"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.12K subscribers
32.3K photos
3.94K videos
16 files
16.4K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#OB_HAVO

 🌤 18 - oktabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
#BUGUN_TUGILGAN_KUN!

Bugun, 18 - oktyabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning O'ta muhim ob’yektlar bo'yicha bosh muhandis o'rinbosari ABDURAHIMOV DILMUROD XODJIMUROTOVICHning  TUG'ILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, DILMUROD HODJIMUROTOVICH!

Sizni, jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor TUG'ILGAN KUNINGIZ BILAN  T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

     •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Hurmat bilan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
     •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

🌐 Telegram
Elektrdan behuda foydalanish uchun javobgarlik belgilangan

Qonunchilikka kо‘ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bо‘lmagan holda tо‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qо‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xо‘jasizlarcha foydalanish:

- mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan о‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qо‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bо‘lsa,

- mansabdor shaxslarga BHMning о‘n besh baravaridan о‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bо‘ladi.

🌐 Telegram
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#SERGELI_TETK

⚡️35/10 KVLI «SERGELI-35» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL VA MAVSUMIY TAʼMIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🍂🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt isteʼmolchilariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda podstansiya qurilmalarini soz holatda ishlashi uchun filial tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda kapital hamda joriy taʼmirlash, modernizatsiya va qayta taʼmirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

🍂🛠 Xususan, poytaxtning Sergeli tumaniga «og`ir hudud» sifatida o`tkazilgan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida, Toshkent viloyatidan o`tkazilgan 35/6 kVli «Sergeli-35» podstansiyasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

🍂🛠Jumladan, 35/6 kV bo`lgan «Sergeli-35» podstansiyasida 1 ta 16000 kVA va 1 ta 15000 kVA bo`lgan kuch transformatorlari oʻrnatilgan. Ushbu podstansiyada 1 ta 35 kVli L-Sergeli-35 elektr uzatish kabel tarmoqlari va 6 ta 6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli fiderlar tuman hududidagi 13 mingdan ortiq iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.

🍂🛠 Ushbu ishlar yakunida, Sergeli tumanining «Nomdanak», «Sultonobod», «Xonobod», «Xonobodtepa», «Xontepa», «Eski Jaloyir», «Koʻxna Qumariq», «Ziyolilar», «Eshonbuloq», «Izzatli», «Sadoqat» hamda «Kengmakon» MFYlarida istiqomat qilayotgan aholi iste`molchilarining yillar davomida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari to’liq bartaraf etiladi. Shuningdek, boshlangan mazkur loyiha yakuni bilan ushbu hududlardagi iste`molchilari sifatli elektr energiyasi bilan ta`minlanishiga erishiladi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
NAVOIYDA О‘TKAZILGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASINING G‘OLIB JAMOALARI ANIQLANDI

Hafta davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida Navoiy viloyatida о‘tkazilgan “Kasb mahorati” musobaqalari о‘z yakuniga yetdi.

▫️Batafsil

🌐 Telegram