"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸 Yer yuzida 8 milliardga yaqin odam yasharkan, shular orasida hech kimga "turtilmasdan", hech kimning "oyog'in bosmasdan", hech kimning ko'nglini  vayron qilmasdan, hech kimsaning boshini egmasdan yashay bilish chin insoniylik ekan....

🌸 Ana shunday inson bo'lish barchamizga nasib etsin, Azizlar!

🌸 Assalomu alaykum!


     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz 👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 20 - iyun haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#DIQQAT_ELON

MIRZO ULUG‘BEK TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirzo Ulug'bek tumani: «Alisherobod»,«Ijodkor», «Geofizika», «Geologlar», «Sarbon», «Temuriylar», «Chingeldi» hamda «Iqtidor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun, 20 - iyun kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontoxur TETK boshlig`i MUSAMEDOV AVAZ AZMATOVICHNINGning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, AVAZ AZMATOVICH!

Sizni jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏


┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
Telegram
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan iste’molchilarga energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatganliklari natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_transport

Fakt 24: Xitoyda 10 daqiqada elektromobilni to‘liq quvvatlaydigan texnologiyani yaratish rejalashtirilmoqda.

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 20 - iyun kuni soat 12:30da Yakkasaroy tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi PS «GES-5» podstansiyasidan chiquvchi fider GVF-1,2 uzatmasidan ta'minlanuvchi quvvati 6 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuklamaning ortishi natijasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, tumanning «Abdulla Qahhor» va «Damariq» MFYlari hududlaridagi qisman aholi yashash xonadonlarida  vaqtinchalik elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilmoqda.

Yakkasaroy TETKning tezkor chiqish brigadalari tomonidan ushbu holat nazoratga olingan bo'lib, ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan taʼmirlash tiklash ishlari olib borilmoqda.

Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilishini ma'lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
2035-yilgacha boʻlgan davrda yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 15.06.2024-yildagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 337-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil-28 sentyabrdagi PF-166-son Farmoniga muvofiq 2035-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Bular:

• iste’molchilarni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan asoslangan, raqobatli va adolatli tariflar boʻyicha foydalanishini ta’minlash;

• yoqilgʻi-energetika tarmogʻining moliyaviy barqarorligi va investitsiya jozibadorligini ta’minlash;

• ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan, DXSh shartlari asosida kengaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini ta’minlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yaхshilash;

• tariflarni belgilashda takroriy subsidiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish va manzilli subsidiyalar berish orqali aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash;

• yoqilgʻi-energetika tarmogʻida shaffof, izchil va oldindan taхmin qilish imkoniyatini beruvchi tartibga solishni oʻrnatish, shu jumladan, investorlar uchun tartibga solish tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida tariflarni uzoq muddatga belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;

• respublikaning barcha hududlarida 2035-yilga qadar aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz yagona narх siyosati asosida sotilishini ta’minlash.

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
•Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tarkibi;

• Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.04.2025-yildan kuchga kiradi.

🌐 Telegram
Определены основные направления тарифной политики в топливно-энергетической сфере до 2035 года

Принято постановление Кабинета Министров от 15.06.2024 г. № 337 «О дополнительных мерах по совершенствованию тарифной политики в топливно-энергетической сфере».

В соответствии с Указом Президента от 28.09.2023 г. № УП-166 «О мерах по проведению очередного этапа реформирования сферы энергетики» утверждены основные направления тарифной политики в топливно-энергетической сфере Республики Узбекистан на период до 2035 года. Это:

• пользование потребителями электрической энергии и природного газа на основе конкурентоспособных и справедливых тарифов;

• обеспечение финансовой устойчивости и инвестиционной привлекательности энергосети;

• расширение, модернизация и диверсификация производственных мощностей, в том числе на условиях ГЧП, обеспечение эффективности производственной деятельности, повышение качества выпускаемой продукции и предоставляемых услуг;

• поэтапная отмена повторного субсидирования при тарифообразовании и обеспечении социальной защиты малоимущих и малообеспеченных слоев населения путем предоставления целевых субсидий;

• установление прозрачного, последовательного и предсказуемого регулирования в топливно-энергетическом секторе, включая постепенное введение долгосрочного тарифообразования в целях снижения регуляторного риска для инвесторов;

• обеспечение до 2035 года продажи электроэнергии и природного газа населению во всех регионах республики на основе единой ценовой политики.

Документом также утверждены:
• положения о порядке формирования тарифов на электроэнергию и природный газ;

• Состав Межведомственной комиссии по тарифам при Кабмине;

• Положение о Межведомственной комиссии по тарифам.

Документ опубликован в Национальной базе данных законодательства на государственном языке и вступит в силу 01.04.2025 г.

🌐 Telegram
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Photo
TA'MINOT TO'LIQ TIKLANDI

“GES-5” podstansiyasidan chiquvchi fider GVF-1,2 uzatmasidan ta'minlanuvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, Yakkasaroy tumani hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz 👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#OB_HAVO

 ☀️ 21 - iyun haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Energiya saqlash qurilmasini shamol turbinasining o‘ziga joylashtirish mumkin.

🌐 Telegram
#JARAYON
#SHAYXONTOXUR_TET

⚡️«ESKI JARARIQ» MAHALLASIDA KABEL TARMOG’I YANGILANDI

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontoxur tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Eski Jarariq» mahallasida elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish hamda yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, hududdagi TP-4094-sonli transformator punktidan yangi o`rnatilgan transformator punktiga uzunligi 80 metrdan ortiq qo`shimcha yangi yer osti kabel tarmoqlari tortilib, ko`mish ishlari bajarilmoqda.

🌿🛠 Tez orada mazkur amaliy ishlar o’z yakuniga yetkazilib, iste’molchilarni yangi tarmoqqa ulash ishlariga kirishiladi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram