Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.66K subscribers
21.2K photos
4.78K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Seminar

💫 Hokim yordamchilari uchun yangicha ishlash tizimi joriy qilinmoqda

♻️Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yuqori natija va ilg‘or yutuqlarga erishgan mamlakatlarning tajribalariga asoslangan holda, ehtiyojmand aholiga hukumat va jamoatchilikning bevosita va bilvosita yordam ko‘rsatishi hokim yordamchilarining vazifasiga aylangan.

❇️Shu munosabat bilan joriy yilda kambag‘allikni qisqartirish uchun bevosita “yagona reyestr” dan yordam olayotganlar bilan ishlash hamda Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda seminarlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida aynan shu masala yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil

📷 Seminar jarayonlari yuqoridagi fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍2
#Jarayon

⚡️Favqulodda vaziyatlarni oldini olish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔥Unda yong‘in xavfsizligini taʼminlash hududiy komissiyasi faoliyatining samaradorligini oshirish hamda tuman hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

🔰Xususan, yig`ilishda kuz-qish mavsumida yong‘inlarning hamda is gazidan zaharlanishlarning oldini olish, bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

📷Jarayon yuqoridagi fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍4
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 Yaxshidan bog‘ qolar

♻️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumani 2-sektor hududidagi “Sirg‘ali” mahallasi raisi va hokim yordamchisi tomonidan “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan nogironligi bo‘lgan fuqaro xonadoni tomorqa er maydoniga gilos va bodom daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘ yaratildi.

🍒O‘ylaymizki ushbu xayrli tadbir ortidan fuqaro bandligi ta’minlanib, daromad olish manbaiga ega bo‘ladi

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍5
#Online

💫"Zakovat" yoshlarni birlashtirmoqda

♻️Ayni damda Toshkent tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida DXX chegara qo‘shinlari 9231-harbiy qism "G‘ishtko‘prik" bo‘linmasi bilan hamkorlikda 2-sektor hududidagi 5,23,26,28,29-umumiy o‘rta ta'lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazilmoqda.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍2