Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi maktabgacha ta`lim tashkilotlarida manzarali va mevali daraxt ko’chatlarini ekish va tevarak-atrofdagi daraxtlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Yashil_makon
#dolzarb_40_kun

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi: Toshkent tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazi hovlisida ham mevali daraxt ko’chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Yosh_kitobxon

📚Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovlari bo‘lib o‘tmoqda

⚡️O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tumani 20-umumta’lim maktabining 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

📌Ushbu tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning bilimini yuksaltirib, ilm-u tafakkuri orqali katta marralarni zabt etishlariga ulkan poydevor yaratishdir.

Tafsilotlar ushbu lavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
🔹 Qoraqalpog’istondagi maktablarda bepul tushlik tarqatilayotgani yuzasidan tekshiruv o’tkaziladi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
⚡️ “Zudlik bilan maktab tiklanmasa, hokimiyat binosi bo’shatiladi va bolalar shu binoda o’qishadi” – Umrzoqov Sho’rchida o’quvchilar uy maktabida ta’lim olayotganini keskin tanqid qildi

📌 1 noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov raisligida videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi va unda xalq ta’limi muammolari bir necha band bo’yicha jiddiy muhokama qilindi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya

Toshkent tumanida nogironligi bor va yolg‘iz qariyalar ko‘makchi moslamalar bilan taʼminlanmoqda

📌 Ayni vaqtda tumanda 23 ming 800 nafar pensioner va nogironligi bo`lgan fuqarolar istiqomat qilib kelmoqda. Ulardan 3 ming 200 nafari nogironlardir. Shuningdek, tumanda 52 nafar yakka yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi qariya va nogiron fuqarolar bor.

♻️ Joriy yil mobaynida Toshkent tumani tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan Prezidentimizning 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5217-son Qaroriga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, shu kunga qadar nogironligi bor va yolg‘iz qariyalarga 27 ta elektron yuritmali kreslo-kolyaska, 58 dona ovoz chiqaruvchi tonometr, 43 dona ovoz chiqaruvchi termometr hamda 52 ta aqlli soat tarqatildi.

Batafsil ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💫 Toshkent tumanida ayol va qizlar uchun 3 kunlik seminar-trening o‘tkazilmoqda

Tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash “NIHOL” markazi va USAID xalqaro tashkilotining moliyaviy ko‘magida joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida “Toshkent viloyatining (Qibray, Toshkent tumani, Olmaliq, Bekobod shahri) hududlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy holati og‘ir bo‘lgan va gender zo‘ravonlikka uchragan ayol va qizlarni iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha doirasida yuqorida ko‘rsatilgan har bir hududda ayol va qizlarni jalb qilgan holda oshpazlik, floristika, internet tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, kosmetologiya yo‘nalishlarida 3 kunlik seminar-trening va master-klasslar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

♻️ Ana shunday seminar-trening va master-klasslar Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi ayol va qizlar ishtirokida tashkil etildi.

Batafsil ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
⚡️ 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida «Yangi Nafas» ommaviy yugurish marafoni tashkil etiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yugurish musobaqalarini o‘tkazish uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1_KUB_GAZ_TEJANG

🔥 Siz ham isteʼmol qilinayotgan tabiiy gaz sarfini nazorat qilasizmi?

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Audio
#Dayjest

Chorshanba - Investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘
Statistika boshqarmasi. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar holati haqida.

🔘Ohangaron tumani. “Angren” erkin iqtisodiy zonasining Ohangaron tuman hududi “Aqcha” blokida joylashgan investitsiya loyihalariga kommunikatsiya tarmoqlarini yaratib berish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddilar tumanda faoliyatini yoʻlga qoʻygan “BowCo., LTD” (Janubiy Koreya) qoʻshma korxonasidagi sharoitlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdilar.

🔘Toshkent tumani. Tumanning “Oqibat” mahallasidagi kichik sanoat zonasidagi “EX-IM TRADE” MCHJ joriy yil yanvar oyida faoliyatini boshlagan va bugun 7 milliard soʻmlik investitsion majburiyatni bajarib, 40 ta yangi ish oʻrni yaratishga intilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Boʻka tumani Kengashi tomonidan Agrotexnologiyalar texnikumi hamda 2, 4-sonli umumtaʼlim maktablari koordinatorlari va sardorlari ishtirokida “Buka Richland International” korxonasiga sayohat uyushtirildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Abay mahallasidagi “Agro Anatoliya” issiqxonasi Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan boʻlib, bu yerda ayni paytda yetishtirilayotgan pomidorlar 100 foiz eksportga yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimligi masʼullari tomonidan “Navroʻz” mahallasidagi “PAKSHOO TASHKENT” xorijiy korxonasi faoliyati va muammolari oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

🔘Ohangaron shahri. Shahardagi “RUBBER TICHNICAL PRODUCTS” XK xodimlari uchun tashkilot tomonidan ijtimoiy himoya maqsadida qish zahirasi uchun 50 kg.dan kartoshka, 30 kg.dan piyoz mahsulotlari tarqatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
#Bilasizmi

📚 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

👉 kuzgi ta'til – 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
👉 qishki ta'til – 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
👉 bahorgi ta'til – 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
👉 yozgi ta'til – oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 1-sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Tanlov

📚 Toshkent tumani maktablarida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yosh kitobxon” tanlovi o`tkazildi

📖 Yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o`tkazilgan ushbu tanlovda tumandagi umumta`lim maktablarida tahsil olayotgan 3 ming 280 nafardan ziyod 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

📸 Jarayon fotosuratlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website