"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
5.28K subscribers
31.7K photos
3.86K videos
16 files
16.2K links
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.iss.one/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
Download Telegram
#Sayyor_qabul

⚡️OLMAZORDA AHOLI MUROJAATLARI YUZMA-YUZ O‘RGANILDI

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish masalasiga doimiy ravishda jiddiy eʼtibor qaratib kelingan. Zero, aholi fikrlari mavjud kamchilik va muammolarning oʻz vaqtida bartaraf etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish, ularning talab va istaklarini oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.


Bugun, Olmazor tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Unda tuman elektr taʼminoti korxonasining rahbariyati mahalla fuqarolari bilan uchrashib, ularning elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Uchrashuvda tadbirlorlik sub`yektlari hamda aholi iste`molchilarining yashash hududlaridagi elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud tayanchlarni yangisiga almashtirish, yangi transformator punkti o‘rnatib berish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan murojaatchilarning muammolari o'rganilib, ayrimlari shu yerning o'zida bartaraf etildi. Ba'zi muammolarni bartaraf etish muddat talab qilgani uchun mas'ullarga ushbu muammolarni ijobiy hal etish choralari ko'rilishi belgilab olindi va boshqa yoʻnalishdagi savollar boʻyicha tushuncha va tavsiyalari eshitildi.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtning Chilonzor tumani misolida olib borilayotgan ishlar yuzasidan lavha tayyorlab efirga uzatishdi.
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida elektr tarmog‘idagi uzilishlar “Ipoteka banki” faoliyatidagi bir qator muammolarga sabab bо‘lganligi tо‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 16-oktabr kuni soat 09:23 da Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kV boʻlgan "Sokin" podstansiyasidagi 110 kVli yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida qisqa muddatga uzilish sodir bo‘ldi.

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Olmazor tuman elektr ta’minoti
korxonasining podstansiyalarga xizmat korsatish tezkor navbatchi xodimlari  tomonidan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik soat 10:25 da toliq bartaraf etilgandan so'ng elektr energiyasi qayta tiklanganligini ma`lum qilamiz.

Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, bank faoliyati “Elektr qurilmalar tuzilish qoidalariga” binoan yuqori toifalangan obektlar rо‘yxatiga kirishi sababli,  elektr energiyasidan uzilishlar natijasida ish faoliyatiga jiddiy zarar yetkazilishi yoki toyifalangan qurilmalar oʻchib qolmasligini oldini olish maqsadida qoʻshimcha texnik shartlar olgan holda zahira taʼminoti boʻyicha UPS va dizel generatorlari boʻlishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong


🍁 Assalomu alaykum, xayrli tong Azizlar!

🍁 Fayzli payshanba tongingiz muborak boʻlsin!

🍁 Umrimizning yana bir qaytarilmas tongi xayrli boʻlsin!

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️ 17 - oktabr haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024

27-oktabr, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni.

🌐 Telegram
#Mavsum_oldi_tayyorgarlik
#OLMAZOR_TETK

ISTEMOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

🍁🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Olmazor tuman elektr ta'minoti ishchi–xodimlari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, joylarda ishlar ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

🍁🛠 Jumladan, tumanning «Allon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududdagi TP-4199-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu hududga uzunligi 3800 metr bo'lgan yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

🍁🛠 Ayni vaqtda, ushbu yangi tortilgan HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.
 



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram