"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.15K subscribers
32.9K photos
4.04K videos
16 files
16.7K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro va mahalliy ekspertlar O‘zbekistonda elektr energiyasining ulgurji raqobatbardosh bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bu haqda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_kun

Bu dunyoda Sizga yuksalishingizni, oʻzgarishlar qila olmasligingizni aytadigan ikki toifa odamlar boʻladi... Biri yangi gʻoyalarni sinab koʻrishdan qoʻrqadiganlar, ikkinchisi siz muvaffaqiyat qozonishingizdan qoʻrqadiganlardir. Ularga quloq tutish tutmaslik esa, faqatgina oʻzingizga bogʻliq!

Assalomu alaykum, xayrli kun Qadrdonim.
Boshlangan yangi haftaning seshanba kuni barchaga omadlar olib kelsin.

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

☀️ 18 - oktabr, haftaning seshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Boshlangan kun xayrli va barokatli bo'lsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Оммавий ахборот воситалари вакиллари учун навбатдаги брифингда 10-14 октябрь кунлари бўлиб ўтган ва шу ҳафтага режалаштирилган тадбирлар тўғрисида маълумот бердим.

Жорий ҳафтада давлат раҳбари ҳузурида турли ижтимоий-иқтисодий масалалар юзасидан муҳокамалар ўтказилиши режалаштирилган.

20-21 октябрь кунлари Президентимиз давлат ташрифи билан Туркманистонда бўлади.

Ташриф дастуридан олий даражадаги музокаралар, ҳужжатлар имзоланиши ва қатор бошқа тадбирлар ўрин олган. Ашхободда "Тошкент" боғининг очилиш маросимида қатнашиш ва Ўзбекистон-Туркманистон чегараолди савдо зонасини барпо этиш ишларига старт бериш кўзда тутилган.

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🍁 Ma’lumki, mamlakatimizda joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazilishini ta’minlash, joylarda ayniqsa, qishloqlarda ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’yektlarini barqaror ishlashga tayyorlash, jumladan, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🍁 Xususan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJ tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 0,4-6/10 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarini bosqichma-bosqich yangilash va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🍁 Jumladan, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarida mahallalarda elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tumanning «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga 2 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortilib, ayni vaqtda ushbu yangi tortilgan kabel tarmog`iga aholini ulash ishlari olib borilmoqda.

🍁 Bundan tashqari, mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida past kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Мatbuot хizmati

Kanalga ulanish ⬇️⬇️⬇️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILDI

Bugun 18-oktyabr kuni kuni soat 02:30 da Yunusobod tumanining «Kulol-qo`rg`on» MFY hamda Yunusobod 12-mavzesidagi aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar sodir boʻldi.

Tuman hududida joylashgan 110/35/10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli «Yunusobod» podstansiyasidan chiquvchi RP «Obod» taqsimlash punktidan ta`minlanuvchi 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish kabel tarmog`ining qizib ketishi natijasida avariya holatida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`ldi.

Mazkur nosozlik «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlariga kirishildi.

Ayni vaqtda, Yunusobod TETKning tegishli bo‘lim, xizmatlari, tezkor avariyani bartaraf etish brigadalari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rikdan o‘tkazish va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hududdagi barcha brigadalar zarur himoya vositalari, zarur elektr qurilmalari hamda maxsus avtotransport vositalari bilan jihozlangan.

Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi boshlanadi.

Ma'lumot o‘rnida, yuqoridagi elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi ba'zi hududlarning ta'minoti qo‘shimcha tarmoqlar orqali ta'minlanish choralari ko‘rilayotganligini bildiramiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» АJ yuzaga kelgan avariyali uzalish tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
📣📣📣 TEZKOR!

YUNUSOBODDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK BARTARAF ETILDI

🛠 «TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan tumanning «Kulol-qo`rg`on» MFY hamda Yunusobod 12-mavzesidagi elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi. Mavzeda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

🛠 Ayni paytda, hududni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etildi va mavzeda elektr ta’minoti qayta tiklandi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk