Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.66K subscribers
21.2K photos
4.78K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Eʼlon

❗️BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA!

 
🟢Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi toʻgʻrisida”gi qonunining 13-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etishi yoʻlga qoʻyilgan.

Bunga koʻra, ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish va boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʻra «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etilishi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida"gi maʼlumotlar boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasiga kiritilishi belgilangan.

♻️Shuningdek, qonun talablari asosida ish beruvchilar korxonasidagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalliy mehnat organiga taqdim etishi lozim boʻladi.

❗️Aks holda, yuqoridagi qonun talablarini bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasiga koʻra, maʼmuriy  jarima solinishiga sabab boʻladi.

Shu sababdan, Hurmatli Toshkent tumani hududida faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar, aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar. (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-modda)

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-yanvardagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi PQ- 31 – son qaroriga asosan 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, boʻyi 1.65 smdan baland, vazni 55 kgdan ortiq, chaqiruv yoshdagi fuqarolar MUDDATLI HARBIY XIZMAT va SCHR (1 oylik) xizmatiga yuborilish uchun 15 -fevraldan boshlab (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soat 9:00dan 17:00gacha Toshkent tumani Mudofaa Ishlari boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.

TOSHKENT TUMANI MUDOFAA ISHLARI BOʻLIMI‼️

Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, oʻz oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir.

MANZIL: Keles shahri Furqat koʻchasi 2-proyezd.

Murojaat uchun telefonlar: 94-189-30-06 99-864-22-69

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
#EʼLON

💫Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari!

Sizga mamnuniyat bilan shuni maʼlum qilamizki, joriy yil 19-fevral kuni soat 12:00da Toshkent tumani markazidagi Madaniyat saroyida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlinmasining "Orzuim-baxtim sanʼatim"nomli konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

Konsertda estradamizning yorqin yulduzlari Hojiakbar Haydarov ,Bahriddin Zuhriddinov,Xurshid Turdiyev, Avazbek Usmonov, Dilshodbek Yunusov, Mushtaribonu Qodirova, Ergash Hojiyev, Shoxijahon Azimov, Suxrob Jumaniyozovlar ishtirok etishadi.

Shu munosabat bilan madaniy hordiq olish niyatida boʻlgan tuman fuqarolarini 19-fevral kuni soat 12:00da boʻlib oʻtadigan konsert dasturiga taklif qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EʼLON

Aziz oʻquvchilar! Boʻsh vaqtingizni mazmunli va unumli oʻtkazish uchun sizlarga Toshkent tumanidagi "Gulzor" Madaniyat markazi turli xil toʻgaraklarni taklif etadi:👇

💃 Milliy raqs
🎬 Teatr aktyorligi
👯 Badiiy gimnastika
🧑‍🦰 Ayollar fitnes klubi
🎭 Qoʻgʻirchoq teatri
🎙 Sahna nutqi
📚 Ingliz va rus tili

Barcha toʻgaraklar Oliy maʼlumotli va albatta mahoratli mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Boʻsh vaqtingizni biz bilan unumli oʻtkazing!

☎️Murojaat uchun: (97)703-87-91
📍Manzil: Toshkent tumani 71-sonli Gulzor Madaniyat markazi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2👍1
#Eʼlon

🌸Aziz yurtdoshlar!
💫Qadrli tumanimiz aholisi va mehmonlari!

💐Sizlarni 18-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent tumani Markaziy sayilgohda boʻlib oʻtadigan katta Navroʻz sayliga chorlaymiz!

🌱Yurtimiz boʻylab yasharish va yangilanish, tinchlik va ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi Navroʻzi- olam shukuhi kezmoqda.

🌺Har yili xalqimizning asl milliy bayrami boʻlgan Navroʻz sayliga katta tayyorgarlik koʻrish anʼanaga aylangan. Bu yilgi bayram tantanalari har qachongidan ham oʻzgacha koʻngilochar dasturlarga boy boʻlishi kutilmoqda.

🌼"Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida o'tkaziladigan Navroʻz sayli davomida el suygan sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi, sport musobaqalari, musiqa va sanʼat olami vakillarining ijod namunalarini namoyish etish koʻzda tutilgan.

🟢Barchangizni sayilda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🌸Aziz yurtdoshlar!
💫Qadrli tumanimiz aholisi va mehmonlari!

💐Xabaringiz bor, ertaga 18-mart kuni "Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida o'tkaziladigan Navroʻz sayli davomida el suygan sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi, sport musobaqalari, musiqa va sanʼat olami vakillarining ijod namunalarini namoyish etish koʻzda tutilgan.

🌺Har yili xalqimizning asl milliy bayrami boʻlgan Navroʻz sayliga katta tayyorgarlik koʻrish anʼanaga aylangan. Bu yilgi bayram tantanalari har qachongidan ham oʻzgacha koʻngilochar dasturlarga boy boʻlishi kutilmoqda.

🌼"Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida o'tkaziladigan Navroʻz sayli davomida el suygan sanʼatkorlar Oybek va Nigora hamda Afruza ishtirokidagi konsert dastur namoyishini tomosha qilishingiz mumkin.

🟢Barchangizni 18-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkent tumani Markaziy sayilgohda Navroʻz saylida kutamiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

#Diqqat_eʼlon


🇺🇿 Toshkent viloyati IIBB 4-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Kinologiya xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalariga tayyorlash bo‘yicha pulli xizmatlarini taklif etadi.

💠 Hurmatli fuqarolar, endilikda naslchilik pitomnigida parvarishlangan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan itlarni sotib olishingiz ham mumkin.

🦮 Agarda sizga tajribali mutaxassislar tomonidan parvarishlangan, ko‘plab jinoyatlarni fosh etilishida o‘z hissasini qo‘shgan xizmat itlariga ehtiyoj bo‘lsa boshqarma kinologiya xizmatiga murojaat qiling!

Murojaat uchun telefonlar:
📞 +998977317001
📞 +998977204041

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Diqqat
#Eʼlon

Tadbirkorlar uchun sayyor qabulga marhamat!

2025-yilning 10-aprel sanasida soat 15:00 da Toshkent tumanining Qorasaroy mahallasida joylashgan “Gulzor” Madaniyat markazi binosida Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi Jasur Fayzullaxoʻjayev va Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi Abdurasul Abduhalilov boshchiligida “Kichik va oʻrta biznes subʼektlarining mavjud muammo va takliflarini oʻrganish hamda loyihalarini amalga oshirishga amaliy yordam koʻrsatish” maqsadida, tadbirkorlar bilan uchrashuv-sayyor qabul oʻtkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yil 10-aprel kuni soat 15:00da “Gulzor” Madaniyat markazida loyihalarini amalga oshirishda muammo va takliflari mavjud tadbirkorlarni kutib qolamiz.

📍Lokatsiya

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Websitee
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Eʼlon

🎶“Maqom ansamblining” konsertiga marhamat!

Joriy yil 9-aprel sanasida Toshkent tumani Qorasaroy mahallasida joylashgan “Gulzor” Madaniyat markazida Toshkent viloyati maqom ansamblining jonli ijrodagi konsert dasturi namoyishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📍Shu munosabat bilan jonli ijro va musiqa sanʼati shinavandalarini bugun, soat 14:30 ga “Gulzor” Madaniyat markaziga taklif qilamiz.

💫Konsert bepul namoyish qilinadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1👌1
#Diqqat
#Eʼlon

Tadbirkorlar uchun sayyor qabulga marhamat!

2025-yilning 10-aprel sanasi soat 15:00 da Toshkent tumanining Qorasaroy mahallasida joylashgan “Gulzor” Madaniyat markazi binosida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi Jasur Fayzullaxoʻjayev va Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi Abdurasul Abduhalilov boshchiligida “Kichik va oʻrta biznes subʼektlarining mavjud muammo va takliflarini oʻrganish hamda loyihalarini amalga oshirishga amaliy yordam koʻrsatish” maqsadida, tadbirkorlar bilan uchrashuv-sayyor qabul oʻtkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yil 10-aprel kuni soat 15:00da “Gulzor” Madaniyat markazida loyihalarini amalga oshirishda muammo va takliflari mavjud tadbirkorlarni kutib qolamiz.

📍Lokatsiya

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1