"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.21K subscribers
32K photos
3.89K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
⚡️110/35/10/6 KVLI «QO`QON» PODSTANSIYASIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI


✔️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Toshkent shahri hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida qo'mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.

✔️ O‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotida «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mas’ullari ham ishtirok etmoqdalar. Dastlab shahar mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi.

➡️ Mazkur jarayonda, Toshkent shahar hokimligi tomonidan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda poytaxt tumanlari sektor rahbarlari, tuman hokimlari o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar va idoralar mutasaddilari kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

👉 Bunda, 2024-2025 yil kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalar, favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etishda Toshkent shahar FVBDqT boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari yuzasidan barcha tuzilmalar vakillarining ma’ruzalari tinglandi.

🗺 Jarayonda bir nechta o‘quv nuqtasida, xususan, Mirobod tumani hududida joylashgan 110/35/10/6 kVli «Qo`qon» podstansiyasida yuzaga kelgan shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajarildi. Ushbu podstansiya 1972-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo`lib, ayni vaqtda umumiy quvvati 135 Mvtni tashkil etadi. «Qo`qon» podstansiyasi Mirpbod tumanining 80% aholisini hamda Yakkasaroy tumani iste`molchilarining bir qismini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.

✔️ Shuningdek, jarayonda aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofotlarni oldini olish, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari hamda kechiktirib bo‘l
maydigan boshqa ishlarni bajarish, fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarligini oshirishdan iborat bo‘ladi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#Qomondonlik_shtab_oquv_mashqi

⚡️110/35/10/6 KVLI «QO`QON» PODSTANSIYASIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

🛠 Mirobod tumani hududida joylashgan 110/35/10/6 kVli «Qo`qon» podstansiyasida yuzaga kelgan shartli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish harakatlari amaliy tarzda bajarildi. Ushbu podstansiya 1972-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo`lib, ayni vaqtda umumiy quvvati 135 Mvtni tashkil etadi. «Qo`qon» podstansiyasi Mirpbod tumanining 80% aholisini hamda Yakkasaroy tumani iste`molchilarining bir qismini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram