"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.14K subscribers
32.2K photos
3.93K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#SHAYXONTOHUR_TETK

⚡️ ELEKTR TARMOQLAINI YANGILASH ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🍁🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste`molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🍁🛠 Jumladan, 110/35/10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli «Farobiy» podstansiyasidan ta`minlanuvchi «Yangi Beltepa» hamda «Jarariq» MFYlari hududidagi aholi xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-4327, TP-3950 va TP-8766-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1400 kmdan ortiq bo`lgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🍁🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

🍁🛠 Bu boradagi ishlar hali yakunlangani yo'q. Elektr energiyasi bo'yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarida 7-8 kundan beri har kuni elektr energiyasidan uzilish sodir bolayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi katta avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida poytaxt tumanlaridagi podstansiyalarda mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida rejaga asosan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, yillik rejaga asosan Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10/6 kV boʻlgan «Astronomicheskaya», «Qodiriy», «Vodilt» hamda «Sazit» podstansiyalaridagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, modernizatsiya qilish ishlari ham rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Elektr energiyasidagi yuklamani teng taqsimlash maqsadida, iste’molchilarni podstansiyadagi mavjud ikkinchi transformatorga o'tkazilib, taʼmirlash ishlari kunduz kuni elektr energiyasi yetarli bo'lgan vaqtdagina olib borilmoqda.

Yillik rejaga muvofiq yuqorida keltirib keltirib o`tilgan podstansiyalarda olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida favqulodda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali holatlarni oldini olish hamda iste'molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

Shu sababli, mazkur tuman hududlaridagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridagi iste'molchilar elektr ta’minoti bilan to'liq ta'minlangan.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublikamizda “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkaziladi

“Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan o‘tkaziladigan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.

Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qog‘ozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, “Xalqaro qog‘ozsiz kun” aksiyasi Axborot va tasvirni boshqarish assotsiatsiyasi (AIIM) tomonidan 2016-yilda tashkil qilingan bo‘lib, qog‘ozdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko'ra, 1 tonna qog'ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg'i va 4000 kVt⋅soat elektr energiyasini “tejab qoladi”.

🌐 Telegram
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#OLMAZOR_TET

⚡️OLMAZOR TUMANINING «NIHOL» MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDAGI ISTE’MOLCHILARNING ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

🍂🛠 Olmazor tuman elektr ta`minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🍂🛠 Xususan, mazkur tumanning «Nihol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud 400 kVA boʻlgan transformator punkti yuklamasini yengillatish maqsadida, yangi quvvati 630/10 КVA bo‘lgan yangi transformator oʻrnatildi.

🍂🛠 Mazkur ishlar natijasida, hududdagi 500 dan ortiq iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni oldini olishga xizmat qiladi
.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Shanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

🍁 Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 26- oktabr haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

Fakt 24: Xitoyda dunyodagi eng katta dengiz shamol turbinasi rekordi yana yangilandi.

26 megavatt quvvatga ega ulkan shamol turbinasi ustunining balandligi 185 metr, parraklarining diametri esa 340 metrni tashkil qiladi.

Mazkur shamol fermasining bitta bloki Xitoyning 55 mingga yaqin uy xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi.

🌐 Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi: Kambag‘al oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiyani avtomatik ravishda kartalariga qabul qiladilar

🔥💡 Ushbu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasi xarajatlarini qisman yengillashtirishga xizmat qiladi. Davlat tomonidan  mazkur kompensatsiyalar uchun 370 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

📅 Yakuniy ro‘yxatlar 2024-yil 27-oktyabr kuni tasdiqlanadi.

👉 Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lganlar va mablag‘larning tushirilish vaqti haqida batafsil ma'lumotni shu yerda topishingiz mumkin.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, bu kompensatsiya davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yagona yordam turi emas. Isitish mavsumida ijtimoiy me’yordan ortiq elektr energiyasi va gaz sarfiyoti uchun ham ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha kompensatsiyalar beriladi.

🌐 Telegram
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Yakshanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🍁Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lishini tilab qolamiz.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 27- oktabr haftaning yakshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
#27_oktyabr

Bugun, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

🌐 Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi hamda saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi.

—————

Сегодня утром Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи проголосовал на выборах и искренне пообщался с гражданами, пришедшими на избирательный участок.

🌐 Telegram