#Sayyor_qabul
ISTE`MOLCHILAR MUROJAATLARI MAS'ULLAR NIGOHIDA
💢 Bugungi kunda davlat tashkilotlari faoliyatini aholi murojaatlariga tezkor javob berish va ularning muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
💠 Shunday oʻzgarishlarning yorqin namunasi sifatida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta`minoti korxonasining rahbar va mas`ul xodimlari, «Ko`kcha Darvoza» MFY raisi hamda Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mas'ullari ishtirokida mazkur mahalla idorasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
💠 Qabul jarayonida iste`molchilar tomonidan murojaatlar, asosan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining yashash hududidagi elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud tayanchlarni yangisiga almashtirish, salqi similar tarangligini tortish, yangi transformator punkti o‘rnatib berish kabi masalalar boʻyicha oʻz murojaatlarini bildirishdi. Tashkil etilgan qabul jarayoni aholi bilan davlat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatni mustahkamlash va ularni qiynayotgan masalalarga tezkorlik bilan yechim topishga xizmat qilmoqda.
💠 Murojaat qilgan fuqarolarning koʻpchiligida muammolar joyida hal etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Hal etilishi vaqt talab etadigan murojaatlarning ijrosi to’liq nazoratga olinib, yechimi bo’yicha aniq muddat belgilandi.
💠Mas’ullarga mazkur murojaatlarni belgilangan muddatda ijobiy hal etish borasida ko‘rsatmalar berildi.
💠 Bu kabi sayyor qabullar rejaga asosan belgilangan tartibda hududlarda davom etmoqda.
✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
🌐 Telegram