"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.95K subscribers
35.8K photos
4.4K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 23-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirobod tumani: «Sarakul» MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Bekto'pi» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌎 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24
: Germaniyada elektr energiyasida harakatlanadigan pedalli ixcham avtomobil ommalashmoqda.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌎 Telegram
#QAROR_IJROSI
#YAKKASAROY_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi Yakkasaroy tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi istemolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, mazkur tumanning «Boshliq» MFY hududidagi kop qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-3766 va TP-3172-sonli transformator punktlari oralig`idagi yuqori kuchlanishli yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌎
Telegram
#QAROR_IJROSI
#YAKKASAROY_TET

QAROR ASOSIDA JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🌿🛠 Yakkasaroy tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan tumanning «Boshliq» MFY hududidagi kop qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta'minotini yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-3766 va TP-3172-sonli transformator punktlari oralig`idagi yuqori kuchlanishli yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, 6 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌎
Telegram
#JARAYON
#UCHTEPA_TET

⚡️«ISTIROHAT»DAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA'MIRLANDI

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Uchtepa tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, tumanning «Istirohat» mahalla fuqarolar yig'ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-3370–sonli transformator punktini mukammal ta’mirlash hamda texnik korikdan o`tkaish ishlari bajarilmoqda.

🌿🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌎
Telegram