrd. 200 million soʻmlik jami 3 km asfalt qoplamasi yotqizish.

📍Joylashgan manzili

🟢"Koʻksaroy" MFY idorasini kapital qurish va jihozlash uchun 5 ming 91 ta ovoz toʻplab, 1 milliard 200 million soʻm evaziga yangi mahalla idorasini barpo qilish.

📍Joylashgan manzili

🟢"Majnuntol" MFY hududiga jami 4 ta transformator jihozlari bilan oʻrnatish, 170 ta beton tayanch yoritgichlari bilan oʻrnatish, 5 km masofaga sip simlarini tortish hamda mahalla hududiga 24ta veb-kamera joylashtirish uchun 4 ming 866ta ovoz bilan 1 milliard 200 million soʻm evaziga yuqoridagi ishlarni amalga oshirish.

📍Joylashgan manzili

🟢"Hasanboy guzari" MFY Sihatgoh 1-berk koʻchasini 360 metr, Sihatgoh 3-berk koʻchasini 770 metr, Qushtut 2-berk koʻchasini 310 metr, Bogʻbonlar koʻchasini 760 metr qismi uchun 4 ming 765 ta ovoz bilan 1 milliard 200 million soʻmlik asfalt qoplamasini yotqizish

📍Joylashgan manzili

🟢Koʻksaroy hududidagi “Diydor” MFY va “Oqtosh” MFYlarning elektr tarmogʻini barqarorlashtirish maqsadida 4 ming 360ta ovoz toʻplab 1 milliard 200 million soʻmlik “Diydor” MFYga 4 ta 250tali transformator, 8 km.li 4x50+70 sip kabel, 25ta beton stolbalar va “Oqtosh” MFYga 5ta 250tali transformator, 10 km.li 4x50+70 sip kabel va 70ta beton tayanchlar oʻrnatish.

📍Joylashgan manzili

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

⚡️Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz!

♻️Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan "Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tumandagi umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan tanlovda 1-oʻrinni 14-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Robiyabonu Olimjonova,
2-oʻrinni 23-maktabning
11-sinf oʻquvchisi Durdona Boynazarov,
3-oʻrinni 25-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ziyoda Zaynutdinova egalladilar.

Toshkent viloyati pedagog va psixologlarni qoʻllab-quvvatlash "Taraqqiyot" markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan ta'sis etilgan "Oilaviy-maishiy zoʻravonlikni birgalikda yengamiz" mavzusidagi granti asosida oʻtkazilgan insholar tanlovining gʻoliblariga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva tomonidan "Faxriy yorliq" va esdalik sovgʻalari topshirildi.

📹Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblatish uchun asos paydo boʻlgan taqdirda ushbu mazmundagi ariza bilan istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza pensioner yashaydigan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash toʻgʻrisidagi ariza Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.

🗣Batafsil

Dilshod Muhiddinov
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

⚽️Faol yoshlar maydonda

🏆Toshkent tumanida Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.

💫Tuman sektor rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tgan ochilish marosimida oldingi mavsumdagi qaynoq jarayonlar, shiddatli oʻyinlar yakundagi gʻalaba bu yilgi mavsumda yoshlarimizga ajoyib motivatsiya berishi shubhasiz ekanligi haqida so'z bordi.

⚽️Aytish joizki, musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar dastlab mahallalar miqyosida bahslashib, soʻngra tuman bosqichida bellashadi. Tuman chempioni boʻlgan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etadi. Viloyatning eng kuchli jamoasi esa musobaqaning final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

⚜️Bugun esa tumanimizning markaziy stadionida A-guruhi bahslarida Shirin, Ma'rifat, Farovon, Qizg'aldoq, Xalimko'p, A.Navoiy, Fayzobod va Kalas mahallalari jamoalari o'zaro bellashdilar.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Shohida Ibragimova, tadbirkor, biznes-trener:

— Men bir nechta bizneslar asoschisiman va bu sohada 13 yillik tajribaga egaman. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda auditoriyaning asosiy qismini ayollar tashkil etadi. Moliyaviy savodxonlik boʻyicha olib borayotgan darslarimdan bildimki, ayollarning taʼlim olishida toʻsqinliklar bor: turmush oʻrtogʻi, qaynona, qaynotasi, ota-onasi oʻqishiga ruxsat bermaydi. "Qiz bolaga oʻqishning keragi yoʻq, maktabni tamomlasang boʻldi, turmushga beramiz", deyishadi. Vaholanki, bu uning huquqi. Yangi Konstitutsiyada ham bu huquq mustahkamlab qoʻyilmoqda. Men ayollarning taʼlim olishiga befarq emasman!

@menbefarqemasman
#Iftorlik
#3_sektor

💫Xayrli ishlar davomi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent tumanining har bir mahallasida iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Xususan kecha, Ko'kterak mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlami uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Mehr-muruvvat dasturxoni "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toshkent tumani bo‘linmasi mablag‘lari evaziga yozilgan bo‘lsa-da, mahalladagi beshlik tashabbusi bilan iftorlikka keladigan mehmonlar ro'yxati shakllantirilgan.

Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan kayvoni otaxon va onaxonlar, bolalar va xotin-qizlar tinch-totuv hayotda yashab, ertangi kunga bo‘lgan ishonch kun sayin ortib borayotganligidan, ko‘chalari obod bo‘lib, xonadonlarida xotirjamlik hukm surayotganligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar hamda yurtimiz yanada taraqqiy etishini so‘rab duoga qo‘l ochdilar.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️Oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik belgilandi

🔰 Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔹Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik kiritildi. Unga koʻra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:

▫️mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish;
▫️mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish;
▫️ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, mazkur harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 160 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔘 Yuqoridagi shaxslarni doʻpposlash, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda ogʻirlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan:

sogʻliqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan koʻp boʻlmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan:

▫️16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

▫️16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish – 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Shuningdek, shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

👉Manba

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Fazliddin Sobirjonov, Toshkent davlat yuridik universiteti katta oʻqituvchisi:

— Bugungi kunda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, birinchi navbatda, samarali iqtisodiyot, erkin boshqaruv tizimi, kuchli ijro hokimiyati shakllanishi, Senat va qonunchilik palatalari oʻrtasida vakolatlar taqsimlanishi hamda eng asosiy masala — inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishi, konstitutsion norma asosida kafolatlanishini oʻzgartirishlarning asosiy mezoni sifatida koʻrishimiz mumkin.
Konstitutsion islohotlar avvalo inson qadri, huquq va erkinliklarini hozirgi jamiyat va kelajak avlod uchun konstitutsiyaviy kafolatlashni nazarda tutadi. Bu islohotlar butun boshqaruv tizimida samarali tizimni yaratishga asos boʻladi.

@menbefarqemasman
#Iftorlik

💫Roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

📍Toshkent tumani Qirariq mahallasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan tumandagi roʻzadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda mahallada istiqomat qiluvchi roʻzadorlar hamda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oila aʼzolari ishtirok etdi.

Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, roʻzgʻorimizga baraka, dehqonlarimizga moʻl hosil tilab, duo qilishdi.

Eslatib oʻtamiz bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallada tashkil etilmoqda.

📹Tadbir tafsilotlari fotolavhalarda.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Bahodir Husanov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori:

— Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xalqimiz farovonligini taʼminlaydigan huquqiy asosdir va inson manfaati uchun, qadri uchun, uni huquqiy kafolatlash uchun xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga toʻrtta yangi modda qoʻshilayaptiki, bunda taʼlimning barcha shakllari — maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim qamrab olingan. Ayniqsa, hozirgi paytda nogironligi boʻlib, maktab taʼlimini ololmaydiganlarga yaratilayotgan sharoit katta yutuq hisoblanadi.
Men shaxsan 30-aprel kuni boʻladigan referendumda faol qatnashaman va bu referendumga befarq emasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_haftaligi

📚Kitobsevar millat – ma’naviyat poydevori

Toshkent tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan joriy yil 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida III-Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o’tkazildi.

Haftalik davomida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, tanlovlar va kitob yarmarkalari tashkil qilindi.

Joriy yilning 14-aprel kuni esa Axborot kutubxona markazi xodimlari, Yoshlar Ishlari Agentligi tuman bo’limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent tumani bo’linmasi va Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida “Buyuk allomalar hamisha barhayot” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_seniki_meniki_bizniki_barchamizniki

🟢Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!

Qadrli Toshkent tumani aholisi, aziz yoshlar!

💫 Joriy yilning 16-aprel kuni “Konstitutsiya-seniki, meniki, bizniki, barchamizniki” shiori ostida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” mavzusidagi yoshlar festivali o’tkaziladi.

🌟Tadbir davomida sizlar uchun elimiz suygan san'atkorlar, xushovoz honandalar va estradamizning yorqin vakillari Farrux Komilov, Oybek va Nigora, "VIA Marokand" guruhi hamda Yorqinxo’ja Umarovlar jo’shqin, qaynoq va kutilgan qo’shiqlari bilan sahnamizda porlaydi.

🇺🇿Yoshlar Festivali munosabati bilan barcha yoshlarni tuman markazida joylashgan teleminora ostidagi jo’shqin va fayzli sahna oldiga chorlaymiz.

📍Demak barchangizni 16-aprel kuni soat 19:00 da bo’lib o’tadigan festivalda kutib qolamiz.

Keling, Yangi O’zbekiston Yoshlari Birlashaylik!

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

🔹 milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

🔹 milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

🔹 yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

🗓 2023-yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘langan holda raqamlashtiriladi.

👉Manba

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?

👉Batafsil

Telegram💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM