Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Daydjest
#kun_mavzusi

Tuman va shahar hokimlarining bugungi kun tartibiga bir nazar

Havoning keskin sovib ketishi bilan hudud rahbarlarining vazifasi ikki karra ortadi. Kundalik vazifalardan tashqari, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, mavsum bilan bogʻliq kutilmagan masalalarga tezkor yechim topish rahbarlar kun tartibidan asosiy oʻrin egallaydi.

Quyidagi qisqa satrlarda shu haqda:

🔺Ohangaron tumani. Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Ohangaron tumani Fuqaro muhofazasi boshligʻi, tuman hokimi Abdurasul Abdullayev raisligida mahalla raislari uchun tezkor yigʻilish chaqirildi.

🔺Chirchiq shahri. “Yubileynaya” qozonxonasida yuzaga kelgan avariya holatini tezkor bartaraf etish maqsadida Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Barhayot Meliyev bilan birgalikda avariya sodir boʻlgan joyda nazorat olib bordi.

🔺Bekobod tumani. Tuman hokimi Furqat Xudoyberdiyev Xalq qabulxonasi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda fuqarolar bilan bevosita ochiq-muloqot oʻtkazdi.

🔺Toshkent tumani. Ob-havoning keskin pasayib ketishi natijasida yuzaga kelgan murojaatlarni oʻrganish va aholi bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov “Qoraboʻrik” mahallasida boʻldi.

🔺Bekobod shahar hokimligida shahar hokimi N. Babayev raisligida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektroenergiya, ichimlik suvi hamda tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Konstitutsiyaga_30_yil

🔰 Fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.

❗️Har bir saylovchi bir ovozga ega.

Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

📝 Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

🗒 18 yoshga to‘lgan fuqarolar saylash huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 117-modda.

👉Manba

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Jarayon

🔥 Yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda


📌 Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha yurtimiz bo’ylab, xususan Toshkent tumani hududida “Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tkazilmoqda.

♻️ Oylik doirasida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti tinglovchi va kursantlari bilan yong'in xavfsizligi oyligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tafsilotlar yuqoridagi fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

💫O‘zini o‘zi band qilgan ayol

♻️Toshkent tumanidagi Gultepa mahallasida yashaydigan Gulchehra Qirg‘izboyeva 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan ayollardan.

Kuni kecha Toshkent tumani hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Lola Qoraboyeva ayolga zamonaviy noutbuk bilan rangli printer sovg‘a qildi.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#eʼtirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etilgan edi.

Bugun Nurafshon shahrida Bosh Qomusimiz bayrami arafasida viloyatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh deputatlar, tadbirkorlar, eksportyorlar, taʼlim, tibbiyot sohasi vakillari, jurnalist, blogerlar hamda mehnat faxriylari mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tantanali topshirdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sayyor_uchrashuv

Tuman hokimi Zargar mahallasi faollari bilan uchrashdi

🌧 Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida, gaz bosimi tushib ketishi oqibatida gaz taʼminoti pasayib ketgan Zargar mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

❇️ Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan bir nechta muammolar, shu jumladan, elektr ta'minotini yaxshilash, sovuq ob-havo sharoitida xonadonlarni alternativ usulda isitish, is gazidan ehtiyot bo'lish singari bir nechta masalalarga yechim izlandi.

📷 Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website