"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.21K subscribers
31.9K photos
3.89K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#XADRA_PODSTANSIYASI

⚡️ 35/10/6 KV KUCHLANISHLI «XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA`MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida olib borilmoqda.

«Xadra» podstansiyasida shu kunga qadar:

📌 Modernizatsiya dasturi doirasida «Ihdustrial contructions» MCHJ tomonidan kabel yotqizish uchun kanal quyish ishlari hamda OPU inshooti qurish ishlari yakunlandi;

📌 Podstansiyadagi mavjud ORU-35 kV tomonida uskunalarni montaj-demontaj ishlari olib borilmoqda;

📌 OPU binosi qurilib, ayni vaqtda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida mavjud barcha elektr qurilmalari mukammal taʼmirdan chiqarilib, ayni paytda mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz:
35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasi 1967-yilda dastlab 6 kV kuchlanish bilan ishga tushirilgan boʻlib, 1971-yildan 10 kV yuqori kuchlanishli taʼminot tizimi ham ishga tushirilgan. Maʼlumki, ushbu podstansiya joylashgan xududning yon atrofidagi mahallalari, bino va inshoatlari, «Toshkent metropoliteni» UKning Chorsu va Ganga yoʻnalishlarini, Sebzor dahasini hamda Chorsu buyum savdo komplеksini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi. Hozirgi kunga kelib bu podstansiya muhim inshoatlarni elektr ta`minoti bilan ta`minlovchi podstansiyalardan biri hisoblanadi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram