Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.17K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💫Yuksak g‘oyalarni mujassam etgan Navro‘z!

♻️Xalqimizning qadimiy bayrami o‘zida shukronalik, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik va bag‘rikenglik singari yuksak insoniy g‘oyalarni mujassam etgan Navro‘zi olam yurtimizning turli jabhalarida keng nishonlanmoqda.

📍Xususan, Toshkent tumanida ham bu bayram keng nishonlanib, bo‘lib o‘tayotgan sayillardan tumandoshlarimizning xabarlari bor.

🍀Kuni kecha tumandagi 31-umumtaʼlim maktabida ham Navro‘z ayyomi keng nishonlangan edi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

♻️Insonga eʼtibor unga yaratilgan sharoitdan boshlanadi

💫Avval xabar berganimizdek, bundan bir necha yil avval Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisiga xizmat qilib kelgan 169-sonli avtobus yo‘nalishi to‘xtab qolgan edi. NAVRO‘Z bayramiga ajoyib tuhfa sifatida qatnov yangidan ish boshladi.

⚜️ “SHAHRISTON” metrosi – “G‘ISHTKO‘PRIK” chegara posti-169-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushdi. Dastlab 5 km shahar hududini, so‘ngra 10 km masofani viloyat hududida bosib o‘tuvchi ushbu yo‘nalishda “8-avtobus saroyi” filiali transportlari qatnay boshladi.

Darhaqiqat, bu juda ko‘pchilik yurtdoshlarimizning ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda avtobus yo‘q. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga, xususan Toshkent tumanidan Yunusobod tumaniga o‘qishga, ishga, bozorga, yoki biror bir yumush bilan yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimiz “Damas”larda, qimmat narxlarda kelib-ketishardi. Endilikda 1400 so‘m yo‘lkira barchaning joniga oro kiradigan bo‘ldi.

Bundan-da muhimi, yo‘lovchilar istalgan vaqtda yo‘nalish xizmatidan foydalanishadi. Erta tong soat 05:30 dan boshlab kech soat 22:30 ga qadar transportlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

📍 Shahriston metro bekatidan boshlab “Yunusobod bozori”, “Uch Qahramon” nazorat posti, Toshkent tumanining bir qator - “Shodlik”, “Guliston”, “ Parvoz” MFYlari, shuningdek, Shreder bog‘i va bir qancha hududlardan o‘tuvchi avtobus har 10-15 daqiqa oraliqda harakatni amalga oshiradi.

“Isuzi” rusumli, 24 o‘rindiqli, o‘rta hajmdagi avtobus qulaylik tomonlari bilan ham yoshu-kattaga birdek manzur bo‘la oladi. Chunki ushbu yo‘nalish xizmatidan foydalangan yurtdoshlarimiz uchun oylik yo‘l chiptalari, o‘quvchilar uchun chiptalar, elektron xizmatlar, barcha-barchasi uchun imkoniyat bor...

🟢Haydovchilarimiz va yo‘lovchilarimizga oq yo‘l tilaymiz!

Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

O'zbekiston yoshlar mamlakati.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga tegishli juda ham ko’p normalar belgilangan.  Har bir norma yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shu sababli, Yoshlar parlamenti a‘zolari, xususan, Men o'z taqdirimga, kelajagimga va Konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasman. Sizni ham befarq bo'lmaslikka, Referendumda o’z ovozingizni berishga chorlab qolaman.

@Nodirbek_Murodov
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi:

23.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 01:07 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo'yicha 20:07 da) Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km.
Farg'ona viloyatida 5 ball, 192 km.
Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km.
Toshkent shahrida 5 ball, 217 km.
Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km.
Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km.
Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km.
Surxandaryo viloyatida 4 ball, 335 km.
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km.
Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km.
Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.

-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает:

23.03.2023 года, по Ташкентскому времени в 01:07 (22.03.2023 года, 20:07 по Гринвичу) в Таджикистане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 39,39 градусов северной широты; 69,93 градусов восточной долготы. Магнитуда М=6. Глубина 15 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 217 км в юго-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
Сырдарьинская область: 5 балла, 157 км.
Ферганская область: 5 балла, 192 км.
Джизакская область: 5 балла, 198 км.
Ташкент: 5 балла, 217 км.
Наманганская область: 4-5 балла, 232 км.
Самаркандская область: 4-5 балла, 256 км.
Андижанская область: 4-5 балла, 257 км.
Сурхандарьинская область: 4 балла, 335 км.
Кашкадарьинская область: 4 балла, 363 км.
Навоийская область: 4 балла, 398 км.
Бухарская область: 4 балла, 474 км.

-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
Manba
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi:

23.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 01:36 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo'yicha 20:36 da) Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 39,38 gradus shimoliy kenglik; 69,8 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubiy-sharqda.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает:

23.03.2023 года, по Ташкентскому времени в 01:36 (22.03.2023 года, 20:36 по Гринвичу) в Таджикистане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 39,38 градусов северной широты; 69,8 градусов восточной долготы. Магнитуда М=3,9. Глубина 15 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 215 км в юго-восточном направлении.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
👉Manba
#Bilasizmi

🔰 Qoida tariqasi, bog'chada oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o'rganish bo'yicha brakeraj komissiyasi tashkil etiladi.

📝 Mazkur komissiya oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy o'rganib boradi. O'rganish natijalari alohida yuritiladigan brakeraj daftarlarida qayd etiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi bo'lib, quyidagilar komissiya a'zolari hisoblanadi:

▫️tarbiyachi;
▫️oshpaz;
▫️tashkilot kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi;
▫️tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar vakillari.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi kubogi ishtirokchilari ta’limga, iqtisodiyotga, ekologiyaga, siyosatga befarq emasliklarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 43 ta jamoa hamda 300 nafardan oshiq bilimdonlar ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 67 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 126 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 127 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 22 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 247 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 52 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 45 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 102 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 358 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 94 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 158 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 78 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 16 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 57 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 85 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 198 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 4 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 36 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 8 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 8 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам увеличения заготовки продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда айрим туманлар уларга озиқ-овқат учун 70 минг гектар қўшимча майдон берилганига қарамасдан асосий озиқ-овқат маҳсулотлари билан ўзини ўзи таъминлай олмаётгани танқид қилинди.

Ҳокимлар мавжуд озиқ-овқат майдонларини кенгайтириш, янги лойиҳаларни амалга оширишда ташаббус кўрсатмаётгани қайд этилди.

Шу муносабат билан ҳамда аҳоли дастурхонининг тўкин-сочинлигини ўйлаб, йил охиригача озиқ-овқат маҳсулотлари бўйича импорт божларидан имтиёз берилиши таъкидланди.

Бундан ташқари, 1 майдан ижтимоий реестрга кирган аҳолига мол, қўй ва парранда гўшти, тухум ва ўсимлик ёғи харид қилса, қўшилган қиймат солиғи қайтарилади. Бу орқали 2 миллиондан ортиқ оилага енгиллик яратилади.

Facebook|Instagram|Twitter
#Ogohlik

♻️Toshkent tumani suv ta'minoti bo'limida ogohlik tadbiri bo'lib o'tdi

🔷 Toshkent tumani suv ta'minoti bo'limida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining tuman vakili O. Sadikov, jome masjidi imom-xatibi, ishchi guruh a'zosi T. Djo'raevlar o'z ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nogironligi boʻlgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qatʼiy nazar tayinlanadi

Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi

🔰 Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:

▫️nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga;
▫️oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
▫️davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaxsning qaramogʻidagi oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolariga;
▫️davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga.

Shunga koʻra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

🔹 nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
🔹 parvarishlash nafaqasi;
🔹 nogironlik nafaqasi;
🔹 boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
🔹 yoshga doir nafaqa.

📄 Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

📝 Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝 DXM maʼlumot olingandan soʻng 5 daqiqa ichida:

nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

🔘 Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga koʻra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan bank filiali orqali toʻlanadi.

🗓 Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay toʻlanadi.

➡️ Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda, nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa toʻlash avvalgi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

#Ogohlantirish

🆘 Toshkent tumanidagi ayrim mahallalar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda

📢 Toshkent shahri Olmazor tumani Sag'bon podstansiyasidan chiquvchi yuqori kuchlanishli 35/10 kV L-quvvatli havo tarmog'i shikastlanganligi sababli Toshkent tumanining Ko'ksaroy va Qizg'aldoq hududlaridagi aksariyat mahallalarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

‼️ Ayni damda avariyani bartaraf etish va elektr ta'minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

🆘 Toshkent tumani Qizg'aldoq mahallasida gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

‼️Toshkent tumani Qizg'aldoq mahallasi Olmazor ko'chasida joylashgan past bosimli yer usti D-100mm gaz quvurini ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qizg'aldoq mahallasi Olmazor ko'chasidagi 140 ta aholi xonadonlari, 5 ta ulgurji tashkilot, 1 ta ijtimoiy soha ob'ekti, A. Navoiy mahallasi Zebiniso ko'chasidagi 120 ta aholi xonadonlari, 1ta ulgurji tashkilotga ❗️2023-yil 24-mart soat 13:00dan-17:00gacha❗️ tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to'xtatilishi haqida ogohlantiramiz.

🔴 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

“Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Muammo aslida nimada?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani Hasanboy mahallasida yashovchi fuqaro adolatsizliklar ortidan Prezident va Toshkent viloyati hokimiga murojaat qilayotganligi yuzasidan videoxabar tarqalgan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-son qaroriga asosan Toshkent tumani Hasanboy mahallasi hududida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan edi.

Murojaatda ko‘rsatilgan ko‘cha Toshkent tumani Hasanboy mahallasi Bog‘izilol ko‘chasi bo‘lib, "Yo‘l-loyiha byurosi" MCHJ tomonidan loyihalash ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ko‘chaning uzunligi 94 metr bo‘lib shundan 45 metr qismi avval taʼmirlangan yaroqli asfalt bo‘lganligi sababli loyihaga kiritilmagan.

Biroq, Bog‘izilol ko‘chasidan suv tarmog‘i o‘tkazilgan vaqtda yuqorida keltirilgan 45 metr yaroqli asfalt qoplamasiga zarar yetkazilgan va ushbu holat fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Hozirgi kunda, Toshkent tumani Hasanboy mahallasi hududida joriy taʼmirlash ishlari yakunlanmaganligi hamda Bog‘izilol ko‘chasida yashovchi fuqarolarning murojaatlarini inobatga olgan holda loyihada ko‘rsatilmagan 45 metr ko'cha yuzasidan buyurtmachi bilan kelishilgan holda loyihaga o‘zgartirish kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi Toshkent tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi belgilanganligini maʼlum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik

♻️Ko‘chalar obodligi - yurt farvonligidir

Toshkent tumanidagi Rahbarobod mahallasi 2-sektor hududida qarashli bo‘lib, ichki ko‘chalarni taʼmirlash bo‘yicha sektor shtabiga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

👍Hozirgi kunda esa Rahbarobod mahallasining Ilg‘or va Naqqosh ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Bu albatta, aholining kayfiyatini ko‘tarib, qo‘llarini duoga ochishlariga sabab bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM