"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.17K subscribers
32K photos
3.91K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#QAROR_IJROSI
#CHILONZOR_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, mazkur tumanning «2-charx Kamolon» MFYning Muqumiy ko`chasi hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-1270-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1 kmdan ortiq bo`lgan 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA NOSOZLIK YUZAGA KELDI

Olmazor tumanining: "Uzumbog`", “Shifokorlar”, “Ahil”, “Oxunboboyev”, “Qorasaroy”, “Chuqursoy” va “Jomiy” MFYlarining qisman hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 6 kV boʻlgan elektr uzatish kabel tarmog'ining
L DOK 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr taminotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

Olmazor tumani hududidagi 110  KV bo'lgan yuqori kuchlanishli "L DOK" podstantsiyasi orqali tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulotda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, tarmoq orqali tumanining: "Uzumbog'", "Shifokorlar", "Ahil", "Oxunboboev", "Qorasaroy", "Chuqursoy" va "Jomiy" MFYlari hududidagi aholi yashash  xonadonlarida elektr energiyasini yetkazib berilishi to‘liq tiklandi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#YASHNOBOD_TET

ISTE'MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Yashnobod tumanining "Ibrat" mahalla fuqarolar yig’ini hududida Davlat dasturlari asosida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Dastur asosida, ushbu mahallaga umumiy 1,5 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Mutaxassislar tomonidan, ayni vaqtda hududdagi ste'molchilarni yangi elektr uzatish tarmog‘iga ulash uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#Elon

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 18-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Uchtepa tumani: «Oq masjid» va «Xurshid» MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Yakkasaroy tumani: «Rakatboshi» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Bahor» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk