"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.19K subscribers
32K photos
3.9K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#DIQQAT_ELON

OLMAZOR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 12 - noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Ahil», «Moyariq», «Yangi Toshkent», «Gulzor», «Chuqursoy», «Oltinsoy», «Islom ota» hamda «Shifokorlar» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁Assalomu alaykum!

🍁 Seshanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

🍁 Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni a'lo kayfiyat tark etmasin!

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ        
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☁️ 12 - noyabr haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi
#quyoshli_xonadon

QUYOSHLI XONADON: 9 OYDA 6 MING NAFARDAN ORTIQ FUQAROGA 8,9 MLRD SO‘MLIK SUBSIDIYA HISOBLANDI


Ma’lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt⋅soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt⋅soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi Kartaga pul o‘tkazishoynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

“Quyoshli xonadon” subsidiyasi bank kartasiga qanday o‘tkazilishi haqida videoqo‘llanma.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

📲 SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon” subsidiyasi bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Batafsil videoqo‘llanmada👆

🌐 Telegram
#Energetika_xavfsizligi_oyi
#SERGELI_TETK

«TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI» MCHJ: DAVLAT DASTURLARI ASOSIDA BELGILANGAN VAZIFALAR TOʻLIQ AMALGA OSHIRILMOQDA


🍁🛠 Bugungi davrda iste’molchilarni elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondirish hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.


🍁🛠 Jumladan, Sergeli tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qarori asosida tasdiqlangan rejaga asosan «Qut-baraka» MFY hududidagi transformator punktini yukini yengillatish maqsadida, mahalla hududiga qoʻshimcha yangi GKTP 630/10 kVA boʻlgan yangi transformator punkti oʻrnatildi.

🍁🛠 Ayni vaqtda, «Qut-baraka» mahalla fuqarolar yig’ini hududiga yangi o’rnatilgan transformator punktini yakuniy montaj qilish hamda yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarini yangilash va ushbu yangi tarmoqqa aholini ulash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan, ushbu MFY hududidagi 100 dan ortiq iste’molchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini yanada yaxshilashga erishiladi.

🍁🛠 Joylarda, dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma-bosqich olib borilmoqda.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Бокуда COP29 Жаҳон етакчилари саммитида иштирок этмоқда

Президент Шавкат Мирзиёев участвует в Саммите мировых лидеров COP29 в Баку

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X