"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.98K subscribers
35.7K photos
4.38K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Hurmatli fuqarolar!

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.

Shu munosbat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan xonadondagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishi va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga  ruxsat bermaslikni sо‘rab qoladi. 

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
#XADRA_PODSTANSIYASI

⚡️ 35/10/6 KV KUCHLANISHLI «XADRA» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA`MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi «Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida»gi 259-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi podstansiyalarni modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish hamda mukammal ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida olib borilmoqda.

«Xadra» podstansiyasida shu kunga qadar:

📌 Modernizatsiya dasturi doirasida «Ihdustrial contructions» MCHJ tomonidan kabel yotqizish uchun kanal quyish ishlari hamda OPU inshooti qurish ishlari yakunlandi;

📌 Podstansiyadagi mavjud ORU-35 kV tomonida uskunalarni montaj-demontaj ishlari olib borilmoqda;

📌 OPU binosi qurilib, ayni vaqtda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasida mavjud barcha elektr qurilmalari mukammal taʼmirdan chiqarilib, ayni paytda mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz:
35/10/6 kV kuchlanishli «Xadra» podstansiyasi 1967-yilda dastlab 6 kV kuchlanish bilan ishga tushirilgan boʻlib, 1971-yildan 10 kV yuqori kuchlanishli taʼminot tizimi ham ishga tushirilgan. Maʼlumki, ushbu podstansiya joylashgan xududning yon atrofidagi mahallalari, bino va inshoatlari, «Toshkent metropoliteni» UKning Chorsu va Ganga yoʻnalishlarini, Sebzor dahasini hamda Chorsu buyum savdo komplеksini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi. Hozirgi kunga kelib bu podstansiya muhim inshoatlarni elektr ta`minoti bilan ta`minlovchi podstansiyalardan biri hisoblanadi.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati