"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.95K subscribers
35.8K photos
4.4K videos
16 files
17.8K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#QAROR_IJROSI
#YASHNOBOD_TET

YASHNOBODDA ISTE`MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

🛠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, Yashnobod tuman elektr ta’minoti tomonidan tumanning «Tashisti» mahalla fuqarolar yig‘inining Abay ko`chalari hududidagi aholi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🛠 Jumladan, tuman hududidagi TP-526-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu hududga uzunligi 1,5 km bo`lgan yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

🛠 Ayni vaqtda, ushbu yangi tortilgan HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.

🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#ELON

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TOSHKENT SHAHAR FILIALI MAHALLA ELEKTROMONTYORI VAZIFASIGA ISHGA TAKLIF ETADI

Nomzodlarga qо‘yilgan asosiy talablar:

- Elektr energetikasi yo`nalishida o‘rta maxsus ma'lumotli yoki sohada kamida 1 yillik ish stajiga ega bo'lgan, xavfsizlik texnikasi bо‘yicha III-guruhga ega bо‘lgan shaxslar.

❇️ Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur berk ko‘chasi, 6-uy. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toskent shahar hududiy filiali

❇️ Mo‘ljal: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

Nomzodlar quydagi telefon raqamlariga bog‘lanishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun: +99871 233-63-67


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#CHILONZOR_TET

⚡️ MAXSUS AVTOTRANSPORTLAR YORDAMIDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIKLAR TEZKOR BARTARAF ETILDI

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etishda tezkor chiqish brigadalariga maxsus avtotranport vositalari jalb etilgan bo’lib, o’z navbatida nosozliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etilishiga xizmat qilmoqda.

🛠 Jumladan, Chilonzor tumani «Algaritm» dahasi hududida joylashgan TP-3700-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli yer ostidan o`tgan elektr uzatish kabel tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik tezkor chiqish brigadalari hamda maxsus avtotransport vositalari yordamida bartaraf etish ishlari olib borildi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
MDH energetiklari mintaqada yuzaga kelayotgan energiya taqchilligi muammolari va ularning yechimlarini tahlil etishdi

📊Kengash yig'ilishining kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etildi:

MDHga a'zo davlatlarning elektr energetika salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi holati, statistik ma'lumotlar, muammolar, xavf-xatarlar va istiqbollarni tahlil qilish;

Rossiya Milliy qo'mitasi tajribasi misolida Katta Yevrosiyo hamkorligi doirasida elektroenergetika sohasida ilmiy va texnologik rivojlanishni boshqarishni muvofiqlashtirishning xalqaro tajribasi va amaliyotgan tatbiq etish mexanizmlari;

Energiya uskunalariga xizmat ko'rsatishni tashkil etish: "Energetika uskunalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish markazi" misolida Turkmaniston tajribasi;

MDHga a'zo davlatlarning energetika tizimlarining 2023\2024 yil kuz-qish davridagi faoliyati, mavjud muammolar va ularning yechimlari.

Telegram