"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.19K subscribers
32K photos
3.9K videos
16 files
16.3K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
ENDILIKDA ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZISH BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIK DALOLATNOMALARI ELEKTRON SHAKLDA RASMIYLASHTIRILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “E-dalolatnoma” tizimi joriy qilindi.

Mazkur tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi.

Tizimning joriy etilishi energetika tizimida kuzatiladigan korrupsiyaviy holatlarni yuqotish bilan birga dalolatnomalarni tezkor shakllantirish, qog'oz hujjatlar aylanmasidan voz kechish, nazorat jarayonlarini kuchaytirish imkoniyatlarni yaratadi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#Bektemir_TET

⚡️MUSAFFODAGI TRANSFORMATOR QUVVATI OSHIRILDI
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

❄️🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bilan iste’mochilar sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanib, aholining turmush sharoiti yaxshilanishiga erishilmoqda.

❄️🛠 Jumladan, Bektemir tuman elektr ta’minoti tomonidan tumanning «Musaffo» MFY hududini  elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida, mavjud oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan 400 kV bo`lgan TP-7608–sonli transformator punkti quvvati 630 kVA bo’lgan yuqori kuchlanishli yangi transformatorga almashtirildi.

❄️🛠 Bu ishlar natijasida hududdagi iste'molchilarning elektr taʼminoti yaxshilanmoqda.

❄️🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

POYTAXT TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 24 - dekabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yunusobod tumani: «Adolat», «Billur» hamda «Qoʻshchinor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Bektemir tumani:
«Musaffo» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

❄️ Assalomu alaykum!

❄️ Seshanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

❄️ Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni a'lo kayfiyat tark etmasin!

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ        
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 24 - dekabr haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

❄️ Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
#Bugun_tuğilgan_kun
              
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun, 24 - dekabr «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Mehanizatsiya va texnika xizmati (SMiT) boshlig'i ADILOV BEGZOD TAHIROVICH tavallud topgan kun!

👏👏👏 Hurmatli, BEGZOD TAHIROVICH!

Sizni ushbu sana muborak ayyomingiz, tavallud topgan kuningiz bilan chin dildan qutlaymiz.

Xayrli umrguzaronlikning yana bir yilini boshlayotgan ekansiz, Sizga va ahli oilangizga ushbu sana yanayam xayrli boʻlishini tilaymiz.

Orzularingiz chamanida hosillar moʻl va shirin boʻlsin!

Farzandlaringiz koʻrki koʻksingizni togʻ etsin!

El – yurtimizning baxti – saodati, iqboli – istiqboli uchun qilayotgan xizmatlaringiz yanada barakali, bundan-da samarali boʻlaversin!

TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BOʻLSIN
! 👏👏👏


   ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati
          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan respublikamizda 2024/2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda elektr tarmoqlaridan foydalanish sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil islohotlar samarasi haqida Jamiyat matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi radiomuloqotda batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

🌐 Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz!

Unutmang, yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir
.

🌐 Telegram
25-dekabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga  atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.

Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (28-dekabr 1-yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

🌐 Telegram| YouTube | Instagram