"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.3K subscribers
31.5K photos
3.84K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
NOSOZLIKLAR TEZKOR BARTARAF ETILMOQDA

Anomal sovuq tufayli transformator punktlari hamda tarmoqlarda deyarli yuklama 3-4 barobarga ortishi sababli hududlarda elektr ta'minotida favqulodda avariyali uzilishlar, nosozliklar yuzaga kelmoqda.

Bu borada tarmoqlardagi, transformator punktlaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlariga qo‘shimcha brigadalar zarur avtotransport vositalari jalb etildi. Ular birlamchi elektr qurilmalar, kabellar, zarur himoya vositalari bilan to‘liq ta'minlangan.

Bugun, Uchtepa tumanining “Bekobod” mahallasi Bog'ichunor ko'chasi hududida joylashgan mavjud transformator punktida  yuklamaning ortishi natijasida nosoz holga kelgan transformator punkti ayni vaqtda, yangisiga almashtirildi va 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformator o'rnatib berildi.

Tashkil etilgan qo‘shimcha brigadalar hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarida mehnat qilmoqdalar.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#live_nosozliklar_bartaraf_etilmoqda

Ayni vaqtda, Yashnobod tuman elektr taminoti korxonasining tezkor avariya xizmati xodimlari tomonidan tumanning "Shirinobod" MFY  "Murg'ob", "Marv", "Sulton Sanjar", "Batu" hamda "Axsikat" ko'chalari hududidagi TP-132-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻida yuklamaning ortishi sabab yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ushbu nosoz kabel tarmogi yangi kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#live_nosozliklar_bartaraf_etilmoqda

⚡️Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tezkor avariya xizmati xodimlari navbatdagi manzilga yetib keldilar. Tumanning "Beshariq" mahallasida ham anomal sovuq ob-havo tufayli tez-tez elektr taʼminoti uzulishlari yuzaga kelayotganligi va aholi elektr energiyasi taʼminotidan uzilganligi toʻgʻrisida tuman elektr taminoti korxonasining dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan murojaatga asosan RU-10 kV bolgan TP-2368-sonli transformator punktidagi mavjud 250 kVA bo'lgan nosoz transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almawtirildi.

🏠Olib borilayotgan ishlar yakunida 200 dan ortiq xonadonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#nosozliklar_bartaraf_etilmoqda

Yashnobod tuman elektr taminoti korxonasining tezkor avariya xizmati xodimlari tomonidan tumanning "Beshariq" mahallasi hududidagi TP-2368-sonli transformator punktida yuklamaning ortishi sabab yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, xususan, aholi ehtiyojidan kelib chiqib 250 kVA quvvatga ega transformator 630 kVA quvvatlisiga almashtirib berildi.

✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 18-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi (video)

Batafsil

▶️@minenergy_uz
#BUGUN_TUGILGAN_KUN!

Bugun 19 - yanvar kuni «Hududiy elektr tarmoqlari » AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Sergeli tuman elektr ta`minoti korxonasi bosh muhandisi ERGASHEV ZAFAR TURSUNBAYEVICHning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli ZAFAR TURSUNBAYEVICH!

Sizni jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan «Hududiy elektr tarmoqlari» АJ
Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Касбнинг масъулиятли палласи: қўли қўлига тегмаётган электриклар

Қаттиқ совуқ ва энергия инқирози ҳудудий электр тармоқларининг оддий ходимларига катта масъулият юклади. Электриклар кеча-ю кундуз очиқ ҳавода ишлаб, юзлаб аварияларни бартараф этиш билан машғул бўлишмоқда.

Kun.uz расмий канали