Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.28K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров музокаралардан сўнг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун брифинг ўтказдилар.

Президенты Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Кыргызстана Садыр Жапаров после переговоров провели брифинг для представителей средств массовой информации.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #brifing

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Ochiq_muloqot

Tuman hokimi Ko‘hinur mahallasida bo‘ldi

Bugun Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Mirislom Usmonov bilan birgalikda tumandagi "Ko‘hinur" mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Aholi murojaatlari, talab va takliflarini tinglash uchun borgan mutasaddilar fuqarolar bilan suhbat jarayonida ularni qiynayotgan masalalarga oydinlik kiritdilar va yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdilar.

🎚️ Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫Ko‘rinmas qahramonlar

⛅️Qishning achchiq sovuqlari ortda qolganday biroz. Biroq, yo‘llarda, ayniqsa trotuarlarda hali hamon yaxmalaklar ish bilan ko‘chaga chiqqan odamlarning yurishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

🌖Bugun, erta tongdan Toshkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ko‘chalarni ana shu yaxmalakdan tozalash uchun yig‘ilganlar.

Ularning orasida onamiz tengi ayollar opa-singillarimiz, aka-ukalarimiz ham bor.

📎Bu ko‘rinmas qahramonlar sovuq bo‘lishiga qaramasdan o‘z vazifalarini sidqidildan bajarayaptilar.

‼️Shu insonlarga minnatdorchilik bildirgan holda, tumanimiz fuqarolaridan ham o‘zlari yashaydigan xonadon atroflarini yaxmalaklardan tozalab, ozgina bo‘lsa-da Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga yordam qo‘lini cho‘zishlarini so‘rab qolamiz.

🎚️ Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Ziyodbek Yoʻldoshev,
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi:


2023-yilda hokim yordamchilari koʻmagi bilan 250 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 35 mingga yaqin loyihalar uchun jami 850 milliard soʻmlik pul kreditlari ajratilish rejalashtirilgan.

13 ta mikromarkaz tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Tuhmat,
ya'ni bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln so'mdan 18 mln so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, 60 mln so'mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️60 mln so'mdan 120 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat:

og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;
og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan holda;
xavfli residivist tomonidan;
g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

▫️90 mln so'mdan 150 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️
360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚫 Ommaviy axborot vositalaridan jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo'ladigan harakatlarni sodir etish uchun foydalanilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jurnalistlar shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart hamda o'z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❇️❇️Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti qanchaga o‘sdi?

⚡️2022 yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 93 433,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 5,1 % ga o‘sdi. YaHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 22,1 %, sanoat 47,9 %, qurilish 5,8 % va xizmatlar sohasi 24,2 % ni tashkil etdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM