ToshkandUz
81 subscribers
963 photos
160 videos
31 files
1.14K links
“Toshkent oqshomi» va «Вечерний Ташкент» gazetalarining rasmiy sahifasi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning birinchi ishlab topgan pulingiz qancha boʻlgan? Izohlarda yozib qoldiring!


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugungi ob-havo va valyutalar kursi (29.02.2024)

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

Bugun 29- fevral:

Har to‘rt yilda bir 29- fevralning kelishi "kabisa" deb ataladi. Bunga sabab Yerning Quyosh atrofida aylanish davri 365 kunga teng emas. Soat, daqiqa va soniyalarigacha hisoblansa, Yer Quyosh atrofini 365 kun, 5 soat 48 daqiqa va 46 soniyada to‘liq aylanib chiqadi.

5 soat va 48 daqiqa “ortiqcha” vaqt deyarli sutkaning chorak qismi boʻlib, shunaqadan to‘rttasi bir sutkani tashkil qiladi. Shu sababli hisobga olinmay qolayotgan vaqtni o‘rniga qaytarish uchun taqvimda har to‘rt yilda bitta “ortiqcha” kun – 29- fevral sanasi qo‘shilgan.

Hisob-kitoblarga koʻra, 29- fevral kuni ushbu sanada tug‘ilish ehtimoli juda kam. Bu kunda tug‘ilish atigi 0,066 foizni tashkil etadi.

Avvallari, 29- fevral bilan bog‘liq qator irimlar mavjud bo‘lgan. Bu sana 4 yilda bir takrorlanishi sababli banklar qarz bermagan va tashkilotlar ham shartnoma imzolashdan tiyilgan. Bundan turli qallobliklar va noxush yuridik jarayonlarning oldini olish koʻzda tutilgan.

An’analarga zid ayrim narsalarni qilishga ham shu kunda ruxsat berilgan. Shotlandiya va Irlandiyada 29- fevral kuni ayollar erkaklarga turmush qurishni taklif qilishi mumkin boʻlgan. Agar ayol erkakka yoqmasa va u turmush qurishni istamasa, erkak yaxshigina jarima to‘lashi zarur bo‘lgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu kunda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi juda ko‘p holatda, farzandining tug‘ilgan kunini 28- fevral yoki 1- mart qilib belgilanishini istar ekan. Albatta, bu bolaning keyinchalik tug‘ilgan kunini nishonlashda o‘ksimasligi bilan bogʻliq.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkentda dahshatli avtohalokat sodir boʻldi

"King Long" rusumli avtobus va “Tracker” rusumli yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan yo’l-transport hodisasi yuzasidan "Toshshahartransxizmar" AJ rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, bugun soat 06:45 larda, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, saroy raqami 556 boʻlgan, 63- sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi avtobus, ASHB tomon harakatlanayotgan vaqtda Mirzo Ulug'bek tumani, Yangi Oʻzbekiston koʻchasi chorraxasidan qayrilib olish vaqtida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan "Tracker" rusumli yengil avtomobil yuqori (197 km/soat) tezlikda kelib, avtobus (oʻrta shina qismiga tegib) bilan to’qnashuv sodir etgan. Ushbu yoʻl-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yoʻlovchilar boʻlmagan. "Tracker" avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yanvarda 75 dona lift ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 75 dona lift ishlab chiqarilgan.

Lift ishlab chiqarish 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 barobarga oshgan.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Sog‘liqni saqlash sohasida byudjet intizomini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

Joriy yil 16- yanvar kuni davlatimiz rahbari raisligida 2024- yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 12 ta vazirlik, shu jumladan Sog‘liqni saqlash vazirligiga biriktirilib, byudjet intizomini tartibga solish masalalariga masʼul etib belgilandi.

Mazkur yo‘nalishda bajarilgan ishlar, oldinda turgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida bugun vazirlikda yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda taʼkidlanganidek, Hisob palatasining biriktirilgan xodimlari vazirlikning tegishli tuzilma masʼullari bilan birgalikda:

– byudjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish, moliyalashtirish va boshqa tashkiliy masalalardagi qonunchilik bilan bog‘liq muammolar va bo‘shliqlarni bartaraf etish;

– samarasiz xarajatlarni optimallashtirib, mablag‘larni sohadagi boshqa zarur yo‘nalishlarga yo‘naltirish;

– tender va tanlovlarni qonuniy va shaffof o‘tkazilishini doimiy nazorat qilib borish;

– sohadagi barcha xarajat va daromadlarni masofaviy audit orqali kunlik monitoringini amalga oshirish kabi vazifalarni bajaradi.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2023-yilda o‘zbekistonliklar chiroyli mashina raqamlariga 30 mln dollardan ko‘proq pul sarflashgan

2023-yilda onlayn auksionlar orqali umumiy qiymati 396,1 mlrd so‘m (taxminan 31 million dollar)ga 84 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotildi.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qidiruvdagi uch yuzdan ortiq avtotransport vositasi ushlandi

Termizdagi “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi soliq va boshqa yuridik tashkilotlardan 1 mlrd 278 mln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan.

Natijada qarzdorga tegishli yettita avtotransport vositasi xatlovga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Endi avtobus yoʻnalishi boshqaruvida ayol haydovchilarni uchratishingiz mumkin

Transport sohasida gender tenglikni ta’minlash maqsadida, ayollarga ham katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ruxsat etildi.

"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabariga koʻra, avtobusni boshqarish istagini bildirgan ayol nomzodlardan biri - Saodat Shermatovani endilikda 51-sonli avtobus yoʻnalishi boshqaruvida uchratishingiz mumkin. Bu ayol haydovchiga hozirda amaliyot darslari belgilangan boʻlib, malakali ustoz haydovchi tomonidan avtobusni boshqarish va yoʻnalish harakatini oʻrganish boʻyicha batafsil tushunchalar berilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Buxoroda Hindistonlik talaba vafot etdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2003- yilda tug‘ilgan, Buxoro davlat tibbiyot institutining 2- kurs talabasi Navas Nasmel 28- fevral kuni talabalar turar joyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi, a’lochi talabalarimizdan biri Navas Nasmel vafot etdi.

RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

O‘z vaqtida ma’muriyat tomonidan Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilingan.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qaysi sohada xorijiy korxonalar ko‘proq tashkil etilgan?

2024- yilning yanvar oyida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 265 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

• savdo sohasida – 114 ta;

• sanoat sohasida – 40 ta;

• axborot va aloqa sohasida – 23 ta;

• qurilish sohasida – 20 ta;

• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 14 ta;

• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 11 ta;

• tashish va saqlash sohasida – 6 ta;

• sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3 ta;

• boshqa sohalarda – 34 ta.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonga o’tgan yili nechta telefon import qilindi?


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 1-mart Bahor faslining ilk kuni. Ushbu fasl sizga nimalarni eslatadi? Izohlarda yozib qoldiring


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent davlat yuridik universiteti  talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi" tanlovi bo‘lib o‘tdi

Birinchi bosqichda 900 nafarga yaqin talabalar test sinovlarini topshirishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda test sinovlaridan yuqori ballar bilan o‘tgan 61 nafar talabalarni taqdimoti eshitildi. So‘nggi bosqichda, 14 nafar talabalar bilan ishchi guruh a’zolari og‘zaki suhbat o‘tkazib, har bir kursdan 1 nafardan jami 4 nafar g‘oliblar aniqlandi.

Uchinchi bosqichda faol ishtirok etgan 4 nafar talabalar “eng yaxshi taklif egasi”, “eng yaxshi notiq”, “eng yaxshi bilimdon”, “eng yaxshi taqdimotchi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
Shahar prokurori E.Yuldashev va shahar sektor rahbarlari tomonidan Yoshlar ijod saroyida tanlovda faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarga guvohnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi yakuniga yetdi!

Respublikamiz bo‘ylab jami 700 ga yaqin jamoa va 4 ming nafardan oshiq ayollar ishtirok etgan turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Murosasiz kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin - Ekspromt jamoasi (Toshkent shahri);
2-o‘rin - Yengil kavaleriya jamoasi (Toshkent shahri);
3-o‘rin - Valkiriya jamoasi (Farg‘ona viloyati);

G‘olib jamoalarning har bir a’zosi noutbuk hamda planshetlar bilan taqdirlandi.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Keyingi besh yilda respublika bu ko‘rsatkichni 1,07 milliard kub metrdan oshirishni rejalashtirmoqda. Hozirda 1,3 milliard kub metrgacha gaz qazib olinadi.

Bunga erishish uchun hukumat energetika kompleksiga 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratadi.

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇸🇦 Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini ixtiyoriy ravishda kuniga 1 million barrelga qisqartirish rejimimi 2024 yil iyun oyi oxirigacha uzaytirishini e’lon qildi.

Jazoir, Ummon, Iroq va BAA ham neft qazib olishni qisqartirishni iyun oyi oxirigacha uzaytirishlarini e’lon qilishdi.


Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube