"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.29K subscribers
31.4K photos
3.81K videos
16 files
16.1K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`lganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-sonli Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 35-110 kVli podstansiyalarda modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda 2023-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Toshkent shahrining barcha hududlarida tuman elektr taʼminoti tomonidan keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan joylarda 110/35 kVli podstansiyalarda, transformator punktlarida mukammal taʼmirlash, 0,4 kVli havo hamda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilgan.

Mazkur ta`mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr taminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24: Barselona metrosi shahardagi zaryadlash stansiyalarini qo‘shimcha energiya bilan ta’minlamoqda.

🌐 Telegram
#ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq Yunusobod hamda Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida ertaga, 27 - dekabr kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumani: «Akbarobod», «Adolat», «Billur», «Qoʻshchinor», «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Uch qahramon», «Barhayot», «Sevinch», «Yunus ota», «Oʻzbekiston Mustaqilligi», «Ahmad Donish», «Muruvvat», «Xalqabogʻ», «Qadrdon», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Uvaysiy», «Oqtepa», «Yunusobod», «Yo'lariq», «Bobodehqon», «Kulolqorgʻon», «Shahriston», «Anorzor», «G'ayratiy», «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Islomobod», «Hasanboy» hamda «Tiklanish» MFYlarining ayrim hududlarida  soat 00:00 dan 02:00 gacha;

Olmazor tumani: «Ahil», «Moyariq», «Yangi Toshkent», «Gulzor», «Chuqursoy», «Oltinsoy», «Islom ota» hamda «Shifokorlar» MFYlarining ayrim hududlarida soat 01:00 dan 03:00 gacha.

Oʻz navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCH mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Izoh: Mazkur hududlarda texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, elektr energiyasida uzilishlar boʻlmasligi mumkin.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#Xayrli_tong

❄️ASSALOMU ALAYKUM!❄️

🌟🌙 GOʻZAL QISH FASLINING FAYZLI JUMA TONGI MUBORAK BO'LSIN ! ❄️❄️❄️

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 27 - dekabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

❄️ Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida 380 V kabelda yong`in bo`lganligi haqida xabar eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

27- dekabr soat 00:19 da Chilonzor tuman elektr ta`minotining tezkor dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi «Yubileyniy» kafesida yong`in sodir bo`lganligi haqida kelib tushgan murojaatga asosan shu vaqtning o`zidayoq tezkor brigada xodimlari yuborilgan. Yong`in tumanning S-mavzesi hududidagi «Rayhon» kafesi yonida joylashgan «Yubileyniy» umumiy ovqatlanish majmuasida bo`lganligi aniqlandi. Tezkor brigada xodimlari tomonidan zudlik bilan hududdagi iste’molchi balansida bo'lgan TP-4060-sonli transformator punkti tarmoqdan ajratilgan.

Yong`in sababli 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ida chaqnash yuzaga kelgan. Yong`inni kelib chiqish sabablari hali aniqlanmagan. Holat bo`yicha tegishli mutasaddi xodimlar tomonidan o`rganilmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tararrufidagi Chilonzor tuman elektr ta'minotining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Ayni vaqtda, hudud elektr energiyasi bilan ta`minlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
BAYRAM KUNLARI ELEKTR ENERGIYASINING BARQAROR YETKAZIB BERISH CHORALARI KO‘RILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov yangi yil va bayram kunlari – 2024-yil 30-dekabrdan 2025-yil 3-yanvargacha iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan elektr tarmoqlari shtabining yig‘ilishini o‘tkazdi.

Batafsil
______

ПРЕДПРИНИМАЮТСЯ МЕРЫ ПО СТАБИЛЬНОЙ ПОСТАВКЕ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В ПРАЗДНИЧНЫЕ ДНИ

Председатель правления «Региональные электрические сети» Асроржон Аскаров провел штаб электросетевого комплекса, посвященный обеспечению надежного электроснабжения потребителей в период новогодних и праздничных дней – с 30 декабря 2024 года по 3 января 2025 года.
      
Подробнее

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#PS_TEPLICHNAYA

⚡️YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ  tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi taminotini yaxshilash va istemolchilarni sifatli elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida, joylardagi mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan 35-110  kVli podstansiyalarda elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

❄️ Assalomu alaykum!

❄️ Shanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

❄️ Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram