"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.14K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#energetika_xavfsizligi_oyi
#yongin_xavfsizligi_oyi

⚡️SHARTLI KUCHLANISH OSTIGA TUSHGAN JABRLANUVCHI QUTQARILIB, BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILDI

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamkorligida jamiyatda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasining o‘quv poligonida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida «Kasb mahorati» mavzusida amaliy ko`rgazmali mashg`ulot o`tkazildi.

Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlar «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#tavsiya
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Shtepselni to‘liq kiriting!

Aks holda, kontaktning yaxshi ta’minlanmasligi natijasida qizib ketish va yong‘in yuzaga kelishi mumkin.

🌐 Telegram
#tavsiya
#energetika_xavfsizligi_oyligi
#yongin_xavfsizligi_oyligi

Xonadoningizda elektr tarmoqlarni haddan tashqari yuklashdan saqlang!

Elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun bir vaqtda bir nechta elektr jihozlarini ulashdan saqlaning.

🌐 Telegram
Axborot 24: Toshkentda «Mintaqaviy energetika islohotlari: tartibga solish amaliyotini kuchaytirish» mavzusida xalqaro sammit o‘tkazildi.

—————

Ахборот 24: В Ташкенте прошел международный саммит на тему «Региональные энергетические реформы: усиление практики регулирования».

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌸ASSALOMU ALAYKUM!🌸

🌟🌙GOʻZAL TONG, JUMA MUBORAK BO'LSIN !🍃🌹🍃

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ           
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌧  29 - noyabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
Sobiq ODO binosining orqa tomonidagi maydonda transformator yongani yoʻq

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yuridik universiteti asosiy binosining (sobiq Markaziy ofitserlar saroyi binosi) orqa tomonidagi yashil maydonda transformator yongani haqida xabar tarqaldi.

Shuni maʼlum qilamizki, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. 2024-yil 28-noyabr kuni soat 22:59 da Yunusobod tumani, “Qashqar“ MFY, “Markaz-4” kvartali, Istiqlol koʻchasida joylashgan Toshkent shahar Markaziy maydonlarini Obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan Boshqarmasiga qarashli ishchilarning kundalik jihozlari (ust-boshi, supurgisi, chelak, latta va boshqa buyumlar) saqlanadigan konteynerda yongʻin chiqqan. Oqibatda uning taxminan 20 kvadrat metr ichki qismi maydoni yongan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan soat 23:07 da qurshab olinib, soat 23:08 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Biz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va koʻp sonli obunachilarga ega kanallardan har bir xabarning toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilgach, tarqatishlarini soʻraymiz. Zero, yolgʻon va tasdiqlanmagan xabar eng avvalo ularning oʻziga nisbatan ishonch pasayishiga sabab boʻladi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun, 29 - noyabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari»MCHJ I va O`KXICHX (PSIZP) boshlig`i JALILOV MUZAFFAR MARATOVICHning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, MUZAFFAR MARATOVICH!

Sizni, jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BOʻLSIN👏👏👏

      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari»MCHJ Matbuot xizmati
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
🛑#TEZKOR
#ELON! 📣📣📣

OLMAZOR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI

Bugun, 29 - noyabr kuni Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/6 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli «L-DOK-2» yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish hamda zarur ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida, mazkur tumanning ayrim hududlarida elektr ta`minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishini ma`lum qilamiz.

Xususan,

Olmazor tumanining: «Ahil», «Moyariq», «Yangi Toshkent», «Gulzor», «Chuqursoy», «Oltinsoy», «Islom ota» hamda «Shifokotlar» MFYlarining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida.

Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Olmazor TETning ishchi-xodimlari tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz!



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-mavze hududidagi TP-3145-sonli transformator punktidagi elektr hisoblagichlar uchun o`rnatilgan shitlar ochiq holda turganligi, bu holat yo'lovchilar uchun xavfli ekanligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ayni vaqtda, Yunusobod tumanining 17-mavze hududidagi ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-3145-sonli transformator punktidagi ochiq holatda turgan elektr hisoblagichlar uchun o`rnatilgan shitlar tuman elektr ta`minotining tezkor brigada xodimlari tomonidan olib tashlanganligini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram