"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.29K subscribers
31.6K photos
3.85K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Jarayon
#Uchtepa_tuman_elektr_taʼminoti_korxonasi

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORХONASI» АJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan aholi xavfsizligini taʼminlash hamda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, joylardagi mavjud elektr energiyasini taqsimlash transformator punktlarida taʼmirlash ishlarini olib borish kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanning «Goʻzal» hamda «Istirohat» mahalla hududlarida joylashgan aholi yashash xonadonlarini elektr taʼminoti bilan taʼminlab kelayotgan TP-1951, TP-3370 hamda TP-3945-sonli turli quvvatdagi transfоrmator punktlarida joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi.

Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi mahalliy isteʼmolchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgandir.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshe
Hidoyat darchasi 1
Music Editor
Bir devonaning savoli

#2ibrat

Bir kishi devonadan:
— Bu ikki olam o‘ylab ko‘rsang, nimadir, — deya so‘radi.
Devona dedi:
— Ikki olamning biri yuqorida, biri pastda, ammo ma’noda go‘yoki bir qatra suvday, uni yo bor deb, yoki yo‘q deb o‘yla*.

Batafsil🔼

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshe
TEZKOR!

CHILONZOR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILMOQDA

Bugun 8-aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumandagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik oʻchirildi.

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Chilonzor tumanidagi: «Chilonzor 1-мavze» hududida yashovchi aholi xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchirildi.

Sababi, hududlardagi quvvati HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirish, hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli ushbu xududdagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi.

Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Bularning barchasi aholini doimiy uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#infografika

2022 йилнинг ўтган 3 ойи давомида Ўзбекистонда 5 та электр станция ишга туширилди. Яна иккита янги станция фойдаланишга топширилиши кутилмоқда.

Шундай қилиб, жорий йил якунига бориб умумий қуввати 1474 МВт бўлган 6 та иссиқлик электр станция ва битта қуёш фотоэлектр станция ишга тушади.

Натижада Ўзбекистон энергетика тизимининг умумий қуввати 16 000 МВт дан ошади.

Шунингдек, 2022 йилда Самарқанд, Сурхондарё ва Тошкент вилоятларида умумий қуввати 173 МВт бўлган еттита гидроэлектр станция (ГЭС) қурилади ва модернизация қилинади.

Маълумот учун, 2017-2021 йиллар давомида 3547 МВт янги қувватлар яратилди.

▶️@minenergy_uz
▶️
@toshetk
#инфографика

За 3 месяца 2022 года в Узбекистане было запущено 5 электростанций. Ожидается введение в эксплуатацию еще 2 новых станций - общая мощность, которых составит 1474 МВт.

В итоге в этом году начнут функционировать 6 новых теплоэлектростанций и одна солнечная фотоэлектростанция.

В результате совокупная мощность энергосистемы Узбекистана превысит 16 000 МВт.

Также, стоит отметить о том, что в 2022 году в Самаркандской, Сурхандарьинской и Ташкентской областях будут построены и модернизированы семь гидроэлектростанций общей мощностью 173 МВт.

Для информации, в течение 2017-2021 гг., было создано 3547 МВт новой мощности.

▶️@minenergy_uz
▶️
@toshetk
«Toshkent shahar ETK» AJ tomonidan poytaxt tumanlarida Davlat dasturlari asosida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish bо‘yicha olib borilayotgan keng kо‘lamli say-harakatlar, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan Toshkent telekanali “Teletahlil” dasturining navbatdagi sonida.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Тошкент шаҳрида Давлат дастурлари асосида паст кучланишли электр узатиш тармоқларини янгилаш ва реконструкция қилиш бўйича олиб борилаётган кенг кўламли сай-ҳаракатлар, соҳада амалга оширилаётган ишлар билан Тошкент телеканали “Телетаҳлил” дастурининг навбатдаги сонида.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
#Фоторепортаж

ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🔹 «TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan aholiga uzluksiz va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 йилларда «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

🔹 Jumladan
, MIROBOD tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan Davlat dasturlari asosida belgilangan mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Xususan, tuman xududida joylashgan TP-666–sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu xududga 2 km dan ortiq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

🔹 Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.

🔹 Buning natijasida 200 dan ortiq aholi xonadoni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

🔹 Bundan tashqari, Mirobod tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi–xodimlari tomonidan salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatiga kelib qolgan tayanchlarni soz holatga keltirish ishlari ham olib borilmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
«Ўзбекнефтгаз» 2022 йилда 24,716 миллион кВт•с электр энергиясини тежайди.

Ушбу кўрсаткичга, қуёш электр станцияси, фотоэлектр панеллари ва қуёш коллекторларини ўрнатиш, шунингдек, электр иншоотлари ва ёритишнинг иш ҳолатини яхшилаш, энергия тежовчи қурилмаларни ўрнатиш, электр юкларини камайтириш ҳамда иш тартибларини тизимли назорат қилиш, орқали эришилади.

Бундан ташқари, тартибланган хариталар асосида иссиқлик энергиясидан фойдаланиш, ёқилғи ва энергия истеъмолининг тасдиқланган меъёрларига риоя қилиш устидан тизимли мониторинг олиб бориш, иншоотларнинг иссиқлик муҳофазасини яхшилаш, самарадор ва тежамкор ускуналар билан жиҳозлаш орқали 21 миллион 861 минг куб метр газни тежаш режалаштирилган.

2022 йилнинг январь-февраль ойларида корхона томонидан 672,66 минг кВт•с электр энергияси ва 926 миллион куб метр газ ёқилғисини тежаб қолишга эришилди.

#Ўзбекистон

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
«Узбекнефтегаз» в 2022 г. сэкономит 24,716 млн кВт•ч электроэнергии

Этот показатель будет достигнут за счёт установки солнечной электростанции, фотоэлектрических панелей и гелиоколлекторов, а также улучшения рабочего состояния электроустановок и освещения, установки энергосберегающих приборов, снижения электрических нагрузок и системного контроля режимов работы.

Кроме того, планируется экономия 21,861 млн кубометров газа за счёт использования тепловой энергии на основе режимных карт, системного мониторинга за соблюдением утвержденных норм расхода топлива и энергии, улучшения теплозащиты установок, оснащения энергоэффективными и экономичными устройствами.

За январь-февраль 2022 года компанией уже достигнута экономия 672,66 тыс. кВт•ч электроэнергии и 926 млн кубометров газа.

#Узбекистан

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
🌙RAMAZON OYINING 10-KUNI MUBORAK BOʻLSIN AZIZLAR!🌟🌙

🌺 Barchamizga yangi tong, yangi boshlangan ish haftasi omadli va quvonchli boʻlsin!

🌺Ushbu tong nafasidan bahra olayotgan sizga, boshlayotgan bugungi ezgu ishlarizga ulkan rivoj tilaymiz.

🌺Yaxshi Insonlarni begʻubor tong nashidasi bilan siylagan Alloxga ming bora shukrona aytamiz.

🌺Sizning toza kunglingizni bugungi ajib tongning mehri, nuri nurafshon etsin..

🌸ASSALOMU ALAYKUM!

🌸Barchangizga yangi kun yangi tong muborak bo`lsin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

➡️
https://t.iss.one/toshetk
RAMAZON TUHFASI

Iftorlik berish fazilati

Iftorlik qilish xayrli amallardan boʻlib, ayniqsa, ehtiyojmand kishilarga qilingan iftorlikning savobi ulugʻdir.

Ibn Moja Zayd bin Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir roʻzadorga iftorlik bersa, unga oʻsha roʻzadorlarning ajricha ajr boʻladi, ularning ajrlaridan biror narsa kamaymaydi”, deganlar.

Salmon Forisiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir roʻzadorga iftorlik bersa, bu uning uchun bir qul ozod qilish va gunohlari uchun magʻfirat boʻladi”, dedilar. Shunda: “Ey Allohning Rasuli, hammamiz ham roʻzadorga iftorlik qilib beradigan narsa topa olmaymizku?”, deyildi. U zot: “Bu savobni Alloh roʻzadorga bir tatim sut yo xurmo yoki bir qultum suv bilan iftorlik qilib bergan kishiga ato etadi, dedilar”.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Электр энергиясидан оқилона фойдаланиш ҳамда ишлатилган электр энергияси учун қарздорликни ўз вақтида тўлаш ҳақида диний уламоларимиздан маъруза.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk