"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.12K subscribers
32.7K photos
4.01K videos
16 files
16.6K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#xorij_xabarlari

Xalqaro energetika agentligi: “Konditsionerlar elektrtromobillar kabi energiya iste’moli o‘sishining asosiy omillaridan biridir”


“2035-yilga qadar dunyoda konditsionerlardan foydalanish hajmining ortishi elektr energiyasi iste’molini oshirishning asosiy omillaridan biri bo‘ladi”, deb yozadi “Financial Times” Xalqaro energetika agentligi (XEA)ga tayanib.

Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilgacha havoni sovitish uchun qo‘shimcha 697 TVt elektr energiyasi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar markazlari sun’iy intellekt uchun kerak bo‘ladigan hajmdan uch baravar ko‘pdir.

Elektromobillarga bundan ham ko‘proq, ya’ni 854 TVt elektr energiyasi kerak bo‘ladi. XEAning ta’kidlashicha, konditsionerlarga bo‘lgan talabning shiddat bilan o‘sishi rivojlanayotgan mamlakatlarda turmush darajasining ko‘tarilishi, shuningdek, global isishning natijasidir.

🌐 Telegram
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Yakshanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🍁Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lishini tilab qolamiz.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  20 - oktyabr haftaning yakshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli boʻlsin!


🌐 Telegram
#Bu_qiziq

BIRINCHI QUYOSH PANELLARI

Nyu-Yorklik ixtirochi Charlz Fritts 1883 yilda selenni yupqa oltin qatlami bilan qoplagan holda birinchi quyosh batareyasini yaratdi. Frittsning xabar berishicha, selen moduli "uzluksiz, doimiy va sezilarli quvvatga ega" oqim hosil qilgan. Fritts quyosh batareyalari 1884 yilda Nyu-Yorkdagi xonadonida ishlatilgan. Biroq, yuqori moddiy xarajatlar ushbu quyosh batareyalaridan keng foydalanishga to'sqinlik qildi.

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

OLMAZOR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 21-oktabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Olmazor tumani: «Sebzor», «Yangi Sebzor», «Yuqori Sebzor», «Xastimom», «Eski shahar», «Qoʻshtut»  hamda «Tepaguzar» MFYlarining ayrim hududlarida soat 01:00 dan 05:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Haftaning dushanba tongi muborak boʻlsin!

🍁 Barchamizga yangi kun, yangi ish haftasi fayzli va xayrli boʻlsin!


    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ       
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 21 - oktabr haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
#qadring_baland_bólsin_ona_tilim

21-OKTABR O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

1989-yilning 21-oktabr kuni  “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yil 10–aprel kuni imzolangan "Oʼzbek tili kunini belgilash toʼgʼrisida"gi qonunga binoan, 21–oktabr Oʼzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

🌐 Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyati hamda sirkulyar iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishadi.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомится с деятельностью Центральноазиатского университета изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) и презентацией инвестиционных проектов в сфере циркулярной экономики.

🌐 Telegram
#MAVSUM_OLDI_HOZIRLIK
#OLMAZOR_TETK

🍁🛠 Olmazor tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, tuman hududida modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

🍁🛠 Xususan, tumanning «Chig'atoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 10 kVli TP-5967-sonli transformator punktidagi mavjud transformator zahira 400 kV bo`lgan transformatorga almashtirildi.

🍁🛠 Bu ishlar yakuniga yetgach ushbu mahalladagi 600 ga yaqin aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

🍁🛠 Ayni vaqtda, tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan yangi transformator va undan chiquvchi elektr uzatish havo tarmog‘ini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
#MAVSUM_OLDI_HOZIRLIK
#OLMAZOR_TETK

🍁🛠 Olmazor tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, tumanning «Chig'atoy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 10 kVli TP-5967-sonli transformator punktidagi mavjud transformator zahira 400 kV bo`lgan transformatorga almashtirildi.

🍁🛠 Bu ishlar yakuniga yetgach ushbu mahalladagi 600 ga yaqin aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram