"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#YASHNOBOD_TET

              
❄️🛠 Poytaxt energetiklari tomonidan qish mavsumida istemolchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, doimgidek oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.

❄️🛠 Ayni vaqtda, Yashnobod tuman elektr taʼminoti tomonidan tumanning «Ma'rifat» MFYning Boku va Qashqadaryo kochalari hududidagi quvvati HL-04 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida har qanday ob-havo sharoitida barqaror elektr taʼminotini taʼminlay oladigan yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilib, yangi tarmoqqa aholini ulash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Bu bilan aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi
.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-mavze hududidagi 7-sonli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo'lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 23-fevral kuni soat 09:30 da Yunusobod tuman hududiga qarashli bo'lgan 110/35/10 kV bolgan «Yunusobod» podstansiyasidan ta'minlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr qurilmaning shikastlanishi natijasida avariya holatida qisqa muddatga oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, hududning 2-mavze hududidagi 7-sonli ko'p qavatli aholi yashash xonadonlari vaqtinchalik elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilgan.

Yunusobod TETning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan tezkor ta'mirlash ishlari olib borilib, shu kunning o`zidayoq soat 15:30 da nosozlik to'liq bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda hudud toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga topshirildi

“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.

Bugun, 23-fevral kuni Samarqand shahrida “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi.

Aytish lozimki, 2000 dona yashil energiya sertifikatini xarid qilgan “BAT Uzbekistan” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun joriy yilning yanvar-fevral oylarida ishlatgan elektr energiyasining 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
Mirzo Ulugʻbek va Qibray tumanlarida 2 ta xonadon mayning qurilmalarini oʻrnatganligi aniqlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman boʻlimi vakillari hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan:

Qibray tumani, “Baytqoʻrgʻon” MFY hududida yashovchi fuqaro S.M. oʻz xonadonida 3 dona mayning qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 579,4 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi;

Mirzo Ulugʻbek tumani, Alisherobod hududida yashovchi fuqaro F.R. oʻz xonadonida 4 dona mayning qurilmasini elektr taʼminoti korxonasi “Elektrhisob” DK roʻyxatidan oʻtkazmasdan, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 365,2 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

🌐 https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

❄️Boshlab olgan yana bir yangi kuningiz xayrli bo'lsin!

❄️ Kuningiz xush diydor va xush xabarlarga boy bo'lsin!

❄️ Ushbu kun barchamizga muborak bo'lsin.

❄️ Assalomu alaykum!

❄️ Xayrli tong, Azizlar
!


       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Hududiy elektr tarmoqlari» АJ Toshkent shahar filiali
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 🌨 24- fevral haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

❄️ Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk