#uchrashuv #seminar
Kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi
🔹Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan Sergeli va Yangihayot tumanlarida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda shahar soliq boshqarmasi mas’ul rahbarlari, tuman soliq inspeksiyalarining birinchi o'rinbosarlari ishtirok etdi.
🔹Unda shahar soliq boshqarmasining mas'ul rahbarlari kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakat iqtisodiy rivojidagi muhim o‘rni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar hamda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi to'g'risida so‘z yuritdi.
✅Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha to’g’irlangan qayta hisobotlarni qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati bo’yicha imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko'rsatish bo'ycha takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

👍2
#elon #seminar
#uchrashuv #bugun
🔷Hurmatli soliq toʻlovchilar
Joriy yilning, 21-may kuni Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyatining kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tadi.
📍Manzil: Uchtepa tumani Shirin ko'chasi “Camo” inson taraqqiyoti xalqaro markazi.
Mo'ljal: Dilorom to’yxonasi
🕙 Boshlanish vaqti - 11:00
Barcha tadbirkorlarni ushbu uchrashuvga taklif etamiz.

👍1
#uchrashuv #seminar
#kichik_va_orta_biznes
🔹Poytaxtimizning Uchtepa tumanida Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbariyatining va mas'ullari tomonidan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
🔹Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning amaliy yordam ko'rsatish bo'ycha takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, tadbirda kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakat iqtisodiy rivojidagi muhim o‘rni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvtlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgarishlar hamda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi to'g'risida so‘z yuritildi.
🔹Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topilib, muddat talab etiladiganlari nazoratga olinib, mas’ul ijrochilarga biriktirildi.

💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

👍4🔥2
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
Yuzma-yuz muloqotlarda kichik va o‘rta biznes vakillarining muammolari yechim topmoqda
Kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tizimli ravishda ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda.
Mart oyidan boshlab respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan 100 dan ortiq uchrashuvlarda 5 mingdan ziyod tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.
Ushbu uchrashuvlar nafaqat biznesdagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga, balki davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida samarali hamkorlik va ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
👉Batafsil o'qing
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
🇺🇿 🇦🇿 Ozarbayjon delegatsiyasining Soliq qo‘mitasiga tashrifi ikki tomonlama muloqot va hamkorlikning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati Media va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Rovshan Mamedov va Ozarbayjon Respublikasi Audiovizual kengashi Kommunikatsiya bo‘limi rahbari Talex Guliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👉Uchrashuv haqida batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Davlat soliq xizmati Media va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Rovshan Mamedov va Ozarbayjon Respublikasi Audiovizual kengashi Kommunikatsiya bo‘limi rahbari Talex Guliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👉Uchrashuv haqida batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan konstruktiv muloqot
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi Shoxrux Tuychibayev ishtirok etdi.
Ochiq va konstruktiv muloqot davomida sohaga oid mavjud muammolar, zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga doir muhim masalalar batafsil muhokama qilindi.

Oltin qidiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Tog‘-kon va geologiya vazirligida qimmatbaho metallar bilan ishlaydigan tadbirkorlar, "oltin izlovchilar" bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda Tog‘-kon va geologiya vaziri Bobir Islomov ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlashga oid yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, "soyada" faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarni rasmiylashtirish, yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat berish, milliy zargarlik brendlarini yaratish va xorijiy mutaxassislarni jalb etishga doir masalalar muhokama qilindi. Bu uchrashuv hafta boshida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, bu gal xomashyo yetkazib beruvchilar bilan alohida fikr almashildi.
Muloqot davomida sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan ta’minlash, ruxsatnoma berish jarayonlarini soddalashtirish va nazoratni raqamlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. Uchrashuv sohani rivojlantirish va mavjud muammolarni hal etishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Davlat rahbari mamlakatimizda har yili katta miqdorda oltin qazib olinayotganiga qaramay, mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotganini ta’kidlagan edi.
Shu munosabat bilan, "soyada" faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarni rasmiylashtirish, yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat berish, milliy zargarlik brendlarini yaratish va xorijiy mutaxassislarni jalb etishga doir masalalar muhokama qilindi. Bu uchrashuv hafta boshida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, bu gal xomashyo yetkazib beruvchilar bilan alohida fikr almashildi.
Muloqot davomida sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan ta’minlash, ruxsatnoma berish jarayonlarini soddalashtirish va nazoratni raqamlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi. Uchrashuv sohani rivojlantirish va mavjud muammolarni hal etishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
❤1🕊1
#korrupsiya #Chilonzor
#uchrashuv
🔹Korrupsiya – bu illat
✅Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu borada, Toshkent shahar soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas'ullari hamda Chilonzor tumani Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va soliq inspeksiyasi xodimlari bilan birga Korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tumandagi Navro'z mahallasi hududida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan suhbat o'tkazilib, soliq sohasida korrupsion holatlarga duch kelganlarida qayerga murojaat qilishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

⚡1👌1
#soliq_qarzdorligi #uchrashuv
🔷Soliq va boshqa majburiy tushumlarni byudjetga undirish ijrosi ta'minlanmoqda
Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi, prokuratura huzuridagi departament, Majburiy ijro ma'sullari bilan hamkorlikda budjet daromadlariga tushumlar bo'yicha belgilangan reja ko'rsatkichini bajarilishida asosiy manba hisoblangan soliq qarzi bo'lib bugungi kundagi soliq qarzi mavjud xo'jalik yurituvchi subyektlarini ularda soliq qarzini paydo bo'lish va to'lanmasdan turganligining sabablari hamda ularga ko'rsatiladigan amaliy yordamlar bo'yicha hamkorlikda qarzdor soliq to'lovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda ulardagi muammolarni hal qilish masalasi ko'rib chiqilib, Toshkent shaharidagi yirik tadbirkorlik subyektlaridan 58 nafari qatnashgan bo'lsa, ushbu tadbirkorlarning shu oyning o'zida 40 nafardan ortig'i soliq qarzdorligi to'lovlarni amalga oshirishi belgilab olindi.
Qayd etish joizki ushbu tashkil etilgan hamkorlikdagi tadbirda budjet daromadlariga tushumlar bo'yicha belgilangan reja ko'rsatkichlarini, pragnoz ko'rsatkichlarini bajarish bilan bir qatorda tadbirkorlik subyektlarida uchrayotgan muammo va takliflar o'rganilib, ularni joyida bartaraf etish choralari belgilab olingan.

👍3