TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
2.87K subscribers
12K photos
1.27K videos
65 files
4.78K links
Toshkent shahar soliq boshqarmasining rasmiy kanali.

Facebook
www.facebook.com/toshkentdsb
Youtube
www.youtube.com/channel/UCMnak3

Murojaat uchun telefonlar
📞Call Markazi 78-140-3232
📞 (0-371) 244-54-86
📞 (0-371) 244-60-26
Download Telegram
#Mirobod #korrupsiya

🔷Mirobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan profilaktik suhbat tashkil etildi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan MIrobod tumani soliq inspeksiyasi Shaxsiy tarkibi bilan profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishlari, belgilangan ish vaqtida yuzaga keladigan har qanday munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinishi, ish vaqtida xizmat vazifasi bilan band bo‘lishlari, soliq to‘lovchilardan kelib tushadigan murojaatlarni qanoatlantirishda vakolatlari doirasidan chetga chiqmasliklari, fuqarolar bilan munosabatda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari borasida tushuntirishlar berishdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔷Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlardan kelib chiqib, Soliq xizmati organlarida ham bu illatning oldini olish va bartaraf etish nuqtai nazaridan muntazam ravishda targ'ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida Mirobod tumani dehqon bozorida tushuntirish-profilaktik ishlari o'tkazildi.

Olib borilgan tushuntirish ishlari davomida tadbirkorlik subyektlariga korrupsiyasa to'g'risida xabar berish yuzasidan “Ishonch raqamlari” va maxsus telegram bot manzillari ko‘rsatilgan qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Yashnobod #Yakkasaroy #Mirobod #Bektemir
#yashil_makon

🌱Shuningdek, loyiha doirasidagi xuddi shunday koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari poytaxtimiz boʻylab, jumladan, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlaridagi mahallalarda ham koʻtarinki tarzda davom etdi.

Bugun ekilayotgan ushbu koʻchatlar kelgusida ekologiyani muhofaza qilish, poytaxtimizning yashil hududini yanada kengaytirish va yurtimiz havosining musaffoligini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #4_sektor #sarhisob

🔷Mirobod tuman hokimligining boshqaruv xodimlari va sektor rahbarlari uchun ekspress-trening tashkil etildi

Joriy yilning 23-aprel kuni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojantirish agentligining Toshkent shahar filiali rahbari boshchiligida Mirobod tumani hokimligi xodimlari uchunekspress-trening tashkil etildi.

Tadbir avvalida "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-49-sonli Farmon mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari tushuntirildi. Shundan so‘ng, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, jamoada natijadorlikka erishish, shaxsiy rivojlanish va faoliyat samaradorligini oshirish kabi bugungi kun davlat xizmatchilari uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.

Treningni o‘tkazishdan maqsad — hokimyat xodimlari o‘z ishini samarali olib borish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishdan iborat.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #sayyor_qabul

Sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Toshkent shahar sektor rahbarlari tomonidan poytaxtimiz tumanlarida o'tkazib kelinayotgan sayyor qabullar aholi bilan bog'liq muammolarning yechim topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Toshkent shahar 4-sektor rahbari ko'rsatmasi bilan joriy yilning 24-aprel kuni  Mirobod tumanidagi yordamga muhtoj aholining, shuningdek, maktab bitiruvchilarining murojaatlari ham tinglanib, ularning kelajakda kasb egalari bo'lishi, Oliy ta'lim muassasalariga kirishi hamda shartnoma to'lovlarini to'lashi uchun Prezidentimiz tomonidan berilgan yengillik va imtiyozlar haqida tushunchalar berib o'tildi.

Ushbu ommaviy sayyor qabulda 24 ta murojaat shu yerning o'zida hal etilgan bo'lsa, vaqt talab qiladigan muammoli masalalar tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #korrupsiya

🔹Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan Mirobod tumanidagi jamoat joylarida aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha tushuntirish-profilaktik ishlari olib borildi.

Targ'ibot tadbiri fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi va mazkur holatlarga duch kelinganda qayerga murojaat qilish kerakligi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar berilib, maxsus qo'llanmalar tarqatildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#Mirobod #seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar #barqarorlik_reytingi

🔷 Mirobod tumanida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Soliq qonunchiligi normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, ular toʻgʻrisida tadbirkorlarga batafsil maʼlumotlar taqdim etish hamda soliq toʻlovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berish yuzasidan poyataxtimizning turli manzillarida seminar va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 8-may kuni Mirobod tumanida Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday tadbirlardan biri oʻtkazilib, unda 40 nafardan ortiq tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Seminardagi Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida toʻliq tushuncha berilib, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar samarasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, yaqindagina joriy qilingan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram