"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.17K subscribers
32.1K photos
3.91K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#XADRA_PODSTANSIYASI

⚡️ 35/10/6 KV KUCHLANISHLI «XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA`MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida olib borilmoqda.

«Xadra» podstansiyasida shu kunga qadar:

📌 Modernizatsiya dasturi doirasida «Ihdustrial contructions» MCHJ tomonidan kabel yotqizish uchun kanal quyish ishlari hamda OPU inshooti qurish ishlari yakunlandi;

📌 Podstansiyadagi mavjud ORU-35 kV tomonida uskunalarni montaj-demontaj ishlari olib borilmoqda;

📌 OPU binosi qurilib, ayni vaqtda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida mavjud barcha elektr qurilmalari mukammal taʼmirdan chiqarilib, ayni paytda mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz:
35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasi 1967-yilda dastlab 6 kV kuchlanish bilan ishga tushirilgan boʻlib, 1971-yildan 10 kV yuqori kuchlanishli taʼminot tizimi ham ishga tushirilgan. Maʼlumki, ushbu podstansiya joylashgan xududning yon atrofidagi mahallalari, bino va inshoatlari, «Toshkent metropoliteni» UKning Chorsu va Ganga yoʻnalishlarini, Sebzor dahasini hamda Chorsu buyum savdo komplеksini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi. Hozirgi kunga kelib bu podstansiya muhim inshoatlarni elektr ta`minoti bilan ta`minlovchi podstansiyalardan biri hisoblanadi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#XADRA_PODSTANSIYASI

⚡️ 35/10/6 KV KUCHLANISHLI «XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA`MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA


35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasi 1967-yilda dastlab 6 kV kuchlanish bilan ishga tushirilgan boʻlib, 1971-yildan 10 kV yuqori kuchlanishli taʼminot tizimi ham ishga tushirilgan. Maʼlumki, ushbu podstansiya joylashgan xududning yon atrofidagi mahallalari, bino va inshoatlari, «Toshkent metropoliteni» UKning Chorsu va Ganga yoʻnalishlarini, Sebzor dahasini hamda Chorsu buyum savdo komplеksini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi. Hozirgi kunga kelib bu podstansiya muhim inshoatlarni elektr ta`minoti bilan ta`minlovchi podstansiyalardan biri hisoblanadi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
🍁KUZ🍁

🍂Har faslning o'z tarovati bor. Bahorda Ona zamin yashil libosida sollansa, kuz o'zining tillarang jilosini ko'z-ko'z etadi. Ha, kuzning chiroyi o'zgacha. U ruhga orom bag'ishlaydi.

🍂Dilni sohir tuyg'ular sari chorlaydi. Shonalardan tebranib tushayotgan yaproqlar umr daftarining oltin sahifalaridir
.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.


🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi

Пользуясь в повседневной жизни электроприборами, соблюдая их инструкции по безопасному использованию, мы предотвратим возможные неприятные ситуации.

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi

Axborot 24: “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar haqida lavha.

🌐 Telegram

YouTube