Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

♻️Har bir murojaat ortida inson qadri mujassam

Toshkent tumani hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov kecha ham ish kunining birinchi yarmida sektor shtabida bo’lib, u yerda murojaat bilan kelgan bir guruh fuqarolarni qabul qildi.

Seshanba kuni bo'lib o'tgan sayyor qabulda bir qator tashkilotlar masʼullari ishtirokida 20 nafardan ziyod fuqaroning kommunal xo'jaligi, uy-joy, sog'liqni saqlash, moddiy yordam va boshqa masalalardagi muammolarini bartaraf etish yo'llari izlandi.

Har bir murojaat qabul bayonnomasida qayd etilib, masalalar yechimi uchun mas'ullar belgilandi.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🔥Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi bo'shlig'i Faxriddin Soatov Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 1 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar o'tkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan axborot berdi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌱Har bir yoshga bir nihol

🌳Toshkent tumani Хalq ta’limi bo'limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Maktablar hududini ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish maqsadida “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasiga start berilgan.

🍀Tuman hokimligi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.O‘tkirov tashabbusi bilan boshlangan mazkur sa’y-harakatlarda maktab rahbarlari, maktab o‘quvchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqdalar. Shu kungacha, Toshkent tumani xalq ta’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida 10 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasi davom etadi.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

🟢Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent tuman bo‘limi boshlig‘i Dilshod Muhiddinovning tuman aholisiga murojaati

❇️Mamlakatimizda istiqlol uzviyligi va davomiyligini taʼminlash maqsadida Prezidentimiz tomonlaridan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida belgilab berilgan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida Respublikamizda davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf yaʼni korrupsiya xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

🟢O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralar aro elektron maʼlumot almashuv asosida pensiya tayinlash tizimiga o‘tish orqali endilikda pensiya tayinlashda fuqarolar emas balki hujjatlar harakatlanadigan tizim joriy qilish hamda inson omilini keskin qisqartirish natijasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

Bugungi kunda pensiyalarni tayinlash, qayta hisoblash, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasini va moddiy yordam pullarini tayinlash hamda to‘lovlarini amalga oshirish hech qanday to‘lovlarsiz amalga oshirilishini eslatib o‘taman.

Agar Pensiya jamg‘armasi Toshkent tumani bo‘limi xodimlari faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq g‘ayriqonuniy xatti-harakatni kuzatsangiz bu haqda zudlik bilan Pensiya jamg‘armasining (71) 202-11-40 Toshkent viloyati Pensiya jamg‘armasining (95) 340-40-18 raqamli “Ishonch telefoni”ga hamda Toshkent tumani Pensiya jamg‘armasining (98) 304-54-94 raqamli telefoniga maʼlum qilishingizni so‘raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🔥Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida

🟢Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 1 mart kunidan 1 aprel kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

❇️Ushbu oylikni o‘tkazishdan asosiy maqsad, aholiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi bo‘yicha tushunchalar berishdan iborat.

♻️Shu munosabat bilan oylikni o‘tkazilishi bo‘yicha tuman hokimining joriy yil 1 mart kunidagi 4-son buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga asosan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvlarda “Aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanish”, “Botulizm hamda quturish kasalliklari”, “Sel oqimlari xavfi yuzaga kelganda va sel kelganda harakat qilish qoidalari”, “Favqulodda vaziyatlar yoki yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish” mavzularida mahalla aholisi, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari hamda tibbiyot muassasasi ishchi xodimlari ishtirokida profilaktik davra suhbatlari o‘tkazilib, xavfsizlikni targ‘ib etuvchi eslatmalar tarqatilmoqda.

Profilaktik tadbir jarayonida daxldor bo‘lgan mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishiga erishilmoqda.

Shu o‘rinda, aytib o‘tish joizki Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari fuqarolardan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish fuqaro muhofazasi oyligi”da faol ishtirok etishlarini va xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Анқара шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Анкару.

#Mirziyoyev #sammit #TDT

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Viktorina

Bilim yoki shirinlik?

Toshkent tumani Axborot kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Bilim yoki shirinlik" xeshtegi ostida tuman aholisi hamda tashkilotlar o'rtasida viktorina savol- javobi o'tkazildi. Savollarga to'g'ri javob bergan g'oliblarga kitoblar sovg'a qilindi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

♻️3-sektor hududida sumalak sayli

🌱Toshkent tumani 3-sektor hududida joylashgan mahallalarida faoliyat yurituvchi beshlik-mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori boshchiligida Keles Madaniyat markazi oldida sumalak sayli o'tkazildi.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM