"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.55K subscribers
34.3K photos
4.17K videos
16 files
17.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#jahon_xabarlari

Hindistonda jazirama harorat kuzatilmoqda

Hindistonda so‘nggi bir necha kun ichida jazirama tufayli kamida 166 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha yuz kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, Uttar-Pradesh (119 kishi o‘lgan) va Bixar (47 qurbon) shtatlarida g‘ayritabiiy issiqlik qayd etilgan.

Ayrim hududlarda havo harorati 43,5 darajaga yetgan. Bixar provinsiyasi ma’muriy markazi Patna shahri maktablari 24-iyunga qadar ta’til e’lon qilgan.

Issiq to‘lqin Uttar-Pradesh shtati bo‘ylab elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan. Buning natijasida sanitariya va sovitish tizimlari ishlamay qolgan.

Shtat hukumati elektr ta’minotini to‘liq tiklashga va’da berib, aholini elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat aholini kun davomida uyda qolishga chorlamoqda.

Ma’lumot uchun: inson sabab bo‘lgan iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo sharoitlarini kuchaytirib, anomal issiqdan tortib, suv toshqini va o‘rmon yong‘inlarigacha tez-tez va ko‘proq halokatli ofatlarni keltirib chiqarmoqda. Issiq to‘lqinlar paytida Hindiston odatda suv tanqisligidan aziyat chekadi. Uning 1,4 milliard aholisining o‘n million qismi oqar suvdan mahrum bo‘lib qoladi.

➡️ https://t.iss.one/toshetk
YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG'IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA

Mirobod tumanining:
"Haydaraliyeva", "Zaminobod", "Birodarlik", "Sarakul", "Banokati", "Temiryo`lchilar", "Istiqlolobod" hamda "Navro`z" MFYlari hududidagi aholi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10/6 kVli "Sazit" podstantsiyasidan ta'minlanuvchi fider "Sazit" 6 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog'ida favqulodda avariya holatida elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Ayni vaqtda, Mirobod tuman elektr ta'minotining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi.

Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#YUNUSOBOD_TET

BAXTSIZ HODISALARNING KELIB CHIQISH SABABLARI O’RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

Xodimlarning doimiy ish jarayonida xushyor bo‘lib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlari turli xil ko’ngilsiz hodisalarni oldini olishga xizmat qiladi.

Bu esa, o‘z navbatida xodimlardan eng avvalo, o‘z hayotlarini asragan holda xavfsiz ish tashkil etishlari muhim vazifa hisoblanadi.

Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minotida “Xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga amal qilish, joriy yil boshidan sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarning sabablari o’rganilib, tahlil qilindi.

Xodimlarga xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, ish jarayonida hushyorlikni bir daqiqaga bo‘lsin yoddan chiqarmaslik borasida talab va tavsiyalar berib o‘tildi.

Hayotiy misollar va aniq ko‘rsatmalar orqali xodimlarning hushyorligini oshirish borasida topshiriqlar berildi.

Bu kabi tadbirlar xodimlarni xushyorlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishda mas'uliyatli bo’lishga undaydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#YUNUSOBOD_TET

BAXTSIZ HODISALARNING KELIB CHIQISH SABABLARI O’RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

Bu kabi tadbirlar xodimlarni xushyorlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishda mas'uliyatli bo’lishga undaydi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk