Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

💠Bolajonlar tarbiyasi ishonchli qoʻllarda

🌼Bugungi kunda jamiyatimizdagi mavjud muammoni, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul.

🌹Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyishdan boshlanadi. Oiladagi oʻgʻil-qizlarimizning qanday insonlar boʻlib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bogʻliq.

💐Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barakot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʻtabar onalarimiz, munis opa - singillarimizdir.

🌸Oqila, goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Onani eʼzozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat. Ayollarni qancha ulugʻlasak, hayotimizning chirogʻi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz.

🟢Shunday ekan, yana bir tabrik uchun soʻzni maktabgacha taʼlim sohasiga umrini baxshida qilgan Feruza Qodirovaga berdik.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yubiley

🟢100 yoshni qarshilagan kayvoni onaxon

💫Ayol deganda koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson hayot siri-asrorlari va saboqlarini, yaxshilik va ezguliklarni ana shu ulugʻ zotdan oʻrganadi. Ayollar azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol qalbi bahor gullariday nozik, quyoshning taftiday iliq.

💐Ana shu buzilmas qonuniyatlarni inobatga olgan holda bugun, 8-mart-Xalqaro-xotin qizlar kunida 100 yoshni qarshilagan Halima aya Rahmatullayevaning shukrona kunlari keng nishonlandi.

Toshkent tumani hokimning topshirigʻiga asosan tuman hokimligi vakillari, hokimning oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Qoraboyeva boshchiligida Halima aya xonadonida boʻlib, ularni tugʻilgan kunlari bilan tabrikladilar hamda eʼtibor va eʼzozda ekanliklarini bildirib, esdalik sovgʻalarini hadya qildilar.

Halima Rahmatullayeva 3 oʻgʻil 3 qizning mehribon onasi, 20dan ortiq nabira 30 dan ortiq chevaralarning sevimli buvijonisidir.

💐Hurmatli ayollar! Barchangizga Halima aya singari 100 yoshga kirib farzandlar qurshovida umrguzaronlik qilish nasib qilsin!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Hurmatli opa-singillar, moʻtabar onaxonlar! Ustozlar va safdoshlar!

Toshkent viloyati hokimligi jamoasi barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt #Iqtibos

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning xotin-qizlarga bayram tabrigidan iqtiboslar:

Taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlarning 21 nafari fan doktori, 47 nafar falsafa doktori, 24 nafari professor, 43 nafari dotsent ilmiy unvonlariga ega.

Siyosiy jarayonlarda faol boʻlgan ayollarimizdan 6 nafari Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, 1 nafari Senator, 160 nafari Mahalliy Kengashlarning deputatlari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

Hozirgacha taʼsis etilgan davlat mukofotlari bilan viloyatimizdan 345 nafar ayollar taqdirlangan.

Siyosiy partiyalardagi ayollar ulushi 75948 nafar (50,5 foiz)ni tashkil etadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#OAV_nigohida

📢Toshkent tumani hokimligi tomonidan tashkil qilingan "Ayol borki, olam munavvar" mavzusidagi bayram tadbiri "Nurafshon TV" telekanalining "Nurafshon xabarlari" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli

🌱Sumalak sayillari davom etmoqda

💫Toshkent tumani 4-sektor hududidagi Beruniy mahallasida "Navro‘z" ayyomi oldidan sumalak sayli tashkil qilindi.

🟢Beruniy mahallasi "Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida ishlar yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan mahallalardan. Bu yerda 2321 nafar aholi 507 ta xonadon mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 200 dan ortiq xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Aholidan tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.

Shu bilan birga 7 ta bosh va 11 ta berk ko‘chalari mavjud bo‘lgan ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida sumalak sayillari tashkil qilinib yoshlarga urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni singdirish hamda kelajakka bo‘lgan umidlarini yanada oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom etmoqda.

📹Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Ehtirom

💫Sanoat mahallasi ayollariga ehtirom ko'rsatildi

🌺Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda. Jamiyatning madaniyat darajasi, maʼnaviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi.

🌟Bugungi ayyom munosabati bilan Sanoat mahalla yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahalladagi har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, ibratli onaxonlaru, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan oilalarning farzandlari yo‘qlandi.

♻️Donolar aytganidek, dunyoda ayol mehrining bahosini o‘lchaydigan mezon, tenglashtiradigan boylik yo‘q. Bu ayol degan ulug‘ xilqatda nozik taʼb, buyuk qalb, nazokatli ko‘ngil, betakror fidoyilik, ona jasorati mujassamligi natijasidir.

Mana shunday fazilatlar egasi bo‘lgan mahallamiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan taʼkidlab o‘tishimiz joiz.

📹Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo‘ladi:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.

📲@Nurafshon_Uz

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik
#1_sektor

Eʼzoz mahallasida aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda

Ayni damda Toshkent tumani 1-sektor hududidagi Eʼzoz mahallasida toza ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar mahallada 800 pagonmetr transheya qazilgan, 600 metr quvur yotqizilgan va 1ta quduq o‘rnatilgan

📸Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Айни пайтда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Жаҳон банкининг Европа ва Марказий Осиё минтақаси бўйича вице-президенти Анна Бьердени қабул қилмоқда.

Кун тартибидаги масалалар - камбағалликка қарши курашиш, энергетика тармоғини трансформация қилиш, давлат корхоналарини хусусийлаштириш соҳаларида амалий ҳамкорликни кенгайтириш, ижтимоий дастурларни қўллаб-қувватлаш ва ҳоказо.

Таъкидлаш жоизки, Жаҳон банки иштирокидаги амалдаги лойиҳалар портфели кейинги бир неча йилда 2 баробар кўпайган. Умуман, банкнинг Ўзбекистонга инвестициялари ҳажми 10 миллиард долларга етган.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев в эти минуты принимает вице-президента Всемирного банка по региону Европы и Центральной Азии Анну Бьерде.

В повестке дня - вопросы расширения практического сотрудничества в области борьбы с бедностью, трансформации энергетического сектора, приватизации госпредприятий, поддержки социальных программ и другие.

Следует отметить, что портфель активных проектов с участием Всемирного банка увеличился в последние несколько лет в 2 раза. В целом, объемы инвестиций банка в Узбекистан достигли 10 миллиардов долларов.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#3_sektor

🟢Aholining ko‘p yillik orzulari ushalmoqda

♻️Toshkent tumani Sag‘bon mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-son qaroriga asosan 3 ming 500 metr, yaʼni 3 yarim kilometr ichki ko‘chalar asfaltlashtirilmoqda.

Bundan albatta aholi mamnun, ko‘chalari obod bo‘layotgan mahalla fuqarolari o‘z minnatdorliklarini izhor qilishmoqda.

📹Jarayon yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning voyaga yetmagan (qaramog'ida I guruh nogironligi bo'lgan farzandlarining yoshidan qat'i nazar) farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag' zarur bo'lgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari to'lab beriladi.

Bunda dori-darmon olib berish uchun BHMning 20 baravarigacha (6 mln so'mgacha) hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun BHMning 100 baravarigacha (30 mln so'mgacha) miqdordagi xarajatlar “Ayollar daftari” jamg'armasi hisobidan to'lab beriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM