Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Shukuh

👩‍🏫 “O’qituvchilar – kelajak bunyodkorlari”

📌 Toshkent tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-oktyabr – "O’qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbiri ana shunday nomlandi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Xotin_qizlar_diqqatiga

🎗 “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tuman bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi

📌 Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi
tumanda istiqomat qiluvchi barcha xotin-qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ko’rik-tanlovining tuman bosqichida ishtirok etish uchun taklif etadi!

Mamlakatimizda xotin-qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim gʻoya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faol 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ko’rik-tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlanganligini e’lon qilamiz.

👉 Tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 10:00da Toshkent tuman markaziy Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yil 1 oktyabr kuniga qadar tuman Oila va xotin-qizlar bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar: 99 833-02-01, 97 433-90-06.

Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dayjest ⚡️Yo'lsozlik

🔘Toshkent viloyatida jami 14 ming 157 km avtomobil yoʻllari mavjud boʻlib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 3 ming 955 kmni, ichki xoʻjalik yoʻllari, shaharlar va qishloq aholi punktlari koʻchalari – 10 ming 202 kmni tashkil etadi. Shundan 5 ming 262 km qismi taʼmirtalab holatda.

🔘Viloyatda 2022-yilda 1173,8 mlrd. soʻm mablagʻ hisobidan 1063,8 km uzunlikda avtomobil yoʻllari va ichki koʻchalarni qayta qurish va taʼmirlash rejalashtirilgan.

🔘Toshkent tumani. “Mening yoʻlim” loyihasida gʻolib deb topilgan tashabbusga muvofiq "Bunyodkor" mahallasining Zarbuloq koʻchasiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Kushek" MFYdagi "Qumariq" qabristoniga kirish yoʻlida asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

🔘Qibray tumani. "Yangiyoʻl" mahallasi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumida eng koʻp ovoz yigʻdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ayni kunlarda tumanning chekka hududlari boʻlgan "Qoʻrsoy", "Qangli", "Buloqboshi" mahallalarining ichki koʻchalarida Andijon tajribasi asosida beton qorishmalari yotqizilmoqda.

🔘Bekobod tumani. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 23 ta qishloq va 3 ta mahalla tanlab olingan.

🔘Olmaliq shahri. Hududda barcha manbalar hisobidan 2022-yil yaunigacha 21.75 km ichki yoʻl taʼmirlanishi rejalashtirilgan.

🔘Piskent tumani. 2022-yilda "Kultepa" aholisi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumida ichki koʻchalarni taʼmirlash uchun 1 mlrd. soʻmlik, 2-mavsumida esa 1 mlrd. 200 mln. soʻmlik loyiha bilan gʻolib boʻlishdi.

🔘Bekobod shahri. 4-sektor hududiga qarashli Alisher Navoiy MFY Jaloliddin Manguberdi koʻchalarini zamonaviy va talab darajasida asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

🔘Boʻstonliq tumani. "Qoʻshqoʻrgʻon" mahallasidagi Sadaf, Jasorat, Qorasuv koʻchalarining jami 1960 metri shagʻallashtirildi.

🔘Chirchiq shahri. "Ishonch" mahallasi hududidagi ichki yoʻllar "Tashabbusli byudjet" loyihasiga asosan taʼmirlanmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KOʻRISH
#Bildirish

⚡️ “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Toshkent tumani bo’limi ogohlantiradi!

⚠️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan, Qibray tumani Taraqqiy MFY hududidan o’tgan D-219 mm bo’lgan temir quvur yaroqsiz holga kelganligi sababli yangi polietilen quvuriga almashtirilayotgani munosabati bilan, joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari kun davomida Toshkent tumanidagi “G’ishtko’prik”, “Sanoat”, “Mustaqillik”, “Qashqarlik”, “Ayriota” va “Quruvchi” mahallalari hududlarida suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

📌 Zarur hollarda maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi mumkin.

☎️ Dispetcherlik xizmati-24/7: Tel.: 95 145 01 99.

“Toshkent suv ta`minoti” MChJ Toshkent tuman bo`limi ta`mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda aholiga yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#Sessiya

🔹 Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashining navbatdagi ellik to’rtinchi sessiyasi to’g’risida

📌 Bugun Toshkent tumani hokimligida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi ellik to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

🔸 Unda Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

♻️ Sessiya ishida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir bir qator masalalar muhokama etildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tafsilot

Ta’lim fidoiysi bilan suhbat

💠 1-oktyabr – “O’qituvchi va murabbiylar”
kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ushbu qutlug’ ayyomda barcha, zahmatkash ustozlarga ko’nglida, yuragida bo’lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni bildiradi.

📌 Biz ham Toshkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabida bo’lib, bayram arafasida “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan maktab rahbari Gulchehra Egamberdiyeva bilan suhbatlashdik.

Batafsil ushbu videolavhamizda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hisobot

🔰 Toshkent tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Ixtiyor Xo’jayarovning hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

👉 Batafsil

🔹 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Toshkent tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari soliq sohasiga oid barcha savollaringizga javob berishga, bilmaganlaringizni o’rgatish va “Soliqchi – ko’makchi” tamoyili asosida Sizga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axboroti

So‘nggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha ayrim masalalarga oydinlik kiritish maqsadida murojaatlar ko‘payganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvchi, jumladan, ochiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.

O‘zbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun shartlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish tarafdoridir.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari sonining ko‘payishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning mamlakatimizda bo‘lish masalasi, shuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini qayd etamiz.

Shu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmaydi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter