"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.29K subscribers
31.5K photos
3.84K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#JARAYON
#YASHNOBOD_TET

⚡️«QO`YLIQOBOD»DA YANGI TAYANCH O’RNATISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 Yashnobod tuman elektr ta’minoti tomonidan tumanning qator mahalla fuqarolar yig'ini hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Xususan, tumanning «Qo`yliqobod» mahalla fuqarolar yigʼining Tabassum hamda Tabibiy ko`chalari hududidagi quvvati RU-0,4 kV bo`lgan TP-2231-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ida yangi temir beton ustunlari o‘rnatilib, undagi eski sim yog‘och ustunlarni olib tashlash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi mahalliy isteʼmolchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#QAROR_IJROSI
#YAKKASROY_TET

YAKKASAROYDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🛠 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yakkasaroy tuman elektr ta'minoti tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “To`qimachi” MFYning Jambul, Jambul 1-tor va Jambul 2-tor hamda Tadbirkor ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud TP-545-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi HL-0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, uzunligi 2,5 km bo`lgan yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilmoqda.

🛠 Bundan tashqari, “Yakkasaroy” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga belgilangan dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan transformator punktidagi mavjud transformator quvvati 630 kVA bo’lgan yangi transformatorga almashtirilmoqda.

🛠 Ayni vaqtda, tuman hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#Fotoreportaj

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxt isteʼmolchilariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari reja-jadval asosida olib borilmoqda.

Ayni kunda, filial tasarrufidagi barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalarda mukammal tamirlash ishlarining oxirgi bosqichi amalga oshirilmoqda.

Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida qurilmaning barqaror ishlashi ta’minlanadi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk