Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Profilaktik_tadbirlar

⚡️ Toshkent tumanidagi yirik savdo majmualarida yong‘in-qutqaruv amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

🚒 Tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan “Toshkent tumangaz” gaz ta’minoti bo’limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yong‘inlar hamda fuqarolarning is gazidan zaharlanishining oldini olish borasida muntazam profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

♻️ Jumladan, kecha va bugun Toshkent viloyati hokimining joriy yil 2-noyabrdagi “Toshkent viloyati hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bozor va savdo komplekslarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarni oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishiga muvofiq, Toshkent tumanidagi “Uch Qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasi”, “Kimyo savdo uyi” hamda “Korzinka” savdo majmualarida yong‘in-qutqaruv amaliy-taktik o‘quv-mashq va mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#3_sektor

🏘 Hech bir mahalla e’tibordan chetda emas

Bugun Toshkent tumani 3-sektor hududidagi Qirariq mahallasida joylashgan Xotira ko’chasining 800 metr qismi asfaltlashtirildi.

🔹 Aholi xursandchiligiga sherik bo’lish maqsadida Toshkent tumani IIB boshlig’i – 3-sektor rahbari Dilshod Mirzamamedov bir qancha ichki ishlar xodimlari bilan hasharda ishtirok etib, aholining ko’tarinki kayfiyatining guvohi bo’ldi.

🌳 Asfaltlashtirish ishlaridan mamnun bo’lgan fuqarolar tomonidan esa "Yashil makon" umummilliy aksiyasi doirasida mevali va manzarali daraxtlarni ekish va o’zlari istiqomat qiladigan ko’chalarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

📌 Qirariq mahallasida jami 3 ming 600 metr ichki ko’chalarni asfalt qilish rejalashtirilgan.

Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Etibor

Kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi

🔹 Toshkent tumani "Chig’atoy" mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Batafsil ushbu videorolikda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Dom”da yashaysizmi? Buni koʻrish siz uchun foydali!

😠
Telefonni koʻtarishni oʻrgatishmaganmi…

🙂 … Bizda 24/7 dispetcherlik xizmati mavjud

🩹 Sifat va natijani tanlang!

👉|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |

🌐 www.toshvil-jko.uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Ogohlantirish

⚡️ Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanidagi Hasanboy guzari mahallasi ayrim ko`chalarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

📌 Hasanboy guzari mahallasi Baxt ko`chasidagi aholi xonadonlari tabiiy gaz ta`minotini yaxshilash va yer usti D-57 mm o`rta bosimli gaz quvurini halqalash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Baxt, Sihatgoh ko`chalaridagi 130 ta aholi honadonlari, Bolalar sihatgohi, “Baxt” to`yxonasi va 2 ta ulgurji iste`molchilarga ertaga, 15-noyabr kuni soat 09-00dan 17-00ga qadar gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

“Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo’limi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Bilasizmi

📝 "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonunning 2-moddasiga asosan, davlat pensiyalarining 3 ta, ya’ni

1. Yoshga doir pensiya;
2. Nogironlik pensiya;
3. Boquvchisini yo’qotganlik pensiya turlari mavjud.

Qonunning 4-moddasiga muvofiq, davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

👉 Batafsil

Dilshod Muhiddinov,
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Toshkent tuman bo’limi boshlig’i.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo’yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Указом Президента Республики Узбекистан Русланбек Куролтайевич Давлетов назначен на должность советника Президента по вопросам общественно-политического развития и в связи с этим освобожден от должности министра юстиции Республики Узбекистан.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Guloboddagi muammolar bartaraf etilmoqda

📌 Joriy yil 11-noyabr sanasida “Renessans TV” telekanalining yangiliklar dasturida Toshkent tumani, Gulobod mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaat yuzasidan lavha efirga uzatilgan edi. Unda ushbu mahallada hovuz, ichimlik suvi, yo’l va nosoz simyog’ochlar muammosi borligi yoritilgan.

👉 Batafsil

♻️ Mavjud muammolarni o’rganish hamda ularni bartaraf etish choralari borasida batafsil ma’lumotga ega bo’lish maqsadida tasvirga olish guruhimiz bilan Gulobod mahallasida bo’lib, mahalla raisi hamda fermer xo’jaligi rahbari bilan suhbatlashdik.

Tafsilotlar ushbu lavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Onlayn

Zoyir Mirzayev Senat aʼzosi etib saylandi

Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda 643 nafar deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlarida ularning barchasi qatnashdi.

Qoʻshma majlisda deputatlarning 641 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi va Zoyir Mirzayev mutlaq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.

Qoʻshma yigʻilishda Z.Mirzayev soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman va shaharlari Kengashining qoʻshma majlisi shuning bilan oʻz ishini yakunladi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chaqiriq

⚡️ “Yong`in xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok etaylik!

📌 Toshkent tumani hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dеkabrigacha tuman hududida “Yong`in xavfsizligi oyligi” o’tkaziladi.

🔹 Hurmatli tumandoshlar!

Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida o`tkazilayotgan “Yong`in xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok eting va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. O‘zingiz, oilangiz va mol-mulkingizni yong‘indan asrang hamda is gazidan zaharlanishdan saqlaning!

☎️ Yong‘in xavfini sezganda yoki sodir bo‘lganda zudlik bilan Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi navbatchisiga 70 965-63-78, 101, 1050 raqamlari orqali xabar bering.

▪️ Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Infografika

🔹 Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kiritildi.

Ushbu huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olishga yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

👉 Kanalga ulanish